• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda koronavirus bemorlari abgor binoga yotqizilayotgani tasvirlangan suratlar muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mas’ullar holat yuzasidan izoh berdi

    Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining koronavirusga chalingan bemorlar yotqizilayotgani aytilgan eski va nochor ko‘rinishli binosi suratlari ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. “Daryo” muxbiri kasalxonada bo‘lib, vaziyat bilan yaqindan tanishdi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bino suratlari.

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bino suratlari.
    Foto: Telegram

    Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi Buxoro shahrining bir chekkasida joylashgani uchun, aftidan, ayrim hollarda e’tibordan chetda qolgan. Biroq so‘nggi yillarda shifoxonaning deyarli barcha binolarida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

    Mavzuga doir: “Eskiligiga qaramasdan palatalarda barcha sharoitlar standart talablarga mos”. Buxoro viloyati SSB koronavirusga chalinganlar davolanayotgan abgor ahvoldagi bino suratlariga izoh berdi

    “Daryo” muxbiri dastlab kasalxona bosh binosi peshtoqidagi yozuvdagi xatoliklarga e’tibor qaratgan. Bosh shifokor O‘ktam Xolov mazkur holat yaqinda sodir bo‘lgan kuchli shamol va yog‘ingarchilik oqibatida yuz bergani, tuzatish ishlari allaqachon boshlanganini bildirdi.

    Foto: “Daryo”

    Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i G‘ofur Saidov ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘lgan voqeaga to‘xtalib, shifoxonaning eski binosidan ham vaqtincha foydalanishga to‘g‘ri kelganini bildirgan.

    “O‘tkir ichak kasalliklari hamda OIV infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moslashtirilgan mazkur shifoxona A, B, V hamda G bloklardan iborat. B blok, ya’ni 9-bo‘limda 2021-yilning 4-yanvar kunidan boshlab COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar uchun karantin hududi sifatida tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Bino shifoxonaning chekkasida bo‘lgani uchun boshqa korpuslardan izolyatsiya qilishga qulayligi hisobga olindi va bemorlar shu yerga yotqizildi. Haqiqatan ham mazkur binoning tashqi qismi ta’mirtalab. O‘tgan yilgi pandemiya davrida koronavirusga chalingan bemorlar soni oshib ketgani bois ularning sog‘lig‘ini tiklash va yashab qolishini ta’minlashimiz zarurati bilan shu blokdan vaqtincha foydalanishga to‘g‘ri keldi.

    Ammo aytish o‘rinliki, 35 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu blokning ichki qismi davolanish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar o‘rnatilgan. Issiq va sovuq suv, kanalizatsiya ta’minoti mavjud. Koykalar soni yetarli. Koronavirus asoratlari aholi orasidan ancha uzoqlashgan bir davrda mazkur maskan juda qisqa muddatda, ya’ni yetti kun bemorsiz qoldi. Shu orada ichki qismini yana bir karra yengilroq ta’mirlashga ulgurdik. Avvaliga to‘rt nafar bemor yotqizilgan ushbu binoda ayni paytda davolanayotganlar soni 28 nafarni tashkil etmoqda”, — deydi G‘ofur Saidov.

    Foto: “Daryo”

    O‘ktam Xolovning aytishicha, koronavirusga chalingan bir yoki undan ortiq bemorni asosiy binodagi xonalarning birida davolash uchun shifoxonaning butun boshli binosidan boshqa davolanuvchilarni ko‘chirishga to‘g‘ri keladi.

    “Ma’lumki, shifoxonamizga yuqumli kasalliklar bilan murojaat etuvchi bemorlar juda ko‘p. Pandemiya davrida ham asosiy binolarimiz, xususan, A blok bemorlar bilan to‘la edi. Bir nafar koronavirusga chalingan bemorni ushbu binoda davolash uchun ham binodan boshqa bemorlar to‘liq ko‘chirilishi kerak edi. Xuddi o‘sha jarayonda boshqa tuman shifoxonalari ham bemorlar bilan gavjumlashgani bois asosiy hamda ta’mirlangan binolardan turli yuqumli kasalliklar bilan xastalangan bemorlarni ko‘chirish imkoni bo‘lmagandi”, — deydi O‘ktam Xolov.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbirining aniqlik kiritishicha, 2021-yilning 16-mart kuni shifoxona bosh shifokori imzosi bilan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘iga xat yuborilgan. Unda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga qulay sharoit yaratish maqsadida, mart oyining ikkinchi yarmida viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining B blokida mukammal ta’mirlash ishlari tugatilishi hamda 9-bo‘limda mukammal ta’mirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan bemorlarni B blokka ko‘chirish ishlarini amalga oshirish boshlangani ma’lum qilingan.

    “Bemorlar doimiy ravishda davolanib, ketma-ket kelayotgani uchun blok o‘tgan pandemiya davridan so‘ng bir hafta-o‘n kuncha kasallardan xoli bo‘lganda, binoning ichki qismini yengil ta’mirlashga ulgurdik. O‘sha paytda to‘liq ta’mirlashga ruxsat bo‘lmasdi, vaholanki koronavirusga chalingan bemorlar davolanayotgan binoda qurilish ishlarini olib borish imkoni ham yo‘q edi. Shu sababli ta’mirlash ishlari ortga surildi”, — dedi G‘ofur Saidov.

