• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda maxsus internat o‘quvchisi tarbiyachi tomonidan kaltaklangani aytildi. Mas’ullar bunga aniq isbot yo‘qligini ta’kidlamoqda

    Andijon viloyatining Andijon shahrida yashovchi fuqaro hududdagi 13-sonli aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida farzandi muassasa tarbiyachisi tomonidan kaltaklanganini ma’lum qildi. “Daryo” muxbiri holatga aniqlik kiritish maqsadida maktab-internatda bo‘lib, o‘quvchining onasi, sinf rahbari hamda internat mutasaddilari bilan uchrashdi.

    Foto: “Daryo”

    Murojaatchi Zuhra Qayumovaning ta’kidlashicha, farzandi B.M. 2013-yilda tug‘ilgan, tug‘ma nogiron, yurak porogi va yana bir necha kasalligi bor. Aytishicha, o‘qituvchi va tarbiyachilari uning farzandi ustidan doimiy shikoyat qilib kelgan.

    Zuhra Qayumova.

    Zuhra Qayumova.
    Foto: “Daryo”
    “2020-yil sentabrida o‘g‘lim birinchi sinfga borishi kerak edi. O‘zingizga ma’lum, karantin sabab barcha maktablar ishlamadi. Yanvar o‘rtalarida sinf rahbari telefon qilib, 18-yanvardan o‘qish boshlanishini aytdi. Har kuni ertalab bolamni soat 8:00 da maktabga tashlab, ishdan keyin soat 17:30 da yana qaytib olib ketaman. Iloji boricha ertaroq olib ketishga harakat qilaman.

    Maktab boshlanganiga bir hafta bo‘lmasdan sinf rahbaridan “Bolangiz darsimga xalaqit beryapti, o‘tirmayapti. Hojatga ko‘p chiqarkan”, degan shikoyat tusha boshladi. Ularga javoban uni sog‘lom bo‘lmagani uchun shu maktabga berganimni aytdim. Undan keyin maktab rahbariyati ham menga ko‘ziga zarar bo‘lib qoladi, deb boshqa maktabga olib o‘tishimni tavsiya qildi.

    Shunda ham holatni tushuntirib, bu maktabga bolam sog‘lom bo‘lmaganligi, aqli zaifligi uchun berganimni, ko‘zi bo‘yicha muammo bo‘lmasligini aytganman. Xulosa so‘rashganida, may oyigacha Toshkentdan ma’lumotnoma olib kelib beraman deganman.

    Darslardan keyin bolalar bilan tarbiyachisi shug‘ullanar ekan. Yotoqxonasi bo‘lsa-da, qoldirmasdan har kuni uni olib ketaman. S. ismli tarbiyachi qiz bolamni “Ko‘zi ko‘rmas ekan, doimiy yetaklab yurish kerak ekan”, deb kamsitibdi. Haqiqatan, o‘g‘limning ko‘zida ptozi bor, qovog‘i tushgan.  Qovog‘ini Toshkentda operatsiya qilib ochtirganmiz.

    Shu bois ko‘rish qobiliyati tushib ketgan. Ko‘rishini tiklash uchun ko‘zoynak taqib yuradi. To‘g‘risi, bu so‘zlarni eshitib rosa jahlim chiqdi. Xafa bo‘lib, tarbiyachiga telefon qilib: “Bolamni kamsitishga nima haqqingiz bor?”, deb, holatni tushuntirdim. Xulosa qildi, shekilli, uzr so‘radi. Lekin yuzma-yuz ko‘rishganda hech qachon biror narsa demadim”, — deydi Zuhra Qayumova.

    Onaning so‘zlariga ko‘ra, shu kunga qadar deyarli kunora farzandining turli joylari ko‘karib borgan bo‘lsa-da, hech kimga e’tiroz qilmagan. Lekin so‘nggi marotaba maktabdan olib ketganida bolasining ikkala qo‘li va badanining ayrim qismlari ko‘karib ketganidan so‘ng, profilaktika inspektori va maktab ma’muriyatiga chora ko‘rishini so‘rab murojaat qilgan.

