• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    “O‘zbekistonga qaytish niyatim yo‘q edi, ammo...”. Oyiga 1500 dollarlik daromadli ishini tashlab, vataniga qaytgan chiroqchilik muhojir yigit hikoyasi

    “Daryo” “Muhojirlar hayoti” loyihasi doirasida xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarning hayotini yoritishda davom etadi. Bu galgi qahramonimiz — yetti yildan buyon Rossiyada ishlayotgan yigit.

    Suhbatdoshimizning iltimosiga ko‘ra, uning ism-sharifi hamda shaxsini oshkor etishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar o‘zgartirildi.

    Ismim Farruh, yoshim 28 da. Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tug‘ilib, o‘sganman. Muhojirlik yo‘lini tanlaganimga yaqinda yetti yil bo‘ldi.

    Foto: “Yandeks”

    Foto: “Yandeks”

    To‘g‘ri, hech qayerda pul topish oson emas, ammo...

    2008-yilda maktabni tamomlab, tumanimizdagi kollejga o‘qishga kirdim. O‘qish mobaynida pul topish uchun o‘zimni turli yo‘nalishlarda sinab ko‘rganman. Hatto savdogarlik ham qilganman.

    Kollejni bitirganimdan keyin ikki yil Toshkentda ham ishlab keldim. Ammo hech ishim yurishavermadi. Topgan pulim biror narsa xarid qilishga yetmasdi. Oxiri boshqa muhojirlar kabi men ham Rossiyaga ishga ketishga majbur bo‘ldim.

    To‘g‘ri, hech qayerda pul topish osonmas, lekin Rossiyada o‘zimizga nisbatan ko‘proq va yaxshiroq pul topish mumkin edi. Shunday qilib, 2013-yil Rostov-Don shahriga keldim.

    Rus tilini bilmasligim doim pand berardi

    Dastlab ishni yog‘och o‘ymakorligi va duradgorlikdan boshladim. Bu hunarlar menga begona bo‘lgani uchun boshida juda qiynaldim. Rus tilida gaplasholmasligim ko‘p pand berdi.

    Oradan bir yil o‘tib, rus tilini yaxshi o‘rgandim. Ish bilan birga internetda maishiy texnika sotishni boshladim. Savdoda elektronikaga qiziqishim, yaxshi bilishim rosa asqatdi.

    Foto: “Yandeks”

    Foto: “Yandeks”

    O‘z ustimda tinimsiz ishlardim. Ba’zan tovarim sotilmay qolib ketar, reklama qilib, yana ularni sotishga harakat qilardim. Xullas, bir muddat shu tarzda ishlab, mablag‘ yig‘dim. 2016-yil dekabrda O‘zbekistonga keldim, uylandim va yana Rossiyaga qaytdim.

    “Nima uchun yana ketdingiz? Shu ishlaringizni O‘zbekistonda ham qilsangiz bo‘lardi-ku”, deyishingiz mumkin. To‘g‘ri, o‘zimizda qolib, ishlasam bo‘lardi, ammo bu yerda ko‘p ishlar qildim. Hatto tadbirkorlik ham.

    Endi biror yumushni etagidan tutgan paytim kimdir oyog‘imdan chalardi va harakatlarim salbiy oqibatlar bilan tugardi. Shuncha harakatlaringizni bir kunda puchga chiqarishlari hafsalangizni pir qiladi. Qancha xohlamang, kimdir ishingizga qarshilik qilib tursa, siz qaytib u ishga urinmaysiz.

    Rossiyada biznesimni yo‘lga qo‘ydim

    Hozirgi kunda Rostov-Donda qarindoshlarim bilan qonuniy ishlaymiz. Ishimizda har oy maosh to‘lanmaydi. Belgilangan vazifa qancha tez va sifatli tugatilsa, shuncha tez pul beriladi.

    Shuningdek, onlayn biznesimni ham yuritaman. Hozirda bir oylik daromadim taxminan 1400-1500 dollar atrofida.

    Aylangani emas, ishlagani kelganmiz

    Musofirlikning noni shirin, azobi yashirin bo‘ladi deyishadi. Ba’zan uyga charchab kelganimizdan ovqat yemay uxlab qolamiz. Aytilgan vazifani bitirib berish uchun gohida 23:00-00:00 gacha ishlashimizga to‘g‘ri keladi.