    Bildirilishicha, mazkur bino 1984-yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, hozirgi kunda mukammal ta’mirga muhtoj holga kelgan. Biroq investitsiya dasturi bo‘yicha, ushbu binoda mukammal ta’mirlash ishlari 2021-yilda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Shu bois 2021-yilda mazkur eski binoning kosmetik ta’mirlash ishlariga qo‘shimcha mablag‘ ajratish imkoni bo‘lmagan.

    Foto: “Daryo”

    Surishtiruv jarayonida voqea joyida bo‘lgan “Daryo” muxbiri shifoxonaning A blokida davolanayotgan bemorlarning ko‘chirilayotganiga guvoh bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, viloyatning tuman, shaharlaridan davolanishga kelgan bemorlar o‘z hududlariga ko‘chirila boshlangan.

    “Kuni kecha koronavirusga chalingan bemorlar davolanayotgan binoni qayta ta’mirlash va rekonstruksiya qilish uchun 3 milliard so‘mga yaqin mablag‘ ajratilgani ma’lum bo‘ldi. Ta’mirlash boshlanadi. Koronavirusga chalingan 28 nafar bemorning A blokka o‘tkazilishi o‘z-o‘zidan mazkur blokda davolanayotgan boshqa bemorlarning o‘z hududlariga ko‘chirilishini ta’minlashimiz zaruratini keltirib chiqaradi”, — deydi bosh shifokor.

    Foto: “Daryo”

    “O‘tgan yildagi pandemiya davrida deyarli barcha kasalxonalardan foydalandik. Bu esa boshqa xastaliklar bilan davolanishi lozim bo‘lgan bemorlarni shifoxonalarga qabul qilish imkoniyatini chekladi. Sport maskanlari viloyatda ko‘p sonli bemorlarni qamrab olish uchun yetarli. Ayni paytda ham Buxoro shahridagi ‘Yoshlik’ sport majmuasida 262 o‘rinli, ‘Semurg‘’ sport kompleksida 170 o‘rinli barcha tibbiy sharoitlari mavjud maskanlar hozirlab qo‘yilgan. Bundan tashqari, ko‘chma jonlantirish bo‘limi ham tashkil etilib, unda 24 ta funksional karavot keltiriladi. Har bir bemor yakkalantirilgan tartibda muolaja qilinadi”, — dedi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Ashur To‘xtayev.

    Foto: “Daryo”

    Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘iga ko‘ra, ayni paytda mazkur shifoxona hududida yangi bino tiklash, shuningdek, mavjudlarini kapital ta’mirlash ishlari uchun 30 milliarddan ortiq mablag‘ moliyalashtirilgan. Shifoxona hududida 10 milliard so‘m mablag‘ evaziga qad rostlagan 180 o‘rinli yangi bino 20 kun ichida foydalanishga topshiriladi. Shuningdek, aynan mazkur shifoxona hududida dorixona, laboratoriya xonasi hamda 1,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga kislorod stansiyasi ham barpo etilmoqda.

    18.04.2021, 20:14   Izoh (0)   36999
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda maxsus internat o‘quvchisi tarbiyachi tomonidan kaltaklangani aytildi. Mas’ullar bunga aniq isbot yo‘qligini ta’kidlamoqda

    18.04.2021, 19:34

    O‘zbekiston ilk bor dunyoning eng yaxshi mamlakatlari reytingidan o‘rin oldi

    18.04.2021, 18:12

    Buxoroda 26 yoshli yigit kaltaklangach, vafot etdi. Marhumning otasi o‘g‘lini o‘ldirgan shaxsga chora ko‘rilmayotganini aytmoqda

    18.04.2021, 17:11

    Iftorlikda nega aynan xurmo bilan og‘iz ochiladi?

    18.04.2021, 16:30

    Sayyohlar qo‘lidan sabzi yeyayotgan ohu: O‘zbekistonda yagona hisoblangan agroekoturzonaga fotosayohat

    18.04.2021, 15:54

    O‘zbekistonda koronavirus, asosan, necha yoshlilar orasida qayd etilayotgani ma’lum qilindi

    18.04.2021, 15:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    12 mln tonnalik aysberg Grenlandiyadagi qishloqqa yaqinlashdi

    Dunyo | 13 iyul, 23:55

    Eron Isroilni “ekologik jinoyat”da aybladi

    Dunyo | 13 iyul, 23:40

    AQSHda 7 balli zilzila kuzatilishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 23:20

    Londonda samolyot qulab tushdi (video)

    Dunyo | 13 iyul, 23:10

    Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqdan qochdi

    Dunyo | 13 iyul, 22:58

    “Eron yadro bombasi bilan Isroilni yo‘q qilishga tayyor” — Netanyaxu

    Dunyo | 13 iyul, 22:30

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    Futbol | 13 iyul, 22:15

    Ukraina Ozarbayjondan gaz sotib olmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 21:55

    Tramp Meksika va Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj soladi

    Dunyo | 13 iyul, 21:30

    “Isroil Eron prezidentini o‘ldirishga uringani uchun tovon to‘laydi” — eronlik amaldor

    Dunyo | 13 iyul, 21:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.