    Foto: “Daryo”

    Biroq hech kim bu masala bo‘yicha jiddiy shug‘ullanmagan.

    “Bolalar bilan o‘ynaganda biror joyga tekkan yoki urushgan bo‘lsa shunaqa bo‘lgandir, deb e’tibor bermasdim. Lekin oxirgi safar bolamni cho‘miltirgani hammomga olib kirsam, ikkala qo‘li va badani ko‘karib ketgan ekan. Nima bo‘ldi deb, sinchiklab qarasam, ko‘kargan joylari shishgan, barmoq izlari ham bor. Bolamni yechintirib, o‘zidan “Nima bo‘ldi, kim bunaqa qildi?” deb so‘rasam, no‘noqlanib “Maktab urdi. Opa yo‘qol, uyingga ket, dedi”, degan so‘zlari bilan tushuntirdi.

    Shunda miyamga birinchi bo‘lib S. ismli tarbiyachisi keldi. Chunki tarbiyachisi har juma kuni soat 15:00 dan keyin: “Opa, hech kim qolmadi, bolangizni olib keting”, deb tinimsiz SMS yozib, telefon qila boshlaydi. Ishim borligini, tugashiga olib ketishimni tushuntirsam ham bezovta qilaveradi.

    Shu kunning o‘zida sinf rahbari va mahallamiz profilaktika inspektoriga ekspertiza qildirish uchun ariza yozib berdim. Haligacha ekspertiza javobini berishmayapti. Maktab ma’muriyati ham tarbiyachiga nisbatan hech qanday chora ko‘rmayapti. Tarbiyachi urmagan bo‘lsa, unda kim urgan? Nega bunchalik badani va qo‘li ko‘karib ketgan?”.

    O‘qituvchi Sohiba Najmiddinovaning aytishicha, maktabda asosiy e’tibor bolalarni tarbiyalash va hayotga tayyorlashga qaratilgan.

    Sohiba Najmiddinova.

    Sohiba Najmiddinova.
    Foto: “Daryo”

    “Maktabda 2011-yildan beri boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi sifatida ishlab kelaman. Ayni paytda menga biriktirilgan sinfda 12 nafar o‘quvchi bor. Bu — maxsus maktab. Qayerda ishlayotganimizni yaxshi bilamiz. Bola bilim olishni istasa, olaveradi, unga yordam berish vazifamiz. Bo‘lmasa, imkon qadar ularni tarbiyalash va hayotga tayyorlashga e’tibor qaratamiz, ko‘ngliga qaraymiz.

    Ularga intizomni, do‘stlashishni o‘rgatamiz. Umumta’lim maktabida asosan bilim berilsa, bizda o‘quvchilarning holatiga qarab ishlanadi. Ayrim bolalarimizning dars davomida turib, xonada aylanadigan fe’li ham bor. Shunday paytlarda qo‘lidan ushlab, o‘tiring deymiz. Gohida bolalar hojat chiqarib qo‘yishadi. Indamasdan tozalab yuvamiz, kiyimlarini almashtiramiz. Bularni bilib ishga kirganmiz, shuning uchun hech qachon nolimaganmiz”, — deydi Sohiba Najmiddinova.

    Foto: “Daryo”

    Najmiddinova holat haqida eshitganida o‘quvchisining onasiga biror narsa deya olmagani, sinf rahbari sifatida o‘zini so‘roqqa tutgani, aybdor his qilayotganini bildirgan.

    Yakshanba kuni kechga yaqin Zuhraxon menga qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘lining qo‘li ko‘karib qolganini aytdi. Men “Bilasiz, bolalarimizning holatini, biror joyga urib oldimikan?”, dedim. U esa bolasining rasmini Telegram orqali yuborganini, ko‘rib xulosa berishimni so‘radi. Gaplashib bo‘lib, Telegram’ni ochib ko‘rdim. Qayta telefonlashganimizda bolaning onasi “Opa, bunga nima deysiz?”, deb savol bergandi, “Zuhraxon, biror narsa deyishga hayronman” dedim.

