“Bavariya” himoyachisi Madridning “Real” klubi bilan kelishuvga erishdi.
Avstriyalik futbolchi “Real” bilan 2025-yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan bitim borasida deyarli kelishuvga erishdi, deya xabar qilmoqda jurnalist Fabritsio Romano.
Alabaning madridliklar klubidagi maoshi yiliga 12 million yevroni tashkil qiladi.
Avvalroq futbolchi “Chelsi” va PSJ takliflarini rad etgani xabar qilingandi. Shuningdek, unga “Barselona”dan ham qiziqish bor edi.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli futbolchi 2020/21-yilgi mavsum yakunlangach erkin agentga aylanadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)