• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Dunyo yetakchilari iqlim bo‘yicha virtual sammitda nutq so‘zladi

    AQShda tashkil etilgan iqlim bo‘yicha virtual sammitda bir qator davlatlar rahbarlari nutq so‘zladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    Sammitni AQSh prezidenti Jo Bayden ochib berdi. U mamlakatning atmosferaga zararli chiqindilarning chiqarilishini to‘xtatish bo‘yicha 2050-yilgacha mo‘ljallangan rejalarini bayon qildi va barcha mamlakatlarni iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishga chaqirdi.

    Germaniya kansleri Angela Merkel mamlakatining 2038-yilgacha ko‘mirdan elektr manbayi sifatida foydalanishini bekor qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

    “2038-yilgacha biz ko‘mirdan elektr manbayi sifatida foydalanishdan voz kechib, qayta ishlanadigan manbalardan foydalanishni boshlamoqchimiz. O‘tgan yili biz 46 foiz energiyani qayta ishlanadigan manabalardan oldik”, — dedi u.

    Merkelning qayd etishicha, 1990-yilga taqqoslaganda, Germaniya chiqindilar miqdorini 40 foizga qisqartirgan.

    Fransiya prezidenti Emmanuel Makron iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha majburiyatlarni bajarishda tezlik bilan oldinga harakat qilishga chaqirdi.

    “Biz 2030-yilgacha iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha o‘z zimmamizga olgan majburiyatlarni bajarish uchun tezroq oldinga harakat qilishimiz kerak”, — dedi u.

    Makron texnologiyalar muammosini, xususan, quyosh energiyasidan foydalanish uchun yangi batareyalar yaratishni muhokama qilish taklifini berdi. “Shuningdek, biz moliyaviy tizimni to‘liq o‘zgartirishimiz kerak. Xalqaro darajadagi tartibga solish tizimini yo‘lga qo‘yish muhim. Agar bizda uglerod uchun muayyan to‘lov bo‘lmasa, unda ekologik rivojlanish ham bo‘lmaydi”, — dedi Fransiya yetakchisi.

    Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo uning mamlakati 2030-yilga kelib karbonat angidrid chiqindilarini 2005-yildagidan 30 foizga emas, balki 40—45 foizga kamaytirmoqchi ekanini aytdi. U Kanadaning 2050-yilga kelib atmosferaga zararli chiqindilar chiqarilishini to‘liq to‘xtatish bo‘yicha maqsadlariga erishish uchun yanada ko‘proq harakat qilishga va’da berdi.

    “Bugungi kunda ko‘plab mamlakatlar iqlim o‘zgarishiga qarshi birgalikda kurashayotgani meni ruhlantirmoqda. Bu hamkorlik dunyoning barcha burchaklaridagi odamlar duch kelayotgan qiyinchiliklarni yengishning yagona yo‘li”, — dedi u.

    Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga Parij kelishuvining maqsadlariga erishishda rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam berish uchun tashkil etilgan Yashil iqlim fondiga 3 milliard dollar ajratishni va’da qildi.

    Shuningdek, Suganing ma’lum qilishicha, Yaponiya hukumati 2030-yilgacha havoga chiqarilayotgan issiqxona gazlarini 2013-yilga taqqoslaganda 46 foizgacha qisqartirishni rejalashtirmoqda.

    O‘z navbatida, Rossiya prezidenti Vladimir Putin zararli chiqindilarning barcha turlarini monitoring qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.

    Shuningdek, Putin hukumatning Rossiyada toza texnologiyalarga investitsiya kiritmoqchi bo‘lgan xorijiy kompaniyalarga imtiyozlar berishga tayyor ekanini ta’kidladi.

    Putin Rossiyaning ushbu sohadagi xalqaro majburiyatlarini bajarishga mas’uliyat bilan yondashayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, eng avvalo, bu BMTning iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi asosiy konvensiyasi, Kioto protokoli va Parij kelishuvini amalga oshirish bilan bog‘liq hisoblanadi. Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya mamlakatda uglerod chiqindilari ustidan nazoratni ta’minlovchi va uning kamayishini rag‘batlantiruvchi zamonaviy qonunchilikni shakllantirish ustida faol ish olib bormoqda.

