• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ombudsman boshchiligidagi ekspertlar guruhi Zangiotada joylashgan ayollar koloniyasining sharoitlari bilan tanishdi

    14-aprel kuni Ombudsman huzuridagi qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha Milliy preventiv mexanizm doirasida Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 21-sonli jazoni ijro etish muassasasiga monitoring tashrifi uyushtirildi, deb xabar beradi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili matbuot xizmati.

    Foto: Ombudsman matbuot xizmati

    Foto: Ombudsman matbuot xizmati

    Ma’lum qilinishicha, 1600 o‘ringa ega bo‘lgan Respublikada yagona ayollar jazoni ijro etish muassasasida hozirda 500 nafardan ortiq mahkumalar saqlanmoqda. Ularning 3 nafari voyaga yetmaganlar.

    Ombudsman boshchiligidagi Ekspert guruhi a’zolari dastlab mahkuma ayollar yotoqxonasini ko‘zdan kechirgan, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar talab darajasida, suhbat davomida ham hech bir mahkuma muassasa sharoiti yoki xodimlar muomalasidan shikoyat qilmagan. Oylik maoshlari miqdori haqida so‘ralganida 400—700 ming so‘mgacha buyurtmaga qarab ish haqi olishlarini, kasal va yoshi katta mahkumalar ishga jalb qilinmasligini, kasb-hunarga o‘rgatilgan ayollarga sertifikatlar berilishi qayd etilgan.

    Foto: Ombudsman matbuot xizmati

    Foto: Ombudsman matbuot xizmati

    Muassasada o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, mahkumalar va ularning yaqinlari uzoq hamda qisqa muddatda uchrashishlari mumkin. Uchrashuvlar muddati mahkumalarni ko‘rishga kelganlarning qarindoshlik darajasiga qarab belgilanadi. Mahkumalar har 2 oyda bir marta yaqinlari bilan ko‘rishish imkoniyatiga ega.

    Ekspert guruhi a’zolari, shuningdek, mahkumalarning asosiy vaqti o‘tadigan ishlab chiqarish hududini ham ko‘zdan kechirgan. Muassasa rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ishga yaroqli mahkumalarning 60 foizi 4 ta ishlab chiqarish sexida mehnat qiladi. 55 yoshdan katta va bolali mahkumalar ishga jalb qilinmaydi.

    Foto: Ombudsman matbuot xizmati

    Foto: Ombudsman matbuot xizmati

    Monitoring tashrifi davomida tibbiy bo‘lim, kutubxona, oshxona va yangi qurilgan tikuvchilik sexi va fuqarolar qabulxonasidagi shart-sharoitlar ham o‘rganilgan. Obyektlarni o‘rganish davomida tibbiyot xodimlarining oylik maoshlari kamligi sababli muassasadagi 8 ta shifokor o‘rni vakant ekani, oshxonalardagi idish-tovoqlar almashtirilishi kerakligi aniqlangan.

    Ta’kidlanishicha, muassasa hududida zamon talablariga javob beradigan va qulayliklarga ega bo‘lgan yangi tikuv sexi qurilmoqda. Ushbu tikuv sexida mahkumlar mehnat bilan band bo‘lishlari uchun barcha shart-sharoitlar va mehnat xavfsizligi normalari inobatga olingan. Tikuv sexi shu oy yakunida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

    Foto: Ombudsman matbuot xizmati

    Foto: Ombudsman matbuot xizmati

    Muassasada 2 ta bolalar uyi tashkil etilgan bo‘lib, u yerda 21 nafar ona 3 yoshgacha bo‘lgan farzandi bilan 24 soat davomida birga bo‘lishi uchun imkoniyat-sharoitlar yaratilgan. Bolalali mahkumalar majburiy ishga jalb qilinmaydi, lekin ixtiyoriy ravishda ishlash istagini bildirganlar farzandlarini tarbiyachi yoki hamshiralarga qoldirishi mumkin.

    Ona va bolalar karavotlari yonma-yon joylashtirilgan bo‘lib, bola parvarishi uchun zarur bo‘ladigan barcha kiyim-kechak, oziq-ovqat, vitamin va dori-darmon vositalari bilan ta’minlangan. Muassasada saqlanayotgan ona-bolalar salomatligi uchun 20 ta tarbiyachi va hamshira biriktirilgan. Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan mahkumalarning farzandlari 3 yoshdan keyin yaqin qarindoshlari yoki mahkumaning roziligiga asosan bolalar uyiga topshiriladi.

    Foto: Ombudsman matbuot xizmati

    Foto: Ombudsman matbuot xizmati

    Monitoring tashrifi davomida Ombudsman va Ekspert guruhi bilan uchrashib, shikoyat qoldirish istagini bildirgan 20 dan ortiq mahkuma bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, murojaatlar qabul qilingan. Bundan tashqari 300 ga yaqin mahkumalar bilan ommaviy tarzda qabullar o‘tkazilgan.

    O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli muassasa rahbariga zaruriy tavsiyalar berildi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda mahkumlarning ombudsmanga yo‘llagan shikoyatini qamoqxona rahbariyati ko‘zdan kechirishi taqiqlanishi mumkin

    Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida ombudsmanning 2019-yilgi hisobotida 139 mahbusdan qiynoqlar yuzasidan shikoyat kelib tushgani, ammo o‘rganishlar natijasida qiynoq bilan bog‘liq birorta holat aniqlanmagani va mazkur holat ochiq qolganiga e’tibor qaratgan edi.

    Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili Feruza Eshmatova 2020-yilgi hisobot eshituvida ishtirok etmaganini ta’kidlab, unda qatnashgan mas’ul xodimlardan bu borada qanday ishlar amalga oshirilgani bo‘yicha ma’lumot berishlarini so‘ragan. Agar o‘rganishlar amalga oshirilmagan bo‘lsa, 2021-yil ushbu masala o‘rganib chiqilishini bildirgandi.

    17.04.2021, 09:09   Izoh (0)   17484
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev mansabdorlarning ishdan olinishini ularning bilimsizligi bilan izohladi

    17.04.2021, 08:29

    Atirgullarga burkangan yigit, Ramazonning ilk jumasi, Qahramondan xabar olgan Prezident. 16-aprel suratlari

    16.04.2021, 23:58

    Germaniya kompaniyasi Toshkentdagi 4 ta issiqlik stansiyasini yangilashda yordam beradi

    16.04.2021, 23:27

    “Bu kabi holatlar davlat siyosatiga ziddir”. AOKA Qarshi shahar IIB xodimlari “Daryo” muxbiri faoliyatiga to‘sqinlik qilgani yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqdi

    16.04.2021, 22:40

    O‘zbekiston IIV jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi nomidan foydalanib, fuqarolardan 240 ming so‘m undirilayotganidan ogohlantirdi

    16.04.2021, 22:10

    Namangandagi kafeda ofitsiant qizga shilqimlik qilgan shaxslar va ularga qarshilik qilgan fuqarolar janjallashdi. Bir kishi pichoqlandi

    16.04.2021, 21:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.