    Rossiyada ham xuddi O‘zbekistondagi kabi turli bayramlar, sayllar ko‘p o‘tkaziladi. Ammo sheriklarim bilan hech qayerga bormay, ishlaymiz. Chunki biz aylangani emas, ishlagani kelganmiz. Qoidaga ko‘ra bayram yoki dam olish kunlari emas, faqat ish tugagan paytdagina tin olishimiz mumkin. Men o‘sha paytlari ham dam olmay, shaxsiy biznesim ustida ishlardim.

    Yashash joyimiz Rostov-Don shahrining markazida joylashgan. Turar joy o‘z hisobimizdan. Hovlida besh kishimiz, biz bilan uyning egasi ham istiqomat qiladi. Uyda barcha sharoitlar yaratilgan, issiq suv, gaz va elektr uzluksiz beriladi.

    O‘zbeklarga past nazar bilan qarashadi

    Bu yerda hamyurtlarimiz ko‘p. Aksariyati qurilish, tom yopish, oshxona va savdo shoxobchalarida ishlaydi. To‘g‘risini aytsam, o‘zbeklarga ruslarning hammasi ham yaxshi ko‘z bilan qarayvermaydi. Har xil odam bor, kimdir yaxshi ko‘radi, kimdir yomon. Men buni to‘g‘ri qabul qilaman.

    Foto: “Yandeks”

    Foto: “Yandeks”

    Rossiyada ishlab, Toshkentdan ham uy sotib oldim

    Oilada to‘ng‘ich farzandman. Singlim turmushga chiqqan. Ukam institutda o‘qiydi. Oilaliman, ikki nafar o‘g‘lim bor.

    Muhojirlikda kechirgan yetti yillik umrim davomida Qashqadaryodan va Toshkentdan hovli va mashina sotib oldim. Tadbirkorlik faoliyatimni boshlash uchun bir muncha mablag‘ yig‘dim.

    Ayni paytdagi niyatim biznes g‘oyalarimni amalga oshirish va ishlarimni kengaytirish.

    P/S: Maqola chop etilgunga qadar suhbatdoshimiz O‘zbekistonga qaytib keldi. Shu sababli uning ayni paytdagi rejalari haqida so‘radik. 

    O‘zbekistonga qaytish niyatim yo‘q edi, ammo...

    Ochig‘i, O‘zbekistonga qaytish niyatim yo‘q edi. Ammo do‘stlarimdan hozir tadbirkorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlarni, qulayliklarni eshitib qaytib keldim. Ayni paytda Qashqadaryodaman.

    Maqsadim — yana bir bor tadbirkorlikda o‘zimni sinab ko‘rish. Ayni paytda yangi firma ochib, qandolat mahsulotlarini tayyorlab sotishni rejalashtiryapman.

    To‘g‘ri, o‘zimizda Rossiyadagidek 1000-1500 dollar topishim qiyinroq. Mayliga, harqalay oilamdan uzoqda bo‘lmayman.

    Umid qilamanki, endi hammasi yaxshi bo‘ladi va men Rossiyaga yana qaytib ketishga majbur bo‘lmayman.

    Xonzodabegim A’zamova suhbatlashdi.

    Mavzuga doir:

    • “O‘qimaganimda edi, hayot shu ekan deb yuraverardim”. 9 yildan beri Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik muhojir hikoyasi
    • “Koreyada ishlab, kuniga 100-200 dollar topaman deb o‘ylayotganlar adashadi”. Janubiy Koreyada ishlayotgan o‘zbekistonlik muhojir yigit hikoyasi
    • “Rossiyaga qarzlarimdan qutulish uchun qochib kelganman”. Namanganlik muhojir yigit bilan suhbat

    Loyihada ishtirok etishni istagan muhojir yurtdoshlarimiz Telegram’dagi @daryomuxbiri’ga murojaat qilishlari mumkin.

    02.02.2021, 18:40   Izoh (0)   156090
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10

    Olmaotaga ketayotgan fuqaro O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan gilam bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 12:00

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35

    “Real Madrid” 100 mln yevroga futbolchi xarid qilmoqchi

    Sport | 12 iyul, 11:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.