• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12514.34
    • RUB156.41
    • EUR14600.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda 26 yoshli yigit kaltaklangach, vafot etdi. Marhumning otasi o‘g‘lini o‘ldirgan shaxsga chora ko‘rilmayotganini aytmoqda

    Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi maktablarning birida o‘lim holati qayd etildi. Marhumning otasi qotil aniqligini, ammo unga chora ko‘rilmayotganini aytmoqda. Bu haqda surishtiruv olib borgan “Daryo” muxbirining ma’lum qilishicha, voqea 2021-yil 26-mart kuni tumandagi 28-maktabning sport zalida sodir bo‘lgan.

    Murodjon Ibragimov.

    Murodjon Ibragimov.
    Foto: Mustafo Xudoyberdiyev

    Viloyat prokuraturasi axborot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, ushbu holat bo‘yicha Buxoro tuman prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida hodisa joyi va marhumning jasadi ko‘zdan kechirilib, aloqador shaxslardan tushuntirish xatlari olingan hamda o‘lim sababi va u bilan bog‘liq boshqa holatlarni aniqlash uchun sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Shuningdek, 8-aprel kuni Jinoyat kodeksining 102-moddasi 1-qismi (ehtiyotsizlik orqasidan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    “O‘g‘limning jasadini uyga olib kelsam, tomog‘ining tagi tovuqning tuxumidek shishib, ko‘karib ketgan ekan. Urib o‘ldirilgani ko‘rinib turgandi. Ammo oradan shuncha vaqt o‘tsa hamki, hech kim xabar olmayapti, hech qanday xulosa ham aytilmadi. O‘g‘limning qotili aniq, ammo hamma jim turibdi. 15-may kuni o‘g‘limning to‘yi bo‘lishi kerak edi. O‘limidan uch-to‘rt kun oldin fotiha to‘yini o‘tkazgan edik”, — deydi marhumning otasi Mustafo Xudoyberdiyev.

    Bildirilishicha, 26-mart kuni kechki payt tumandagi “Gulshanobod” mahalla fuqarolar yig‘ini Losha qishlog‘ida yashovchi 20-25 nafar yigit hududda joylashgan maktabning sport zalida voleybol o‘ynagan. 1995-yilda tug‘ilgan Murodjon Ibragimov o‘yinga hakamlik qilgan. Soat taxminan 22:00 da Murodjon hamda shu qishloqda yashovchi 22 yoshli S.X. o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan.

    “Soat, taxminan, kechki 10 dan oshgandi. Biz o‘ynayotganda ular chetda edi. Murodjon stulchada o‘tirib, hakamlik qilayotgandi. Kutilmaganda ular janjallashib qoldi. Odamlar ajratishga ulgurmayoq, ular yoqalashib ketdi. S. Murodjonning yuz qismiga ikki marta urdi. Murodjon polga yiqildi, keyin o‘rnidan turdi, bir-ikki qadamcha bosishga urindi. Yo‘q, yana polga uzala yiqildi va qaytib turmadi. Men tergov jarayonida ham qanday ko‘rgan bo‘lsam, shuni bildirdim. Yashiradigan holatmas bu”, — dedi voqea guvohi, Murodjonning hamqishlog‘i Bekzod Arziyev.

    Mustafo Xudoyberdiyevning aytishicha, o‘g‘li Murodjon Ibragimov 26-mart kuni kechki payt soat 20:00 da sartaroshxonaga borish uchun uydan chiqib ketgan. So‘ng mahallada joylashgan 28-maktabning sport zaliga borgan va voleybol o‘ynayotgan qishloq bolalariga hakamlik qilgan. O‘yin davomida yon qo‘shnisi bilan og‘zaki tortishgan.

    “Qishloq bolalarining aytishlaricha, S. kutilmagan paytda o‘g‘limning chap tarafidan kelib urgan. O‘g‘limning qotili aniq. U o‘g‘limni urganini barcha organ xodimlari ham eshitib, bilib turibdi. Ammo ishni yopishga harakat qilishyapti. S. bundan oldin ham uch-to‘rt kishini urib, hushidan ketkizgandi, ammo hech qanday chora ko‘rilgani yo‘q. S.X. o‘g‘limni qasddan urib, o‘ldirgan. O‘g‘limning qotiliga jazo bormi? U mening yakka-yu yolg‘iz o‘g‘lim edi. Mening endi bu dunyoda yashashdan nima maqsadim qoldi?!” — deydi ota.

    Marhumning amakisi Abdulla Xudoyberdiyevning aytishicha, sport zaldagi holatdan o‘sha yerda bo‘lgan hamqishloq bolalarning barchasi xabardor bo‘lgan.

    “Men ham voleybol o‘ynab o‘tirgan edim. S. jiyanimni urib, keyin qochib ketganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Jiyanim polga yiqildi. S. ko‘chaga chiqib qochdi. Bir bola: ‘To‘yi bo‘lardi. Nega urding?’, deganda, ‘U meni so‘kdi, shuning uchun urdim’, dedi’”, — deydi Abdulla Xudoyberdiyev.

    28-maktab direktori Madinabonu Safarovaning “Daryo”ga bildirishicha, maktabning sport zali kechki payt mahalla bolalari uchun ochib berilgan va bunga 2021-yilning 23-mart kunidan boshlab ruxsat berilgan. Voqea sodir bo‘lgan kuni direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari hamda maktab qorovuli ham o‘sha yerda bo‘lgan va holatni ko‘rgan.

    “Men sport zaliga kirganimdan yarim soat o‘tib, to‘polon bo‘ldi. S. Murodjonning yuziga urdi. Bir payt qarasam, Murodjon chap tomoni bilan polda yotibdi. Kasalxonaga olib borguncha, og‘zi va burnidan qon ketdi, afsuski, yo‘ldayoq joni uzildi”, — deydi qishloq fuqarosi Kamol Abdiyev.

    Bildirilishicha, qishloq bolalari Murodjon Ibragimovni zudlik bilan kasalxonaga olib borgan. Biroq u Buxoro shahridagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga borgunga qadar vafot etgan.

    Filial bosh shifokori o‘rinbosari Qahramon Karimovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, bemor qabul qilingan va zudlik bilan tibbiy-nazorat tekshiruvi o‘tkazilgan va fuqaroning vafot etgani to‘la tasdiqlangan. Ichki ishlar organlari vakillari ishtirokida hujjatlar rasmiylashtirilib, ekspertizaga jo‘natilgan.

    “Daryo” muxbiri holat yuzasidan tuman prokuraturasiga murojaat qilib, axborot olishga urindi. Muxbir bilan bog‘langan viloyat prokuraturasi axborot xizmati rahbari fuqaroning o‘limi yuzasidan hali ekspertiza xulosasi olinmaganini aytib, xulosani olish bir oyga qadar davom etishi mumkinligini bildirdi. Buxoro tuman prokuraturasi tergovchisi Shahobiddin Ismoilov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari davom etayotganini ma’lum qildi.

    Marhumning otasi Mustafo Xudoyberdiyev o‘g‘lining o‘limida qo‘shnisi S.X.ni ayblarkan, uning qassobligiga, qoramollarni so‘yishga tayyorlashdan oldin ularning bo‘ynidan urib qanday yiqitsa, bunda ham xuddi shunday usulni qo‘llaganiga e’tibor qaratmoqda. “Qo‘shnimiz qassob bola. Berahm. Oldin chiqargan ishkallaridan ham uchastka nozirlari xabardor bo‘lgan”, — deya takrorladi ota.

    Buxoro viloyat prokuraturasidan ma’lum qilishlaricha, ushbu ish bo‘yicha tergov viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    18.04.2021, 17:11   Izoh (0)   46965
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Iftorlikda nega aynan xurmo bilan og‘iz ochiladi?

    18.04.2021, 16:30

    Sayyohlar qo‘lidan sabzi yeyayotgan ohu: O‘zbekistonda yagona hisoblangan agroekoturzonaga fotosayohat

    18.04.2021, 15:54

    O‘zbekistonda koronavirus, asosan, necha yoshlilar orasida qayd etilayotgani ma’lum qilindi

    18.04.2021, 15:16

    O‘zbekistonda 19-aprel kuni qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

    18.04.2021, 13:16

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 400 ming nafardan oshdi

    18.04.2021, 12:15

    O‘zbekistonda koronavirus 2021-yilgi yangi antirekordni o‘rnatdi — bir kunda 342 kishida kasallik aniqlandi. Qurbonlar soni ikki nafarga ko‘paydi

    18.04.2021, 10:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya va Iordaniya G‘azo aholisiga yordam berish uchun “havo ko‘prigi” tashkil qiladi

    Dunyo | 28 iyul, 23:46

    Hindistonda bir yoshli bola qo‘liga o‘ralgan kobrani tishlab oldi

    Dunyo | 28 iyul, 23:35

    Mirabror Usmonov kubogi — 2025. O‘zbekiston U-23 hal qiluvchi bahsda Yaponiyaga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 28 iyul, 23:21

    “Tramp ultimatum muddati tugaganidan so‘ng qanday harakat qilishi noma’lum” — The Guardian

    Dunyo | 28 iyul, 23:21

    Istanbuldan Toshkentga uchgan Uzbekistan Airways samolyoti nosozlik sabab ortga qaytdi

    O‘zbekiston | 28 iyul, 23:09

    “Rossiya-Ukraina urushi allaqachon tugashi kerak” — Erdo‘g‘on

    Dunyo | 28 iyul, 23:00

    Mashhur bastakor Sultonali Rahmatov 55 yoshida vafot etdi

    O‘zbekiston | 28 iyul, 22:38

    Bu yil Andijon viloyati eksportini 1,5 mlrd dollarga yetkazish belgilangan. Reja bajariladimi?

    O‘zbekiston | 28 iyul, 22:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.