• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Xitoy-AQSh dushmanligi, Markaziy Osiyo va Bayden, Yevropa Ittifoqining tanazzuli. Jahon matbuoti sharhi

    Xitoy amerikaliklarning dushmanimi? Markaziy Osiyo davlatlari AQSh uchun qanchalik muhim? Yevropa ittifoqining tanazzuli nimada? An’anaviy jahon matbuoti sharhida shu savollarga javob topasiz.

    Xitoy AQShning asosiy dushmaniga aylandimi?

    AQShdagi Gallup ijtimoiy so‘rov markazi AQShning tashqi siyosatdagi eng asosiy raqibi sifatida kimni bilasiz so‘rog‘i bilan ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazdi. Ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, amerikaliklar nazarida Xitoy Rossiyadan ko‘ra eng xavfli dushmanga aylangani ma’lum bo‘ldi. Agarda bir yil avval amerikaliklarning 23 foizi Rossiyani, 22 foizi esa Xitoyni dushman deb bilgan bo‘lsa, hozirda ijtimoiy so‘rov natijalari quyidagicha tus oldi. Ijtimoiy so‘rovda qatnashganlarning 26 foizi Rossiyani dushman deb bilsa, 45 foiz amerikaliklar Xitoyni asosiy dushman sifatida baholaganlarini ko‘rsatmoqda.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    2019-yilda Gallup ijtimoiy markazi so‘rovi natijalari amerikaliklarning 32 foizi Rossiyani dushman sifatida bilishini qayd etgan, 2018-yildagi so‘rovlarda esa Xitoy 51 foiz natija bilan AQShning eng katta raqibiga aylangandi. Reytingda AQShning boshqa dushmanlari, jumladan Shimoliy Koreya – 9%, Eron – 4%, Iroq – 2% va Meksika va Afg‘oniston – 1% dan ovoz olgan. Amerikaliklarning 1% esa AQShni o‘zini dushman sifatida bilishini ma’lum qilgan. So‘rovda qatnashganlarning 6 foizi kim dushman yoki dushman emasligi borasida fikrga ega emasligini bildirgan.

    So‘nggi bir yil mobaynida Xitoy “dunyoning eng qudratli iqtisodiyoti” nomi bilan AQShdan ham o‘zib ketdi. Agar bir yil avval amerikaliklarning 50 foizi AQShning dunyoning eng qudratli iqtisodiyoti sifatida baholagan bo‘lsa, bugun ular Xitoyni eng qudratli iqtisodiyotga ega bo‘lgan mamlakat sifatida e’tirof etmoqda (50 foiz). Amerikaliklarning AQShga nisbatan ishonchi bu yil 37 foiz tashkil qilmoqda. So‘rov natijalariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqini qudratli deb biluvchilar 5 foizni, Yaponiya – 4 foizni, Rossiya – 2 foizni va Hindiston – 1 foizni tashkil qilmoqda.

    Yana bir qiziqarli jihat. So‘rov tashkilotchilari 40 yildan keyin dunyoning eng qudratli iqtisodiyoti sifatida kimni ko‘rasiz degan savolga, 46 foiz amerikaliklar Xitoyni nomzod sifatida ko‘rsatishgan. Reytingda AQSh – 40%, Yevropa Ittifoqi – 4%, Yaponiya – 4%, Hindiston – 3% va Rossiya – 2% ovoz olgan.

    63 foiz amerikaliklar nazarida Xitoy AQShning manfaatlariga zarar yetkazuvchi  asosiy mamlakat sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa, 30 foiz amerikaliklar nazarida Xitoy AQSh uchun muhim xavf tug‘diruvchi mamlakat sifatida e’tirof etiladi. 7% amerikaliklar nazarida Xitoy AQSh uchun xavfli bo‘lmagan davlat.

    Gallup o‘tkazgan ijtimoiy so‘rov fevral oyida o‘tkazilgan bo‘lib, unda AQShning barcha shtatlarida istiqomat qiluvchi minglab amerikaliklar ishtirok etgan.

    Markaziy Osiyo mamlakatlari AQShga Rossiya va Xitoyga qarshi turishda yordam bera oladimi?

