Germaniya terma jamoasi JCh—2022 saralashi 1-turi doirasida kechgan Islandiyaga qarshi 25-mart kungi o‘yinda 3:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Yoaxim Lyov qo‘l ostidagi jamoa Jahon Chempionatlari saralashi doirasidagi ketma-ket 17-o‘yinda g‘alaba qozondi. Bu Germaniya terma jamoasi rekordining takrorlanishi bo‘ldi, deya xabar qilmoqda Opta.
“Nemis mashinasi” mazkur musobaqadagi keyingi o‘yinni 28-mart kuni Ruminiyaga qarshi o‘tkazadi.
Germaniya terma jamoasi JCh—2022 saralashi J guruhida Ruminiya, Armaniston, Makedoniya, Lixtenshteyn va Islandiyaga qarshi kurash olib boradi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)