    To‘g‘risi, o‘sha paytda hech qanday javob topolmadim. Ertasiga, dushanba kuni maktabga kelib, bolalarni birma-bir qabul qilib oldim. Ishonqiramay, o‘zim ham bir ko‘ray-chi deb, bolaning qo‘lini ochib ko‘rdim. Keyin maktabimiz ma’muriyatidagi Munojot opaga chiqib, holat haqida gapirib, bolani olib chiqib ko‘rsatdim. Telegram’dagi rasmni ham tashlab berdim.

    O‘tgan yilda karantindan oldin S. ismli bola bilan ham shunday holat yuz bergandi. U paytlarda o‘quvchilar faqat o‘zimda bo‘lardi. Yotoqxona ham ishlamasdi, S. ismli tarbiyachi ham ishlamagan edi. Onasi rasmga olib jo‘natganida “Bilmadim, tashqarida o‘ynayotganida urib oldimikan?”, deganimda “To‘g‘ri aytasiz, bolam sal sho‘xroq, tinmay aylanib yuradi, shunaqa bo‘lishi mumkin”, deb masala yopilgandi.

    O‘quvchilarimning holatini bilganim uchun doim ularga yaxshi qarashga harakat qilaman. Hech qachon ularga qattiq gapirmayman, urmayman. Mana bu holatdan keyin o‘zimga kelolmayapman. Sinf rahbari bo‘lganim uchun o‘zimni so‘roqqa tutyapman, aybdordek his qilyapman. Qayerda, qanday bo‘lgan? Nahotki e’tiborsiz qolib ketgan bo‘lsam, degan savollar bilan ichimni kemiryapman”.

    Maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Gulnora Asqarovaning aytishicha, maktab yengil darajadagi aqli zaif bolalarga mo‘ljallangan. Ayni paytda muassasada 252 nafar o‘quvchi 13 ta guruhga bo‘lingan holda ta’lim-tarbiya oladi. Darslar soat 8:30 dan 13:10 gacha o‘tkazilib, shundan so‘ng bolalar bilan ikki smenada tarbiyachilar shug‘ullanadi.

    Gulnora Asqarova.

    Gulnora Asqarova.
    Foto: “Daryo”

    Ta’kidlanishicha, o‘qituvchi va tarbiyachilarning barchasi defektolog bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayoni maktab ma’muriyati va Xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi.

    “Dushanba kuni sinf rahbari menga chiqib holatni batafsil aytib berdi. Shu darajada bo‘lib ketdimi deb, o‘z ko‘zim bilan ko‘rish uchun sinfga kirib ko‘rdim. Haqiqatan ikkala qo‘lining bilak tarafi ko‘karib qolgan ekan. Keyin qachon, qayerda nima bo‘lganini surishtirdik. Hattoki, videokameralarni ochib, juma kungi yozuvlarni ko‘rib chiqdik.

    O‘sha kuni bir o‘quvchi qolgan, S. ismli tarbiyachi u bilan o‘tirgan ekan. Bola uning atrofida aylanib yurganini ham ko‘rdik. Bu odatiy hol hisoblanadi. U vaqtda yig‘layotgan yoki biror salbiy narsa yuz berganini ko‘rmadik. Holat yuzasidan sinf rahbari bilan ham, tarbiyachi bilan ham tegishli tartibda suhbatlashdik. Biroq qachon, qayerda bo‘lganini aniqlay olmadik. Shunday bo‘lsa-da, tarbiyachiga qattiq gapirdik, ogohlantirish berdik.

    Tarbiyachilarning ish vaqti soat 15:00 dan 21:00 gacha. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarimiz besh kun o‘qiydi. Ayrim ota-onalar sovuq kunlarda ertaroq olib ketishga harakat qiladi. Yotoqda qoladiganlar ham bor. Ushbu o‘quvchimizni ota-onasi har kuni soat 17:30 lar atrofida ishdan chiqib maktabga kelib, olib ketadi. O‘rganish davomida aniqlanishicha, bu tarbiyachi qizning bir aybi — yoshlik qilib, o‘quvchini ota-onasiga telefon qilib, “Hamma bolasini olib ketdi, faqat sizning bolangiz qoldi”, deb tezroq olib ketishi kerakligini aytgan.

    Bu bolamizning boshqalarga nisbatan nuqsoni ko‘proq. Boshida ko‘ziga ziyon bo‘lib qolarmikan degan fikrga ham kelganmiz. Ko‘zi yumuqroq bo‘lgani uchun bolani Asakadagi ko‘zi ojizlar maktabiga olib borishni tavsiya qilganmiz. Lekin onasi bizga holatni tushuntirgani uchun komissiya xulosasi bilan maktabda olib qolganmiz. Bola yotoqda qolmaydi, har kuni ota-onasi yoki yaqin qarindoshlari olib ketadi”, — deydi Gulnora opa.

    Suhbat boshida kameradagi yozuvlarni ko‘rib chiqqanini bildirgan Asqarova xonim yakunda sinfxonalarda kamera yo‘qligini ta’kidladi.
    “O‘zingiz bilasiz, har bir insonning fe’l-atvori har xil. Tarbiyachi qizimiz yomon emas. Eng kichik bola bilan ham yaxshi ishlaydi. Ammo negadir shu o‘quvchimiz bilan munosabatga kirisha olmadi, chog‘i. Bolaning qo‘li qayerda ko‘kargan, buni aniq aytolmaymiz. Kuni kecha barcha o‘quvchilarimiz ichki ishlar bo‘limiga borib tushuntirish xati yozib berishdi.

    Sinflarimizda kamera yo‘q, lekin tashqarida bor. O‘qituvchilar hattoki jismoniy tarbiya darsiga ham qo‘lidan ushlab olib chiqishadi. Tarbiyachimizni ayblay olmaymiz. Chunki aniq isbotimiz yo‘q. Bolaning o‘zidan so‘raylik desak, biroz aqli zaif bo‘lgani uchun kim, qachon urganini aniq aytib berolmaydi”, — deb o‘z fikrini yakunladi Gulnora Asqarova.

    “Daryo” muxbiri tarbiyachi bilan ham suhbatlashib, holat yuzasidan savollarga javob olishga harakat qildi. Ammo tarbiyachi ushbu masala bo‘yicha savollarga javob berishdan bosh tortdi.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    18.04.2021, 19:34   Izoh (0)   32065
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston ilk bor dunyoning eng yaxshi mamlakatlari reytingidan o‘rin oldi

    18.04.2021, 18:12

    Buxoroda 26 yoshli yigit kaltaklangach, vafot etdi. Marhumning otasi o‘g‘lini o‘ldirgan shaxsga chora ko‘rilmayotganini aytmoqda

    18.04.2021, 17:11

    Iftorlikda nega aynan xurmo bilan og‘iz ochiladi?

    18.04.2021, 16:30

    Sayyohlar qo‘lidan sabzi yeyayotgan ohu: O‘zbekistonda yagona hisoblangan agroekoturzonaga fotosayohat

    18.04.2021, 15:54

    O‘zbekistonda koronavirus, asosan, necha yoshlilar orasida qayd etilayotgani ma’lum qilindi

    18.04.2021, 15:16

    O‘zbekistonda 19-aprel kuni qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

    18.04.2021, 13:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”dagi hayoti: yomon start, lekin katta umidlar

    Sport | 14 may, 17:25

    Samarqandda noqonuniy qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 137 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi (video)

    O‘zbekiston | 14 may, 17:20

    Shveysariya poyezd yo‘llarini quyosh elektr stansiyalariga aylantiradi

    Dunyo | 14 may, 17:05

    Aktyor Tom Hardi jangari filmlardagi rollari tufayli sog‘lig‘i yomonlashganidan shikoyat qildi

    Kino | 14 may, 16:50

    Germaniyada insonlarni “kelajakda tiriltirish” uchun muzlatish yo‘lga qo‘yildi

    Dunyo | 14 may, 16:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.