• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    “Yelkamdagi mas’uliyat og‘irligidan hatto tushimda ham O‘zbekistonda bo‘lib qolish men uchun qo‘rqinchli”. Moskvada ishlayotgan surxondaryolik yigit hikoyasi

    “Daryo” “Muhojirlar hayoti” loyihasi doirasida xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarning hayotini yoritishda davom etadi. Bu galgi qahramonimiz — 3 yildan beri Moskvada ishlayotgan 25 yoshli Olim Xayrullayev.

    Foto: Olim Xayrullayevning shaxsiy arxividan

    Foto: Olim Xayrullayevning shaxsiy arxividan

    Otamning topgani ijaradan ortmasdi

    Ismim Olim. 1995-yil Surxondaryoda oddiy ishchi oilasida tug‘ilganman. Oilada besh kishimiz. Ota-onam, men va ikki singlim.

    2000-yillar boshida Sariosiyoning Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida vaziyat ancha notinch edi. Sariosiyoda jangarilarga qarshi janglar boshlangandan so‘ng zaxiradagi harbiy xizmatchi bo‘lgan dadamni ham ko‘p bor olib ketishga harakat qilishgan deb eshitganman. Dadam esa haftalab harbiylardan berkinib, somonxonalarda yotgan vaqtlari bo‘lgan ekan. Oradan bir yil o‘tib majburlikdan Termiz tumaniga ish izlab kelib, bir tashkilotga qorovul bo‘lib ishga kirganlar. Biz ham dadam tufayli bir yildan keyin Termizdagi Uchqizil qo‘rg‘oniga oilaviy ko‘chib kelganmiz.

    O‘sha kunlar haliyam esimda. Otam 40 ming so‘m oylikka ishlar, biz esa onam va singillarim bilan uyda o‘tirardik. Otamning topgani ijara to‘lovidan ortmasdi.

    Keyinroq bog‘bonlardan ijaraga yer olib, yeryong‘oq yetishtira boshladik. Hosilning doni bizniki, poyasi bog‘bonniki edi. Shu tariqa to‘rt yilimiz o‘tdi.

    Ba’zi vaqtlar uyda yeyishga nonimiz bo‘lmay, uning o‘rniga yeryong‘oq yeb o‘tirardik. Lekin ota-onam bizga juda yaxshi tarbiya berishgani uchun nolimasdik. Hammasiga chidardik.

    Lekin o‘sha vaqtlar bitta biz emas, juda ko‘pchilik oziq-ovqatdan qiynalardi. Do‘kon oldida odamlar soatlab nonga navbat kutishardi.

    Uydan repetitorga pul so‘rashga vijdonim yo‘l bermasdi

    Keyinchalik onam bir tashkilotga farrosh bo‘lib ishga kirganidan so‘ng ro‘zg‘orimiz ancha yaxshilandi. Men ham avval tumandagi maktabni, keyin akademik litseyni tamomladim.

    Ikki yil davomida o‘zim mustaqil o‘qishga tayyorgarlik ko‘rdim. Chunki repetitorimga uydagilar ro‘zg‘orga ketadigan puldan olib berardi. Keyin yeb-ichishga yetkazolmay juda qiynalishardi. Buni ko‘rib turib, “kurs”larimga pul so‘rashga vijdonim yo‘l qo‘ymasdi.

    Xullas, ikki yil universitetga topshirib, kirolmaganimdan so‘ng pul topish harakatiga tushdim. Bir necha yil davomida telefon tuzatish ustaxonalarida ishladim.

    Bu yer mening joyim emas

    2016-yil ishlash uchun Toshkentga keldim. Fotosalonning bir burchagidan joy olib, telefon tuzata boshladim. Yonimda bir grafik dizayner yigit ishlar, men qiynalib topgan pulimni u kompyuterining bir necha knopkalarini bosib topardi. Uni ko‘rib, bu sohaga qiziqishim ortdi. Ishlayotganida qarab o‘tirib, grafik dizaynerlikni o‘rgana boshladim. Deyarli uch yilcha shu fotosalonda yana fotograflik ham qildim.

    Keyinroq u yerdan bo‘shab, Chilonzordagi poligrafiyaga dizayner bo‘lib ishga kirdim. Biroq ishxonada kun bo‘yi stressda ishlardik. Chunki buyurtmalar juda qimmatga olinardi. Shunga yarasha ishni sifatli bajarish kerak bo‘lgan.

