Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-22 terma jamoasi “Antalya Cup—2021” xalqaro turnirining dastlabki turida 25-mart, payshanba kuni Slovakiya vakillari bilan kuch sinashdi.
23 yoshgacha bo‘lgan Osiyo Kubogi saralash bahslariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi slovakiyalik tengqurlariga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Slovakiya yoshlari 57 va 80-daqiqalarda kiritilgan gollar evaziga g‘alabani tantana qildi.
Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlari “Antalya Cup—2021” turniri doirasida navbatdagi o‘yinlarini 27-mart kuni Ukraina, 29-mart kuni esa Qozog‘istonga qarshi o‘tkazadi.
“Antalya Cup—2021”
1-tur25-mart, payshanba
O‘zbekiston U-22 — Slovakiya U-22 0:2
Gollar: 0:1 — 57 Matey Trusa, 0:2 — 80 Adam Golyan.O‘zbekiston U-22: Umidjon Ergashev, Dilshodjon Komilov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Husniddin Aliqulov, Shohmalik Komilov, Abdulazizxon Abdurashidov, Komron Saydazimov, Jasurbek Jaloliddinov, Shohrux Abdurahmonov, Akmal Mozgovoy, Doniyor Abdumannopov.
Zaxira: Jasurbek Yoqubov, Javohir Alijonov, Suhrob Izzatov, Mahmudjon Qudratullayev, Avazbek O‘lmasaliyev, Vladimir Vagin, Bobirjon Asqarov, Bek Abdullayev, Abdug‘ani Komilov, Azizxon Isoqov, Shahzod Azmiddinov, Anvar Jo‘rayev.
Izoh (0)