    The Wall Street nashri jurnalisti Komron Boxarining nazarida, AQSh va Rossiya hamda Xitoy o‘rtasidagi kurash uzoq davom etadigan jarayonga aylanadi. Shunday bir vaziyatda Markaziy Osiyo mamlakatlari Baydenning joniga oro kirishi mumkin. Muallif nazarida Qozog‘iston va O‘zbekiston AQShga rasmiy Pekin bilan kurashda va inson huquqlarini himoya qilishda yordam berishi mumkin.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    AQSh va Xitoy o‘rtasidagi ziddiyatlar XXI asrning qiyofasini belgilab beradigan nizoga aylandi. Oq uy tashqi dunyo bilan o‘z munosabatlarini qanday yo‘lga qo‘yishga intilayotgani haqida yo‘riqnoma e’lon qildi. Yo‘riqnomadagi eng asosiy jihat esa AQShning Xitoyga qanday qarshilik ko‘rsatishi ham qayd etiladi. Biroq hujjatda AQSh dunyoning qaysi mintaqasida kam ta’sirga egaligi borasida biror bir ma’lumot berilmagan bo‘lsa-da, bu hudud Markaziy Osiyo mintaqasi ekanligini fahmlash unchalik ham mushkul emas.

    Xitoy “Bir kamar, bir yo‘l” hamkorligi doirasida Markaziy Osiyoni Yaqin Sharq va Yevropa bilan bog‘lovchi ko‘prik sifatida ko‘rar ekan, rasmiy Vashington ham bu hudud AQShning manfaatlariga qay darajada muhimligini qayta baholab chiqishiga to‘g‘ri keladi.  Tramp ma’muriyati esa “Avvalo Amerika manfaatlari” siyosati orqali ko‘p narsani boy berdi.

    Bayden hukumatining Markaziy Osiyo mamlakatlariga e’tiborsizlik bilan qarayotgani bu Sovet Ittifoqi parchalanganidan so‘ng barcha AQSh prezidentlariga xos bo‘lgan yondashuvga aylanib ulgurdi. Sovet Ittifoqi parchalangach esa AQSh Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarini taktik jihatdan yaxshilashga urinar ekan, “men senga – sen menga” tamoyilini ilgari surdi. 2015-yilda Markaziy Osiyo – AQSh  forumi esa rasmiy Vashingtonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni olib boruvchi o‘ziga xos kanaliga aylandi. Biroq bu dastur AQShga Pekin va Moskvaga qarshi raqobatda hech qanday samara bermadi.

    Markaziy Osiyodagi rus ta’sirini tobora siqib chiqarishga urinayotgan Xitoy urinishlari Vashington uchun signal bo‘lishi kerak. Hali ham vaqt yo‘qotilgani yo‘q. AQSh va Markaziy Osiyo munosabatlarini yangi marraga olib chiqish lozim. Sovet Ittifoqi parchalanganiga deyarli 30 yil vaqt bo‘lar ekan, Markaziy Osiyodagi geosiyosiy vaziyat ham o‘zgarib bormoqda. Hosil bo‘lgan bo‘shliqni  esa kimdir to‘ldirishga urinishi tabiiy jarayon.

    Sobiq Sovet ittifoqi respublikalarining ayrimlarida turli ijobiy, ba’zida keskin siyosiy voqealar sodir bo‘lmoqda. Qirg‘izistonda 2005-yildan beri uch marta “lolalar inqilobi” to‘lqinini yuzaga keltiruvchi voqealar sodir bo‘ldi. Mamlakat korrupsiyasiz jamiyat, demokratik islohotlar o‘tkazishni belgilab oldi. 2016-yildan beri O‘zbekistonda ham amaldagi hukumat liberal islohotlar amalga oshirilishini va’da qilgan holda, yopiq bo‘lgan bozor va chegaralarini xorij sarmoyasiga  ochib bermoqda.

    Tojikiston, Turkmaniston mamlakatlari esa mintaqadagi og‘ir karvon. Sovet Ittifoqi parchalangandan keyin bu mamlakatlarda diktatura rejimini tatbiq qiluvchi siyosatchilar hokimiyatda qolmoqda. Tojikiston va Turkmaniston o‘z iqtisodiyotining kelajagini Xitoy, Rossiya va Eron bilan bog‘lashga urinmoqda. Xitoy yiliga 870 million kubometr turkman gazining ham iste’molchisi hisoblanadi.

    AQShning Markaziy Osiyodagi eng yaxshi hamkori bo‘lish istiqboli Qozog‘istonda ancha yuqori. Jug‘rofiy hududi va iqtisodiy ustunligi bois Qozog‘iston Markaziy Osiyoning eng yetakchi mamlakati sanaladi. Qosim-Jo‘mart To‘qayev davrida esa Qozog‘iston AQShning strategik hamkoriga aylanishi ehtimoli ham mavjud. Rasmiy Nursulton ayni paytda mamlakatda Xitoy sarmoyasi va rus ta’sirining oshib ketayotganligiga qarshi siyosat yuritishni boshlab yuborgan. Shunday bir vaziyatda AQSh bilan yaqin hamkorga aylanish Qozog‘istonga ancha manfaatli ham sanaladi. Qolaversa Qozog‘iston musulmon jamiyati bo‘lmish mamlakatda ayollarning teng huquqliligi, atrof muhitni saqlash borasidagi masalalarda namunaviy davlat bo‘lib xizmat qilishi ham mumkin.

