• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda korrupsion jinoyatlar asosan kim tomonidan sodir etilishi ma’lum qilindi

    2020-yilda korrupsiya holatlari bo‘yicha 2270 kishiga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Bu haqda senat raisi Tanzila Norboyeva 29-mart kuni bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Korrupsiya — hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemiradigan, uning aholi oldidagi obro‘siga putur yetkazadigan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qiladigan xavfli hodisa”, — deya ta’kidlagan senat raisi.

    Tanzila Norboyevaning so‘zlariga ko‘ra, Transparency International xalqaro nohukumat tashkilotining 2020-yil uchun e’lon qilingan korrupsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekiston o‘rni 7 pog‘onaga yaxshilanib, 180 davlat orasida 146-o‘rinni egallagan bo‘lsa-da, davlat rahbarining 2020-yil 2-iyundagi tegishli farmonida tasdiqlangan samaradorlik ko‘rsatkichiga (KPI) hali erishilmagan.

    “Farmonda 25 balldan 27 ballga ko‘tarilish vazifasi qo‘yilgan. Lekin bor-yo‘g‘i 1 ballga (26 ball) ko‘tarilish qayd etilgan, xolos”, — deydi senat raisi. U amalga oshirilayotgan ishlarga qaramasdan korrupsiyaga qarshi kurashishda katta o‘zgarishga erishilmagani, bunday jinoyatlar hali kamaymaganini qayd etgan.

    Ma’lumotga ko‘ra, 2020-yilda sudlar tomonidan korrupsiya holatlari bo‘yicha 2270 shaxsga nisbatan jinoyat ishlari ko‘rib chiqilgan. Ulardan:

    • 1056 nafar shaxsga nisbatan pora berish (211-modda);
    • 825 nafar shaxsga nisbatan mansab soxtakorligi (209-modda);
    • 184 nafar shaxsga nisbatan hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish (205-modda);
    • 133 nafar shaxsga nisbatan pora olish (210-modda) moddalari bo‘yicha jinoyat ishlari ko‘rib chiqilgan.
    Tahlillarga ko‘ra, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar asosan ishsizlar (23 foiz), ta’lim (17 foiz), tibbiyot (7 foiz), bank (5 foiz), qurilish (3 foiz), ichki ishlar (3 foiz) tizimi xodimlari tomonidan sodir etilgan.

    Ushbu jinoyatlarning 89,4 foizi quyi bo‘g‘in (tuman, shahar yoki ularga tenglashtirilgan), 9,2 foizi o‘rta bo‘g‘in (viloyat yoki ularga tenglashtirilgan), 1,4 foizi yuqori bo‘g‘in (respublika yoki unga tenglashtirilgan) xodimlari yoki mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan.

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va “Ijtimoiy fikr” markaziga ushbu masala bo‘yicha aholi fikrini o‘rgangan holda Milliy kengashga taqdim etish vazifasi topshirilgan. Shuningdek, yig‘ilishda qonun hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va ularni bartaraf etish bo‘yicha ishlarni tizimli davom ettirish lozimligi aytilgan.

    Ta’kidlanishicha, Adliya vazirligi tomonidan qurilish, sog‘liqni saqlash, oliy ta’lim va davlat xaridlari sohasidagi qonun hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilganda, 226 ta qonun hujjatining 65 tasida (29 foizi) 292 ta korrupsiyaviy omillar mavjudligi aniqlangan. Bular, asosan:

    • “normativ huquqiy hujjatlar o‘rtasida ziddiyatlarning mavjudligi” (81 ta);
    • “diskretsion vakolatlarning kengligi” (53 ta);
    • “ma’muriy tartib-taomillarning mavjud emasligi yoki to‘liq emasligi” (25 ta) bilan bog‘liq korrupsiyaviy omillardir.
    Qurilish sohasidagi 44 ta qonun hujjatining 23 tasida 124 ta korrupsiyaviy omil, sog‘liqni saqlash sohasidagi 70 ta qonun hujjatining 13 tasida 41 ta korrupsiyaviy omil, oliy ta’lim sohasidagi 96 ta qonun hujjatining 17 tasida 81 ta korrupsiyaviy omil, davlat xaridlari sohasidagi 16 ta hujjatning 12 tasida 46 ta korrupsiyaviy omil aniqlangan.

    Tanzila Norboyevaning qayd etishicha, bu kabi omillar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sodir etilishiga ham sabab bo‘lmoqda. “Masalan, 2019-yilda 59 ta bu kabi huquqbuzarlik sodir etilgan bo‘lsa, 2020-yilda ushbu ko‘rsatkich 162 taga ortgan. Qolaversa, Hisob palatasi tomonidan 82 ta qurilish obyektida budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi bo‘yicha o‘tkazilgan tekshirishlarda 66 milliard so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan”, — deydi senat raisi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2020-yilda qancha mansabdor korrupsiyaviy jinoyat sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgani ma’lum qilindi

    Eslatib o‘tamiz, adliya vaziri ishtirokida 15-fevral kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Ruslanbek Davletov korrupsiya masalasi 2020-yilda ham eng ko‘p muhokama qilingan masalalardan biri bo‘lgani, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlik oshib, nafrat o‘sganini aytgandi.

    31.03.2021, 12:23   Izoh (0)   30710
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Vengriyaning OTP Bank’i “Ipoteka bank”ni xususiylashtirishda ishtirok etadi — Shavkat Mirziyoyev

    31.03.2021, 12:10

    Coca-Cola Uzbekistan’ni sotish jarayonining navbatdagi bosqichi yakunlandi. Tomonlar axborotni oshkor etmaslik bitimlarini imzolagan

    31.03.2021, 11:23

    Toshkent viloyatida ikki o‘smir kompyuter o‘ynash uchun relslarni yechib, metallolomga topshirib yubordi

    31.03.2021, 11:12

    Koronavirus bo‘yicha hududlarda keskin o‘sish: Samarqand va Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda 2021-yil antirekordlari qayd etildi

    31.03.2021, 10:36

    O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini qanday yaxshilash kerak?

    31.03.2021, 10:22

    BMT Toshkentda sodir bo‘lgan “xavotirli voqealar”ni xolis tergov qilishga chaqirdi

    31.03.2021, 09:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.