    Doim stressda yurardim. Chunki uyga pul jo‘natish kerak. Topgan pulim esa ko‘pincha yeb-ichishga, yo‘l kiraga yetmay qolardi.

    Xullas, yana ish almashtirishimga to‘g‘ri keldi. Bir tanishimning kiyim-kechak do‘koniga fotograf bo‘lib ishga kirdim.

    Hali do‘kon ochilmagan, uning ichki dizayni bilan shug‘ullanishim kerak edi. Shunday qilib, tanishim bilan birgalikda jihozlab chiqib, do‘konni ochdik. Asta-sekin kiyimlar sotila boshladi. Men yangi kelgan tovarni rasmga olib, montaj qilardim.

    U yerda ham uch oycha ishladim, afsuski, do‘konning ishi yurmadi. Tushundimki, bu yer mening joyim emas!

    Kelajagim haqida ko‘p o‘ylardim. Ota-onam o‘zi zo‘rg‘a qiynalib katta qilishgan bo‘lsa, bitta o‘g‘ilman-ku, qilib beradida deb o‘tirolmasdim. O‘zim uchun o‘zim harakat qilishim, intilishim kerak edi.

    Ko‘p harakat qilardim, qattiq ishlardim. Lekin topgan pulim bir milliondan zo‘rg‘a oshardi. Bu pul bilan men qanday qilib uylanaman? Ikki xonali uyimizni qanday qilib yangilayman? Nima qilsam, yaxshi bo‘ladi deb uzoq o‘yladim va Rossiyaga ketishga qaror qildim.

    Foto: Olim Xayrullayevning shaxsiy arxividan

    Foto: Olim Xayrullayevning shaxsiy arxividan

    Bir dunyo orzular bilan Moskvaga keldim

    2019-yil sentabrda Moskvaga keldim. Samolyotda ham bulutlarga qarab o‘zimcha boshlanishiga mayli, har qanaqa ish bo‘lsa ishlayman, keyinroq mutaxassisligim bo‘yicha ish izlayman deb rejalar tuzib keldim.

    Kelishim bilan tanishimning kvartirasiga joylashdim. Ikki xonali uyda 10—12 kishi yashar edik. Ko‘proq odam bilan turish bizga arzonroq tushardi-da.

    Xonadoshim Doston “Pyaterochka” do‘konlar tarmog‘ida yuk tashuvchi bo‘lib ishlardi. Ish izlab yurgan paytim u do‘konda ish borligini aytib qoldi. Bordim. Shu tariqa kechki smenada ishlay boshladim.

    Vazifamiz do‘konga kelgan yukni tushirish va mahsulotlarni peshtaxtalarga joylashtirish edi. Ertalabgacha hamma ishni tugatish shartligi bois kechasi soat 9:00 dan 12:00 gacha tinimsiz ishlardik. Ishdan chiqiboq, faqat uxlash haqida o‘ylardik. Shu tarzda ikki oy ishladim va oxiri bo‘shadim.

    Foto: Olim Xayrullayevning shaxsiy arxividan

    Foto: Olim Xayrullayevning shaxsiy arxividan

    Nihoyat o‘zim xohlagan ishga kirdim

    O‘zimni qo‘lga olib, e’lon beruvchi saytlarga fotograf-dizaynerlik bo‘yicha anketam va partfoliomni joylashtirib chiqdim. Bir muddat “Grabli” restoranida ofitsiant yordamchisi bo‘lib ishlab yurdim.

    Bir kuni ertalab ishga ketishimdan oldin telefonim jiringladi. Ko‘tarsam, e’lonim bo‘yicha bog‘lanishayotganini, ish uchun suhbatga kelishimni aytishdi.

    Hali suhbatdan o‘tmagan bo‘lsam-da, nihoyat yaxshi ko‘rgan kasbim bo‘yicha ishlash imkoni tug‘ildi, deb juda xursand bo‘ldim. Tezda aytilgan manzilga yetib bordim.

