UFC promousheni 23-mart, seshanba kuni reytingni yangiladi.
Yangilangan reytingdan yengil vazn toifasining sobiq chempioni va umumiy reyting yetakchisi Habib Nurmagomedov o‘rin olmadi.
Eslatib o‘tamiz, Habib 2020-yilning oktabrida Jastin Getjiga qarshi jangdan keyin faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgandi. Avvalroq UFC prezidenti Deyna Uayt rossiyalik yakkakurashchi haqiqatda endi oktagonga qaytmasligini ma’lum qildi.
Shu tariqa Jon Jons UFC umumiy reytingi yetakchisiga aylandi. Reytingdagi qolgan yakkakurashchilar ham bir pog‘onadan yuqorilagan. Yengil vazn toifasining yana bir vakili Konor Makgregor esa top-15 lik reytingga qaytdi.
Shuningdek, Nurmagomedov egalik qilgan yengil vazn divizioni chempionlik kamari ham egasiz qoldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)