“Manchester Yunayted”ga egalik qiluvchi Gleyzerlar oilasi klubni sotib yuborish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.
Bu qarorga Yevropa Superligasi atrofida ro‘y bergan voqealar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. “Manchester Yunayted” yangi ligani tashkil etgan 12 ta’sischidan biri edi.
Daily Mail jurnalisti Mayk Kiganga ko‘ra, hozirda barchasi Gleyzerlar “Manchester Yunayted”ni haqiqatda sotib yuborishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Ushbu xabarlardan keyin ikki vazn divizionida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor klubni sotib olish istagi haqida ma’lum qildi.
“‘Manchester Yunayted’ni sotib olish haqida o‘ylayapman. Bunga nima deysiz?”, — deydi irlandiyalik yakkakurashchi.
Avvalroq “Manchester Yunayted” vitse-prezidenti Ed Vudvord yil so‘ngida o‘z lavozimini tark etishi aniq bo‘lgandi.
Gleyzerlar “Manchester Yunayted”ni 2005-yilda 790 million funt evaziga sotib olgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)