    Meni avtosalonga suhbatga chaqirishgan ekan. Vazifam yangi kelgan avtomobillarni suratga tushirib, grafik ishlov berish. Topshiriq berib, qobiliyatimni tekshirib ko‘rishdi. Ishim ularga yoqib qoldi. Rus tilini unchalik yaxshi bilmasligimga ko‘z yumib, jamoaga qabul qilishdi.

    Lekin ishim qonuniy emas. Mehnat shartnomasi tuzilmagan. Sababi ko‘p ish beruvchilar migrantlarga soliq to‘lashdan qochadi. Oyligimni esa naqd pulda oyiga ikki marta olaman.

    Oylik maoshim hozirda 50 000 rubl (taxminan, 680 dollar). Ish grafigimiz erkin. Haftasiga besh kun, soat 10:00 dan 19:00 gacha ishlaymiz. Deyarli bir yarim yildan buyon shu avtosalonda ishlayapman. Dam olish kunlarim yoki bo‘sh vaqtlarim ishimdan tashqari dizayn yoki fotosessiya bo‘yicha qo‘shimcha ishlar olib turaman.

    Allohga shukr, hozir hammasi joyida. Faqat topgan daromadimizning yarmi Rossiyada qolib ketyapti. Patentga oyma-oy 5341 rubldan to‘lash oson emas. Qolaversa, ijara haqi, registratsiya ham bor.

    Foto: Olim Xayrullayevning shaxsiy arxividan

    Foto: Olim Xayrullayevning shaxsiy arxividan

    Moskvada uchratgan har ikki odamimdan biri — o‘zbek

    Ishim tufayli shaharning turli burchaklarida bo‘laman. Ko‘pincha har uchratgan odamimdan biri yurtdoshlarimiz bo‘lib chiqadi.

    Xuddi O‘zbekistonda yurgandek bo‘laman. Ko‘plari juda ham og‘ir mehnat sharoitlarida ozgina oylikka ishlaydi. To‘g‘risi, rahmim keladi.

    Ba’zida vijdonim qiynaladi, ba’zida esa tushunmayman. Nimaga ular qiynalishi kerak? O‘sha payt javobim ham tayyor bo‘ladi: Chunki o‘z vatanimizda buncha pulni topolmaymiz. O‘zga yurtlarda ishlashga majburmiz.

    Muhojirlar — cho‘ponsiz podadek

    Bilasizmi, nimagadir bu yerda konsullik yordamini umuman his qilmayman. Sizda qandaydir muammo tug‘ilsa, o‘zingiz hal qilishingizga to‘g‘ri kelishini ich-ichingizdan sezib turasiz.

    Qo‘pol qilib aytganda, biz migrantlar cho‘ponsiz podadekmiz, boshqaruvchi, yordam beruvchi yo‘q. Kimdir oyligini ololmagan, kimdir pasportini yo‘qotib uyiga keta olmayapti. Kimningdir sog‘lig‘i yomon ahvolda, lekin davlat tomondan hech qanday ko‘mak berilmaydi.

    Bir marta konsullikka ishim tushib, 28 daqiqa deganda operatorga ulandim va muammoimni aytishimni boshlashim bilan “qizil”ni bosib qo‘yishdi. Ikkinchi urinishda navbatim 20 daqiqa keldi, faqat ular shunchaki go‘shakni ko‘tarishmadi. (Kerak bo‘lsa menda audioyozuv ham bor!)

    Migrantlarga davlatdan ko‘ra asosan blogerlar yoki boshqa davlat fuqarolarining yordami ko‘proq tegadi.

    Men umuman fuqarolarimiz o‘zga yurtlarga ishlash uchun ketmasligini aksincha o‘zimizning davlatimizda ko‘plab ish o‘rinlari yaratilib ish haqi baland bo‘lishini xohlardim. Lekin hozircha buning imkoni yo‘q. Shuning uchun o‘zga yurtlarda ishlashga majburmiz!

    Foto: Olim Xayrullayevning shaxsiy arxividan

    Foto: Olim Xayrullayevning shaxsiy arxividan

    Migrantlarning orqasida turadigani yo‘q

    Avval Germaniyani millatchi deb bilardik. Hozirda esa men rossiyaliklarni shunday deb bilaman (to‘g‘ri, hammasi emas, yaxshilari ham ko‘p). Kiyinishingizga, pulingizga qarab muomala qiladi.

