• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 11 kunda 150 ming nafardan ortiq bola poliomiyelitga qarshi emlandi

    O‘zbekistonda poliomiyelitni nazorat qilish kuchaytirilgani haqida xabar berilgan edi. SSV matbuot xizmatining xabar berishicha, 10-martdan boshlab 11 kun davomida 5 yoshgacha bo‘lgan 150 ming nafardan ortiq surxondaryolik bola kasallikka qarshi emlandi.

    Foto: YuNISEF

    Foto: YuNISEF

    Bu haqda vazirlik qoshidagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘lim mudiri Dilorom Tursunova ma’lum qilgan. Uning aytishicha, emlash tadbirida 300 ming doza inaktivlashtirilgan poliomiyelitga qarshi vaksina qo‘llanildi. 2010-yilda O‘zbekistondagi barcha 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar hamda Surxondaryo viloyatidagi 35 yoshgacha bo‘lgan aholi poliomiyelit kasalligiga qarshi emlangan.

    Dilorom Tursunovaning qayd etishicha, O‘zbekistonda poliomiyelit kasalligi bilan og‘rigan bemor oxirgi marta 1995-yilda qayd etilgan. Bu yo‘nalishda olib borilgan qat’iy sanitariya holatni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar orqali O‘zbekiston 2002-yilda “Poliomiyelitdan holi bo‘lgan hudud” degan sertifikatga ega bo‘ldi.

    Qo‘shni Tojikiston hududida esa, 2010-yilda ham o‘tkir yuqumli poliomiyelit kasalligi, polivirusning birinchi tipiga chalingan bemor aniqlangan. O‘sha paytda olib borilgan tezkor ehtiyot choralari sababli bu xastalik O‘zbekistonga kirib kelmadi. Ayni paytda esa JSST Tojikistonda bolalar poliomiyeliti avj olgani sabab favqulodda holat e’lon qildi.

    Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘lim mudirining bildirishicha, O‘zbekistonda bu kasallik tarqalishining oldini olish uchun doimiy ravishda monitoring olib boriladi. Shuningdek, qo‘shni davlat bilan chegara hududlardan kirib kelayotgan fuqarolarda poliomiyelit kasalligi alomatlari borligini aniqlash chora-tadbirlari to‘liq ko‘rilgan. Ayni paytda JSSTga mutasaddilar tomonidan O‘zbekistondagi barqaror vaziyatni monitoring qilish hamda poliomiyelit kasalligining oldini olishda hamkorlikda amaliy ishlar olib borish bo‘yicha taklif kiritildi.

    JSST ma’lumotlariga ko‘ra, poliomiyelit — viruslar keltirib chaqiradigan yuqori infeksiyali kasallik. Kasallik asab tizimini shikastlaydi, bir necha soatlarda umumiy falajlikka olib kelishi mumkin. Poliomiyelit bilan asosan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar kasallanadi. Virus ifloslangan oziq-ovqat mahsulotlari va suv orqali o‘tadi, ichakda ko‘payadi va u yerdan asab tizimiga o‘tishi mumkin. Infeksiyalangan kishilarning aksariyatida kasallik alomatlari bo‘lmaydi, lekin virus ularda axlat orqali chiqib ketadi va shu orqali u boshqa odamlarga yuqishi mumkin.

    Infeksiyaga chalinishning har 200 ta holatidan birida umrbod falajlik (asosan oyoqlarda) yuzaga keladi. Isitma, toliqish, bosh og‘rig‘i, qayt qilish, oyoq-qo‘llardagi og‘riqlar, bo‘yin qotib qolishi uning dastlabki alomatlaridir.

    Poliomiyelit bedavo, uni faqat emlash orqali oldini olish mumkin. Bir necha marotaba yuborilgan vaksina bolani deyarli butun umri davomida himoya qiladi.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bolalarni poliomiyelitdan himoya qilish maqsadida 2018-yilda 4 oylik bolalarga qilinadigan inaktivlashtirilgan poliomiyelit vaksinasi (IPV) tatbiq etilgandi.

    29.03.2021, 21:59   Izoh (0)   12255
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bekobodda pul o‘g‘irlagan qizni urib, g‘ayritabiiy yo‘l bilan jinsiy ehtiyojini qondirishga harakat qilgan erkak videosi tarqaldi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg...

    29.03.2021, 21:23

    O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash qaysi hududlardan boshlanishi ma’lum qilindi

    29.03.2021, 21:11

    Buxoroda qurilayotgan binoning bir qismi qulab tushdi (foto)

    29.03.2021, 20:12

    Sherzod Asadov mazkur haftada Shavkat Mirziyoyev qatnashadigan xalqaro tadbirlar haqida ma’lumot berdi

    29.03.2021, 19:20

    Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Toshkentga keldi

    29.03.2021, 19:06

    O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi fuqarolarni “provokatsiyalarga berilmaslikka” chaqirdi

    29.03.2021, 18:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” Konate uchun “Liverpul”ga taklif tayyorladi

    Sport | 14 avgust, 13:35

    Germaniya Isroilga harbiy suvosti kemasi yetkazib beradi

    Dunyo | 14 avgust, 13:27

    Mobiuz’ni sotib olishga AQSH, Yevropa, Arab davlatlari qiziqish bildirdi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 13:09

    Tojikiston prezidentining qizi vazirlikda yuqori lavozimga tayinlandi — OAV

    Tojikiston | 14 avgust, 12:49

    Dunyoda birinchi marta is gazidan zaharlanishga qarshi preparat yaratildi

    Ilm-fan | 14 avgust, 12:17

    Charlz Oliveyra Topuriya va Arman Sarukyan o‘rtasidagi ehtimoliy jang favoriti kim ekanini aytdi

    Sport | 14 avgust, 12:11

    Din ishlari bo‘yicha qo‘mita diniy ta’lim olish uchun chet elga borishga da’vat etuvchi reklamalarga munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 12:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.