Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

NASA astronavti Viktor Glover o‘zining Twitter’dagi sahifasiga Yerning Crew Dragon-1 kosmik kemasidan turib olingan videosini joylashtirdi.

Foto: Pixabay

Foto: Pixabay

Uning ta’kidlashicha, bu astronavt tomonidan kosmosda olingan ilk video va u aqlbovar qilmas darajada ajoyib.

17-noyabr kuni Amerikaning SpaceX kompaniyasiga qarashli Crew Dragon kemasi Toshkent vaqti bilan 09:01 da Xalqaro koinot stansiyasiga muvaffaqiyatli tarzda tutashgan. Uch amerikalik — Maykl Xopkins, Viktor Glover va Shennon Uoker hamda bir yapon astronavti — Soiti Nogutidan iborat ekipaj XKSda olti oy mobaynida bo‘lib turadi.

Eslatib o‘tamiz, Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi tomonidan yaratilgan Crew Dragon kosmik kemasi birinchi bor 30-may kuni Xalqaro kosmik stansiya tomon uchirilgan edi. 31-may kuni esa Crew Dragon XKSga muvaffaqiyatli tutashgan va 3-avgust kuni Yerga muvaffaqiyatli qo‘ngandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi