• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi fuqarolarni “provokatsiyalarga berilmaslikka” chaqirdi

    Ichki ishlar vazirligi 28-mart kuni Toshkent markazida sodir bo‘lgan tartibsizlik bo‘yicha o‘zining rasmiy pozitsiyasi ifodalangan videolavhani e’lon qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Eslatib o‘tamiz, Amir Temur xiyoboni oldida fuqarolarni LGBT faollari deb hisoblab, ularga qarshi chiqish qilgan 12 kishi qo‘lga olingan edi. Holat yuzasidan “bezorilik” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.

    “Oxirgi kunlarda Miraziz Bozorov ismli fuqaro o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Toshkent shahridagi Xastimom masjidi oldida va Amir Temur xiyobonida noan’anaviy jinsiy qarashga ega shaxslar tomonidan ommaviy namoyishlar o‘tkazish bo‘yicha chaqiriqlar bilan chiqqan.

    Bozorov bundan avval ham bir necha bor jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, shaxsning qadr-qimmatini kamsituvchi, millatimizga xos bo‘lmagan xurmacha qiliqlari aks etgan videolavhalarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib kelgan”, — deyiladi munosabatda.

    Natijada 28-mart kuni uning nomaqbul chaqiriqlarini o‘zlariga nisbatan haqorat deb hisoblagan bir guruh fuqarolar mazkur holatga o‘z fikr va qarashlarini bildirish maqsadida Amir Temur xiyoboniga to‘plangan.

    “Buning oqibatida, mazkur shaxslar tomonidan ommaviy tartibsizlik sodir etilib, jamoat xavfsizligiga putur yetkazilgan. O‘z navbatida huquq-tartibot organlari tomonidan mazkur tartibsizlik keskin bartaraf etilib, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar qo‘lga olingan”, — deya ta’kidlanadi xabarda.

    Videolavhada bir necha kishi tasvirlangan bo‘lib, ularning yuzlari berkitilgan. Ushbu fuqarolarning so‘zlaridan tushunish mumkinki, ular ruxsatsiz aksiya ishtirokchisi bo‘lgan:

    “Bu bolaning gaplariga e’tibor bermanglar, bunaqa fitnalarga uchish, aldanish kerak emas ekan. Mana, biz aldandik, ko‘rdik kimligini. Aql bilan ish qilish kerak ekan”;

    “U ma’lumot ishonchli emas ekan, shuni tushundim. Avvalambor, yaxshilab tekshirib, keyin harakat qilinsa, insonning o‘ziga foydasi bor ekan”;

    “Ichki ishlar organlari xodimlari ham aytishyapti, tushuntirishdi, shunga qarab xulosa qilamiz”;

    “Bu yerda hamma narsani tushuntirishdi, ko‘p narsalarni, birinchi o‘rinda qonunni bilmas ekanmiz. Ozgina yoshlik, ozgina tezlik qilib qo‘ydik”;

    “Bu tartibsiz voqeaning oldi olinganidan, xalq tinch o‘tirganidan xursandmiz. Ichki ishlar organlari xodimlari tinchlantirish uchun o‘z ishlari, o‘z vazifalarini bajarishdi. Har qanday holatda qonuniy harakat qilish to‘g‘ri, degan xulosaga keldim”;

    “Bolalarga aytamanki, agar ular yana ‘nimadir qilamiz’ yoki ‘mana bu yerda yig‘ilyapmiz, kelinglar, gaplashamiz’ kabi fitna gap qilsa, shoshqaloqlik qilish kerak emas ekan. Iloji bo‘lsa, egalariga — tegishli organlarga topshirish kerak. Organ xodimlari maslahat beradi”;

    “Agar mana shunaqa yig‘ilish qilmoqchi bo‘lganlar bo‘lsa, birinchidan, menga o‘xshab qonuniy tarafini o‘rganmasdan bormanglar. Besoqolbozlikka qonuniy javobgarlik bor ekan. Shunaqa chaqiruvlar tarqaladigan bo‘lsa, umuman bormanglar. O‘zim boshimdan o‘tkazdim, ular faqat xabar tarqatadi, o‘zlari kelmaydi”;

    “Qilgan xatti-harakatlarimiz noto‘g‘ri ekan, bunaqa besoqolbozlarga davlat tomonidan chora-tadbirlar bor. Ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar kelsa, ularning fitnasiga uchib o‘tirmanglar”.

