Fransiyaning L’Equipe nashri Germaniya Bundesligasining eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchi va murabbiylari reytingini tuzib chiqdi.
Futbolchilar orasida “Bavariya” vakillari eng yuqori o‘rinlarga joylashgan. Myunxenliklar hujumchisi Robert Levandovski va darvozabon Manuel Noyer oyiga 1,7 million yevro (soliqqacha bo‘lgan miqdor) maosh oladi.
Top-5 likdan shuningdek, Leroy Sane (1,5 mln yevro), Tomas Myuller (1,3 mln yevro) va Lyuka Ernandes (1,1 mln yevro) kabi “Bavariya” o‘yinchilari joy olgan.
Murabbiylar orasida esa “Bavariya” ustozi Hans-Diter Flik (oyiga 0,58 mln yevro) yetakchi bo‘lsa, “Bayer” bosh murabbiyi Peter Bos (0,29 mln yevro) ikkinchi o‘rinda. Uchinchi pog‘onadan “Leypsig” ustozi Yulian Nagelsmann (0,25 mln yevro) o‘rin olgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)