“Shalke-04” Bundesliga 30-turi doirasida 20-aprel kuni kechgan bahsda “Arminiya”ga yutqazdi (0:1).
Gelzenkirxenliklar 30 ta o‘yinda atigi 13 ochko jamg‘ardi va yuqori divizionda qolish uchun imkoniyatini yo‘qotdi.
“Shalke” so‘nggi bor yuqori diviziondan 1988-yilda tushib ketgandi. O‘shanda klub ikkinchi divizionda uch mavsum o‘ynagan va 1991-yildagina elitaga qaytgandi.
“Shalke”da 2020/21-yilgi mavsum davomida besh marta murabbiy almashdi, shuningdek, rahbariyatda ham qator o‘zgarishlar bo‘ldi. Biroq bu choralar klubni ligada saqlab qolish uchun yetarli bo‘lmadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)