    Qozog‘iston, shuningdek, Suriya, Afg‘oniston va Eron xususidagi nizoli masalalarda vositachilik qilishi mumkinligini ham isbotlagan holda xalqaro diplomatik institutlarning olqishlariga ham sazovor bo‘lmoqda.  Shunday ekan Bayden ma’muriyati Markaziy Osiyo mamlakatlariga alohida e’tibor qaratishi muhim masalalarni hal qilishda yordam beradi. Buning uchun esa AQSh hukumati  bu hududdagi maxsus vakilini tayinlashi ayni paytdagi ma’muriyatning oqilona siyosati bo‘ladi.

    Polsha va Vengriyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi Yevropa Ittifoqini tanazzulimi?

    Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi va Jozef Baydenning Transatlantik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasidagi tashabbuslari Yevropa Ittifoqi bilan kelishmovchilikka borayotgan Polsha va Vengriyani qiyin ahvolga solib qo‘yadi, deb yozadi Edaily.com nashri. Mateush Moraviskiy va Viktor Orban hukumatlari qanday siyosiy yo‘l tutadi javob berish hozircha qiyin.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    2020-yilda Viktor Orban G‘arbiy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari orasida siyosiy bo‘linish yuzaga kelganligi Yevropa Ittifoqining kelajagiga tahdid solishi haqida fikr bildirgandi. Muammoning siyosiy tarangligi vaqt o‘tgan sari tobora chuqurlashib bormoqda. O‘tgan yilning dekabr oyida Vengriya hukumati bir jinsli nikohlarni taqiqlab qo‘ydi va o‘zining “Fides” partiyasini Yevropa Parlamentidagi ishtirokidan voz kechishini bildirdi. Ayrim OAV tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda Matteo Salvinining “Liga”si ayni paytda polyaklar va Viktor Orbanning partiyasi bilan Yevropa Ittifoqi parlamentida yangi fraksiya tuzish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu ham yetmaganidek, Vengriya adliya vaziri Yudit Varga texnologik gigant kompaniyalari sanaladigan Facebook, Google’ga qarshi  so‘z erkinligini buzish ayblovi bilan iqtisodiy jazo choralari ko‘rish tadorigiga tushgan. Vengriya hukumatining maqsadi esa bu harakati bilan mamlakatning suvereniteti va vatandoshlarining daxlsizlik huquqini saqlab qolishga intilayotgani bo‘lmoqda.

    Polshada ham siyosatchilar Vengriya tajribasini amaliyotda qo‘llash borasida bahs munozaralarga kirishgan. Abortlarga qarshi qonunning qabul qilinishi Polshada bir qator siyosiy fraksiyalar o‘rtasida ixtiloflarni keltirib chiqardi. Natijada abortlar tarafdori bo‘lgan “Umum ayollar ish tashlashi” tashkiloti va boshqa partiyalar o‘rtasida Polsha parlamentida va ijtimoiy hayotida turli darajadagi ixtiloflar kelib chiqmoqda. Shu sababdan “Umum ayollar ish tashlashi” tashkiloti Jo Baydenning xayrixohligi va ko‘magidan umidvor. Bu esa Polshani konservatizm tamoyiliga asoslangan sharqiy Polsha va janubiy sharqiy Polshaga bo‘lib yuborishi ehtimoli yuzaga keldi. Oqibatda Polsha hukumati Yevropa Ittifoqi ajratayotgan moliyaviy yordamdan ham benasib bo‘ladi. Ijtimoiy ahvol esa tobora yomonlashadi.

    O‘tgan yili Polshada Yaroslav Kachinskiy tarafdorlari saylovlarda ko‘p ovozga ega bo‘ldi va ular hozirda o‘zlarining siyosiy pozitsiyalarini jangsiz boy bermoqchi emas. Pshemislav Charnekning ta’lim vaziri sifatida hukumat tepasiga kelishi ham buning yaqqol isboti bo‘lib qolmoqda. Pshemislav Charnek G‘arbiy Yevropada kam sonli siyosiy qarash egalari ko‘p sonli qarash vakillari ustidan siyosiy diktaturani o‘rnatib oldi, degan ayblovlarni ilgari surmoqda. Qiziq jihati shundaki, butun dunyoga katolik olamining rahnamosi Karol Voytila – Ioan Pavel II ni yetishtirib bergan Polshada talabalarning aksar ko‘pchiligi bir jinsli nikohlarning amalda bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatishmoqda va bu ham o‘z navbatida Pshemislav Charnekning nomi bilan bog‘liq.