    Aynan o‘zbeklarga munosabat unchalik yaxshi emas, balki davlat bizni kamroq qo‘llab-quvvatlagani uchundir, bilmadim. Menimcha, hukumat tomonidan muhojirlar qonuniy himoyaga olinsa, migrantlarga bo‘lgan munosabat ham o‘zgarardi.

    Oddiy misol, birorta o‘zbek boshqa davlat fuqarosi tomonidan kamsitilsa yoki unga nohaqlik qilinsa huquqlarini himoya qila olmaydi. Chunki orqasida turadigan bitta najot elchixona. U ham ko‘ngildagidek emas!

    Bunday bo‘lgandan keyin ayting, kim yana bizni muhojirlarga biror zarar yetkazolmaydi deb kafolat beradi? Hech qanday reaksiya bo‘lmagandan keyin u yana shu ishni bemalol qilaveradi.

    Foto: Olim Xayrullayevning shaxsiy arxividan

    Foto: Olim Xayrullayevning shaxsiy arxividan

    Hatto tushimda ham uyimda bo‘lib qolish qo‘rqinchi

    Bilasizmi, ba’zida tushlarimda Surxondaryoda ota-onam yaqinlarim davrasida bo‘lib qolaman. “Men buyoqqa qanday kelib qoldim? Ertaga ishga borishim kerak-ku, Moskvaga endi qanday qaytaman? Yo‘llar yopiq-ku, qanday o‘taman?” deb qo‘rqib uyg‘onib ketaman.

    Ochig‘ini aytsam, bo‘ynimda uy olish, ota-onamni ziyoratlarga yuborish, oila qurish, biznes boshlash kabi ishlar turganda to‘satdan O‘zbekistonda bo‘lib qolish men uchun hatto tushimda ham qo‘rqinchli! Bu vatanimni yomon ko‘rganimdan emas, shunchaki yelkamdagi ma’suliyatning og‘irligidan.

    Xonzodabegim A’zamova suhbatlashdi

    Mavzuga doir:

    • “Bolalarimni o‘ksitmaslik uchun qo‘limdan kelganini qilyapman”. Turkiyada ishlab, farzandini Londonda o‘qitayotgan o‘zbekistonlik muhojir ayol hikoyasi
    • “O‘zbekistonda oyiga 500 dollar topish uchun yo kuniga 20 soatlab ishlash, yoki birovning haqqini yeyish kerak”. Rossiyada ishlayotgan 19 yoshli muhojir yigit hikoyasi
    • “O‘qimaganimda edi, hayot shu ekan deb yuraverardim”. 9 yildan beri Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik muhojir hikoyasi
    • “Koreyada ishlab, kuniga 100-200 dollar topaman deb o‘ylayotganlar adashadi”. Janubiy Koreyada ishlayotgan o‘zbekistonlik muhojir yigit hikoyasi
    • “Rossiyaga qarzlarimdan qutulish uchun qochib kelganman”. Namanganlik muhojir yigit bilan suhbat
    • “O‘zbekistonga qaytish niyatim yo‘q edi, ammo...”. Oyiga 1500 dollarlik daromadli ishini tashlab, vataniga qaytgan chiroqchilik muhojir yigit hikoyasi

    Loyihada ishtirok etishni istagan muhojir yurtdoshlarimiz Telegram’dagi @daryomuxbiri’ga murojaat qilishlari mumkin.

    16.03.2021, 19:51   Izoh (0)   158400
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Sistit — bu uyat emas!

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada suv toshqinlaridan halok bo‘lganlar 151 kishiga yetdi

    Dunyo | 1 iyun, 00:10

    BMT yadro agentligi: Eron uran zaxiralarini ko‘paytirmoqda

    Dunyo | 31 may, 23:50

    Jizzaxda 667 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:35

    Kelgusi hafta avvalida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:10

    Yomg‘ir suvini elektr energiyasiga aylantirish yo‘li topildi

    Dunyo | 31 may, 22:55

    Bolalar ombudsmani Magic City’da suitsid sahnasi namoyish etilgani yuzasidan izoh berdi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:35

    Namangan va Toshkentda yarim mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:15

    Mayk Tayson raqibining oyog‘ini tishlab olgan, WBC prezidentiga tupurgan va jurnalistni haqorat qilgan matbuot anjumani haqida

    Boks | 31 may, 22:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.