• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Dunyoning eng boy odamlari iqlim inqiroziga sabab bo‘ldi — OAV

    Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot dunyoning eng boy odamlari va iqlim inqirozi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatib berdi. Bu haqda Xalqaro fanlar kengashiga tayanib Tengrinews xabar berdi.

    Foto: Elements.envato

    Foto: Elements.envato

    Barqaror rivojlanish va keng ko‘lamli xatti-harakatlar bo‘yicha Kembrij komissiyasining hisobotida ta’kidlanishicha, insoniyat iqlim o‘zgarishiga qarshi kurasha olishi uchun dunyo boylari o‘zlarining hayot tarzini tubdan o‘zgartirishi kerak.

    BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning eng boy odamlarining bir foizi kambag‘allarning 50 foizidan ikki barobar ko‘p chiqindi tashlaydi. Shuningdek, eng badavlat kishilarning besh foizi 1990—2015-yillar oralig‘idagi chiqindi gazlarning 37 foiziga sababchi bo‘lgan.

    Ko‘p miqdorda yoqilg‘i talab qiluvchi yo‘ltanlamas avtomobillar va samolyotlarning uzluksiz parvozi asosiy muammoga aylandi.

    Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, chiqindilar miqdori ko‘payib borayotgani sababli insoniyat nafaqat iqlim o‘zgarishini jilovlash bo‘yicha global choralarni, balki boy mamlakatlar va odamlar ortiqcha iste’molni cheklash bo‘yicha qat’iy cheklov choralarini ham ko‘rishi kerak.

    “Ular eng ko‘p parvoz qiladigan, eng katta mashinalarni boshqaradigan va issiqlik talab qiladigan eng katta uylarda yashaydigan odamlardir. Biz ortiqcha iste’molni kamaytirishimiz va bu ishni tabiatga zarar keltiruvchi chiqindilarni eng ko‘p chiqaruvchi elita toifadan boshlashimiz kerak”, — dedi tadqiqotning yetakchi mutaxassisi, Sasseks universiteti professori Piter Nyuell.

    Ta’kidlanishicha, Britaniya iqlim assambleyasi uglerod ishlab chiqarishga sabab bo‘luvchi xatti-harakatlarga qarshi kurashish uchun bir qator chora-tadbirlarni taklif qildi. Ular orasida go‘sht va sut mahsulotlaridan voz kechish, havoni zararlovchi yo‘ltanlamas avtomobillarini taqiqlash va aviayo‘lovchilarga soliq solish kabi choralar bor.

    Shu sababli, tadqiqot mualliflari Buyuk Britaniya hukumatining tez-tez parvoz qiluvchilarga nisbatan soliqlarning bekor qilinishi to‘g‘risidagi qarorini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Shuningdek, ular vazirlarning bekor qilinganiga ko‘p bo‘lmagan yashil uylar qurilishi uchun grantlar loyihasini qayta tiklashi kerakligini ta’kidladi.

    Ma’lumot uchun, iqlim o‘zgarishi oqibatida qishloq xo‘jaligining umummilliy mahsuldorligi 1960-yillardan buyon 21 foizga pasaydi. Olimlar bunday pasayish so‘nggi yetti yil ichidagi mahsuldorlikning o‘sishini yo‘qotish bilan tengligini aytdi.

    Shuningdek, BMT hozir insoniyatni tashvishga solayotgan muammolar qatorida iqlim o‘zgarishi, global isishni ham sanab o‘tdi.

    Avvalroq BMT bosh kotib Antoniu Guterrish shoshilinch choralar ko‘rilmasa, dunyo bo‘ylab millionlab odam ocharchilik yoqasiga borib qolishi mumkinligi haqida ogohlantirgani haqida xabar berildi. BMTning umumiy ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda jami 88 million odam ocharchilikdan aziyat chekdi, bu 2019-yilgi ko‘rsatkichdan 20 foizga ko‘proq.

    Shuningdek, YuNESKO bosh direktori Odre Azulening ta’kidlashicha, 2030-yilgacha dunyo 40 foiz miqdorda suv tanqisligi muammosiga duch keladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, suv tanqisligi bilan bog‘liq vaziyat boshqa global muammolar, shu jumladan, pandemiya oqibatlari tufayli yanada og‘irlashadi.

    Mavzga doir:

    • Saudiya Arabistonida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash uchun 10 mlrd daraxt ekiladi
    • Xitoylik olimlar 2100-yilga kelib yoz fasli davomli, qish esa qisqa bo‘lishini ma’lum qildi
    • Tadqiqot: So‘nggi 17 yil ichida dunyodagi o‘rmonlarning uchdan ikki qismi yo‘q qilingan yoki nobud bo‘lgan

    14.04.2021, 08:20   Izoh (0)   12774
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    OAV: Suvaysh kanalini qariyb bir haftaga to‘sib qo‘ygan Ever Given kemasi musodara qilindi

    14.04.2021, 06:16

    Bayden va Putin telefon orqali muloqot qildi

    13.04.2021, 23:22

    Turkiyada hukumatni tanqid qilgani uchun hibsga olingan sobiq admirallar ozod qilindi

    13.04.2021, 22:33

    BMT Myanmada “Suriya ssenariysi” takrorlanishi xavfidan ogohlantirdi

    13.04.2021, 22:08

    AQSh Rossiyadagi elchisini o‘zgartirmaslikka qaror qildi. Avvalroq Rossiya AQShdagi elchisini chaqirib olgan edi

    13.04.2021, 21:45

    Turkiya pandemiya boshidan buyon eng qiyin davrlardan biriga duch keldi. Mamlakatlar Turkiya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatmoqda

    13.04.2021, 20:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 09:32

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.