NASA kosmik agentligi Marsdagi muzli qumtepaliklarining suratlari bilan bo‘lishdi. Suratdagi oq dog‘lar — bu erigan muz, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Marsning shimoliy tekisliklarida joylashgan qumtepaliklarida bir-birini takrorlovchi yoki ketma-ketlikka rioya qiluvchi tasvirlar yo‘q, qum to‘lqinlari tartibsiz joylashgan, ayrim hududlarda kraterlar mavjud.
NASA’ning yozishicha, muz sekin-asta erib bormoqda, bu esa yil fasllari o‘zgarayotganini bildiradi. Marsda mavsumlar xuddi Yerdagidek o‘tadi — hozir u yerda ham bahor. Biroq u yerdagi muz haqiqiy emas, balki sublimatsiyalangan. Ya’ni, uning tarkibini suv emas, quruq muz deb ataluvchi uglerod dioksidi tashkil etadi.
Avvalroq NASA bunga qadar ularni faqat olimlar ko‘ra olgan yangi kosmik suratlarni e’lon qilgandi.
Izoh (0)