    Putinning so‘zlariga ko‘ra, 1990-yildan buyon mamlakatda issiqxona gazlarining hajmi ikki barobarga qisqarib, karbonat angidrid hajmi 3,1 milliard tonnadan 1,6 milliard tonnaga kamaydi.

    “Rossiya Federatsiyasi iqlim o‘zgarishi va boshqa barcha dolzarb global muammolarga samarali yechim izlashni davom ettirish uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini yana bir bor ta’kidlamoqchiman”, — dedi u.

    Hindiston bosh vaziri Narendra Modi “iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashning o‘n yilligi”ni e’lon qilishni taklif qildi va mamlakatlarni ushbu yo‘nalishda aniq choralar ko‘rishga chaqirdi.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston tabiatni muhofaza qilishda javobgar davlat sifatida o‘z rolini bajarmoqda.

    “Bizning ulkan maqsadimiz 2030-yilgacha qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarishni 450 gigavattga yetkazish hisoblanadi. Bugun global iqlim sharoitlarini muhokama qilayotgan bir paytda, Hindistonda jon boshiga to‘g‘ri keladigan uglerod miqdori dunyo miqyosidagi ko‘rsatkichdan 60 foizga pastroq ekanini inobatga olishingizni istar edim. Buning sababi shundaki, bizning turmush tarzimiz hozirgacha barqaror an’anaviy amaliyotlardan kelib chiqadi”, — dedi Hindiston bosh vaziri.

    Shuningdek, Modi Hindiston va AQSh o‘rtasida iqlim va toza energiya bo‘yicha hamkorlik dasturining boshlanganini ma’lum qildi. Hamkorlikning maqsadi investitsiyalarni jalb qilish, toza texnologiyalarni namoyish etish va ekologik hamkorlik uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat.

    Ma’lumot uchun, sammitda, taxminan, 40 ta davlat yetakchilari ishtirok etmoqda.

    Uning asosiy maqsadi sayyoradagi haroratning Selsiy bo‘yicha 1,5 darajaga ko‘tarilishini to‘xtatishga qaratilgan harakatlarni kuchaytirish bo‘ladi.

    Mavzuga doir:

    • Olimlar: Global isish Yerni 35 million yil ortga qaytaradi
    • Fransiya hukumati qisqa aviaparvozlarni bekor qilishga qaror qildi. Mamlakat shu tariqa iqlim o‘zgarishi bilan kurashmoqchi
    • Dunyoning eng boy odamlari iqlim inqiroziga sabab bo‘ldi — OAV

    23.04.2021, 23:11   Izoh (0)   12369
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hindiston ketma-ket ikkinchi kun COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha dunyo rekordini yangiladi

    23.04.2021, 22:26

    AQSh Indoneziyaning g‘oyib bo‘lgan suvosti kemasini qidirish uchun aviatsiya yuboradi

    23.04.2021, 21:58

    Medvedev Rossiya va AQSh munosabatlari Sovuq urush davriga qaytganini aytdi

    23.04.2021, 20:33

    Moskvada Putin va Lukashenko 4 soatlik muzokara o‘tkazdi. Ular iqtisodiy masalalarni muhokama qilgani aytilmoqda

    23.04.2021, 19:34

    AQShning Rossiyadagi elchisi Vashingtonga qaytib ketdi

    23.04.2021, 18:33

    O‘rta Yer dengizida 130 ga yaqin noqonuniy muhojir bedarak yo‘qoldi

    23.04.2021, 15:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gapirmaydi, faqat akillaydi: Tailandda itlar orasida ulg‘aygan bola topildi

    Dunyo | 18 iyul, 16:55

    Luis Enrike “PSJ” rahbariyatidan 3 narsani talab qildi

    Sport | 18 iyul, 16:50

    “Ukraina Rossiyaga qarshi turish uchun qurol ishlab chiqarishni oshiradi” — Zelenskiy

    Dunyo | 18 iyul, 16:40

    Turk seriallari suratga olinadigan joylarga sayohat: qaysi hududda mashhur aktyorlarni uchratish mumkin?

    Kino | 18 iyul, 16:30

    Form kompaniyasi suzuvchilar uchun Smart Swim 2 nomli “aqlli” ko‘zoynaklarni taqdim etdi (foto)

    Texnologiyalar | 18 iyul, 16:20

    O‘zbekistonda dollar kursi yana 12 600 so‘mdan tushdi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 16:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.