    “Ta’kidlash lozimki, Bozorov ilgari ham o‘ziga nisbatan ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan e’tirozlarga javoban o‘zini jabrdiyda qilib ko‘rsatib, O‘zbekistonda noan’anaviy qarashlarga ega shaxslarga nisbatan go‘yoki bosim o‘tkazilayotganligiga xorijiy davlatlarning vakillari va xalqaro tashkilotlarning e’tiborini qaratishga urinib kelgan. Buzg‘unchi tashqi kuchlar va g‘arazli niyatdagi turli xalqaro, nohukumat tashkilotlar ko‘magi va qo‘llovi ostida harakat qilayotgan ushbu shaxs besoqolbozlik va shu kabi salbiy illatlarning O‘zbekiston qonunchiligida taqiqlangan bo‘lishiga qaramasdan, uni ommaviy targ‘ib qilishga harakat qilgan va fuqarolarda norozilik, toqatsizlik kayfiyati shakllanishiga sharoit yaratgan”, — deyiladi IIV munosabatida.

    IIVning fikricha, Bozorovning “bu harakatlari huquqiy bilimi sayoz hamda hissiyot ortidan quvishga moyil fuqarolar tomonidan qonunga zid harakatlarni sodir etib, o‘zboshimchalik va tartibsizlik sodir etishlariga zamin yaratgan”.

    Shundan so‘ng videolavhada yana noma’lum fuqarolarning — ruxsat etilmagan miting qatnashchilari yoki ularning qarindoshlarining so‘zlari keltirilgan:

    “Ukam kimlarningdir gapiga uchib, kerak bo‘lmagan ishlarni qilgan. Shuning uchun ota-onalarni ogohlikka chaqiraman. Yoshlar, yo‘q narsalarning ketidan yurmanglar, turli ma’lumotlarga ishonmanglar, ogoh bo‘lishlaringni so‘rayman”;

    “Qattiqroq bo‘lish kerak. Biz qattiq bo‘lganimiz bilan ota-onalar hozir bolasiga qattiq qaramayapti. Ahmoqlik qilgan hammasi, ahmoqlik qilgani uchun shunaqa holatga tushyapti”;

    “Har bitta xabarning tagiga yetib, batafsil o‘rganib, keyin qaror qabul qilishlaringni so‘rayman. Bu juda ham afsuslanarli, yomon natijalarga olib kelishi mumkin ekan. Hozir bilib-bilmay qon to‘kilishi, tashqaridan kelayotgan har xil xunrezliklarning boshi biz bo‘lib qolishimiz mumkin”.

    Ta’kidlanishicha, hozirda tartibsizlik yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda bir jinsli munosabatlarning qonuniylashtirilishiga qarshi bo‘lgan faollar Toshkent markazida norozilik bildirdi

    Avvalroq Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati LGBT huquqlarini himoya qilgani bilan tanilgan bloger Miraziz Bozorovni 28-mart, yakshanba kuni soat taxminan 22:45 Mirobod tumani Afrosiyob ko‘chasi 21-uy oldida uch nafar noma’lum shaxs urib, tan jarohati yetkazgan va voqea joyidan noma’lum tarafga yashiringani to‘g‘risida xabar bergandi.

    29.03.2021, 18:35   Izoh (0)   36151
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda ushlangan sher bolasi Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi

    29.03.2021, 18:10

    O‘zbekistonda hafta davomida salqin ob-havo saqlanib qoladi

    29.03.2021, 17:50

    “O‘zbekistondagi 2265 ta mahallada umuman suv yo‘q” — “O‘zsuvta’minot” raisi

    29.03.2021, 17:13

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pastladi

    29.03.2021, 17:05

    “Avto 60 oy” ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi

    29.03.2021, 16:27

    Toshkentda ijarada yashagan besh talabaning o‘limiga is gazi sabab bo‘lgan

    29.03.2021, 14:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.