    Shuningdek, Polsha ommaviy axborot vositalari Yevropa Ittifoqi tarqatayotgan ma’lumotlarga qarshi kurashga o‘tgan. Buning tub sababi esa polyak millatchilari nazarida Polshaning suverenitetini Yevropa Ittifoqi qo‘liga topshirib qo‘yishni istamasligidandir.

    Polsha va Vengriya hukumatlari sobiq prezident Donald Trampdan ko‘p narsani umid qilgandi, ammo ayni paytda Oq uyga Jozef Baydenning kelishi polyak va venger siyosatchilarini Germaniya va Fransiyadek qudratlarga qarshi chiqishi uchun yetarli emas. Bayden esa yevroskeptiklarga qarshi mulohazalari bilan chiqishlar qilgan holda AQSh va Yevropa Ittifoqi aloqalarini mustahkamlashga intilmoqda. Polsha va Vengriya oldida yagona yo‘l esa Bryussel bilan aloqalarini uzishga intilayotgan Buyuk Britaniya bilan yaqinlashish istagi bo‘lmoqda. Bir paytlar Margaret Tetcher ham Buyuk Britaniyani Yevropa Ittifoqidan chiqishini va Sharqiy Yevropa Ittifoqi mamlakatlarini bu ittifoqqa qo‘shilmasligini maslahat bergandi. Yevropa Ittifoqida Fransiya va Germaniya tandem yakka hokimligi inobatga olinsa, Buyuk Britaniya ham Yevropa Ittifoqida bunday tandemning yakka hokim bo‘lishidan norozi taraf sifatida Polsha va Vengriya boshlayotgan tashabbusga qo‘shilishi mumkindir.

    Demak, Polsha va Vengriya hukumatlari fransuz va nemis hukumatlariga qarshi kuch sifatida Buyuk Britaniya bilan yaqinlashishga urinmoqda. Qolaversa, Polsha va Vengriya Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirmagan mamlakatlar bilan yaqin iqtisodiy hamkorlik qilishga urinmoqda. Bular orasida Turkiya va Ozarbayjonning borligi ham diqqatga sazovor. Uchinchidan, Vengriya va Polsha iqtisodiy siyosat borasida Rossiyaga nisbatan o‘z siyosatini o‘zgartirishga ham rozi. Vengriya bu borada o‘z siyosatini muvaffaqiyatli tarzda olib borayotgan bo‘lsa-da, Polshada bu jarayon hozirda ommaviy axborot vositalarini Yevropa Ittifoqiga qarshi kechadigan kurashga tayyorlash bosqichiga kirmoqda.

    Jahongir Ergashev tayyorladi

    20.03.2021, 19:33   Izoh (0)   74914
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Norvegiyada koronavirusga qarshi cheklovlarni buzgani uchun bosh vazirga qarshi tergov ishlari boshlandi. U tug‘ilgan kunida 13 kishini mehmon qilgan

    20.03.2021, 17:26

    Xusiylar Saudi Aramco neft kompaniyasini o‘qqa tutgani haqida ma’lum qildi

    20.03.2021, 14:39

    Gruziya hukumati va muxolifati mamlakatni siyosiy inqirozdan chiqarish bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi

    20.03.2021, 13:27

    AQSh va Xitoy bir-birini qonunbuzarlikda ayblamoqda

    20.03.2021, 11:11

    Sankt-Peterburg metrosida mast holda politsiyachilarga hujum qilgan o‘zbekistonlik 10 oyga qamaldi

    20.03.2021, 08:29

    Tanzaniya tarixida ilk bor ayol kishi prezidentlik lavozimini egalladi

    20.03.2021, 08:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin

     

    Tavsiya etamiz

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50

    Kuchga to‘layotgan yangi qudrat. Xitoy qaysi qurollari bilan dunyo eʼtiborini tortdi?

    11 iyun, 20:00

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Islom Karimov nomidan xat yozib, 700 ming dollar so‘ragan”. O‘qituvchi ayol Samarqand hokimini chuv tushirishga uringan

    O‘zbekiston | 14 iyun, 16:10

    “Davlat byudjetidan subsidiya va investitsiyalarga xarajat qilmaslik kerak” — Abdulla Abduqodirov

    Iqtisodiyot | 14 iyun, 16:00

    Mashhurlikdan panjara ortigacha: qamoqda o‘tirib chiqqan Gollivud yulduzlari

    Kino | 14 iyun, 15:50

    Bank krediti arzonroqmi yoki nasiya savdo? Markaziy bank tahlili eʼlon qilindi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 15:20

    “Real” Raul Asensoning tovon pulini 1 mlrd yevro etib belgilamoqchi

    Sport | 14 iyun, 15:17

    Tramp Mask bilan ziddiyat sababli o‘zining Tesla avtomobilini sotmoqchi

    Layfstayl | 14 iyun, 14:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.