• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bloger Otabek Sattoriyga nisbatan sakkizta ayblov e’lon qilindi. Navbatdagi sud ishi 17-mart kuni davom etadigan bo‘ldi

    Tovlamachilikda ayblanib, 29-yanvar kuni hibsga olingan surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyga oid jinoyat ishi 11-mart kuni ochiq sudda ko‘rildi, deb xabar beradi O‘zA.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tumani sudida Otabek Sattoriyning sud ishi ko‘rilmoqda. Mazkur sud ishida bloger xususida quyidagi ayblovlar o‘qib eshittirilgan:

    • 2021-yilning 29-yanvar kuni Sherobod tumani “Qo‘rg‘on” mahallasida yashovchi tumandagi “Chinora Gul Baraka” rahbari L.To‘rayevning viloyat IIBga bergan arizasiga binoan 30-yanvar kuni viloyat IIB tezkor xodimlari tomonidan Otabek Sattoriyga nisbatan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Natijada Otabek Sattoriy qiymati 5 million so‘mlik Vivo-X50 telefon apparatini arizachidan olayotgan vaqtida qo‘lga olingan. 30-yanvar kuni Otabek Sattoriyga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan 220001-2021-1-sonli jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan;
    • Otabek Sattoriy “Termizshahargaz” ta’minoti bo‘limida “Suyultirilgan gaz” xizmati boshlig‘i bo‘lib ishlovchi To‘xtamish Ko‘charovni shaharning “Guliston” mahallasiga suyultirilgan gaz ballonlarni aholiga tarqatilish holati video tasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik evaziga 1,5 million so‘m berishini talab qilgan. Shuningdek, “Hududgazta’minot” Surxondaryo viloyati filiali direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlovchi O‘tkir Turdiyevni “Hududgazta’minot” Surxondaryo viloyati filialining shahar va tuman bo‘limlaridagi aholiga gaz ballonlar tarqatilishida va boshqa salbiy holatlar yuzasidan tayyorlangan videoroliklarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatmaslik evaziga 10 ming dollar berishini talab qilgan;
    • “Hududgazta’minot” Denov tumani bo‘limi haydovchisi Ashur Xudoyqulovni tumanning “Shahrinav” mahallasiga suyultirilgan gaz ballonlarni aholiga tarqatish videotasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik evaziga undan 200 AQSh dollari berishni talab qilgan;
    • “Hududgazta’minot” Boysun tumani bo‘limi haydovchisi Zokirjon Xursanovni tumanning “Chilonzor” mahallasiga suyultirilgan gaz ballonlarni aholiga tarqatayotgan holat videomateriallarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik evaziga undan 200 AQSh dollari so‘ragani bo‘yicha Otabek Sattoriyga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan;
    • Otabek Sattoriy 2020-yilning iyun oyida Termiz shahar Istiqlol ko‘chasida ko‘p qavatli uylar qurilishini amalga oshirayotgan “Termiz eko ekspress loyiha” rahbari To‘lqin Shopo‘latov hamda Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyevdan, shahar hududida va qurilish sohasidagi salbiy holatlarni video tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga chiqarish bilan tahdid qilgan. Onasi X.Islomovaning nomiga rasmiylashtirilgan Termiz shahar, “Salomatlik” ko‘chasi, 1-uydagi va singlisi S.Sattoriy nomiga rasmiylashtirilgan 1 A-uylarning buzilishi natijasida to‘lab berilgan 234,8 million so‘m pullar evaziga shahar hududidan yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan 2 ta (narxi 352 million so‘m bo‘lgan 2 xonali va 431 million so‘m bo‘lgan 3 xonali) xonadonni rasmiylashtirib berishni talab qilgan. “Termiz eko ekspress loyiha” tomonidan Istiqlol ko‘chasi 6-uydan 2 va 3 xonali xonadonlarni o‘zining nomiga rasmiylashtirishga erishgan;
    • Bu holatda 245,1 million so‘mni ko‘rsatilgan xonadonlar uchun MChJ hisob raqamidan tovlamachilik yo‘li bilan to‘lov qildirgan hamda shartnomada ko‘rsatilmagan 304 million so‘m pullarni (jami 549,1 million so‘m) esa shahar hokimi I.Xudoyberdiyev to‘lashiga majbur qilgan. Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyat IIB Tergov boshqarmasi tomonidan Otabek Sattoriyga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a” bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan;
    • Termiz shahrida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filiali kadrlar bo‘limi boshlig‘i Mastona Ahmedova bilan avvaldan ziddiyatda bo‘lib kelgan, Sabohat Ravshanova orqali Mastona Ahmedovaga nisbatan sharmanda qiluvchi soxta hamda asossiz ma’lumotlar asosida videomaterial tayyorlagan;
    • Davlat xizmatlari agentligi Denov tumani Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish bo‘limi xodimi Nasiba Narboyeva bilan avvaldan ziddiyatda bo‘lib vaqtincha ishsiz, Saodat Vohidova orqali Nasiba Narboyevaning o‘z xizmat burchini bajarish bilan bog‘liq vaziyatda uni pora olganlikda ayblagan. Tuhmat va haqoratdan iborat bo‘lgan videoroliklar tayyorlab, ularni Telegram messenjeri va Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Xalq fikri” guruh va kanallariga joylangan holati yuzasidan 24-fevral kuni Otabek Sattoriyga nisbatan Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat qilish) 3-qismi “a” va “g” bandlari va 140-moddasi (haqorat qilish)3-qismi “a” bandi bilan qo‘shimcha ayblovlar kiritilgan.
    Ochiq sudda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari, O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan blogerlar, taraflarning advokatlari ham ishtirok etgan. Sud majlisida dastlab taraflarning shaxsi aniqlanib, ularning huquq va majburiyatlari tushuntirilgan. Ayblov xulosasi o‘qib eshittirilgan. Sud ishida jabrlanuvchilar tinglangan.

    Ta’kidlanishicha, “Eurasianet.org”ning Markaziy Osiyo bo‘yicha muharriri Piter Leonard ham sud ishini bevosita kuzatib, ijobiy fikr bildirgan.

    Sud jarayonida jurnalist va blogerlarga texnik vositalardan bemalol foydalanishga ruxsat berilgan. “Bunday imkoniyatdan foydalangan ayrim blogerlar sud jarayonlarini ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatib, foydalanuvchilarni vaziyat bilan tanishtirib borgan. Hech qanday to‘sqinlik va g‘ayri ixtiyoriy holatlar kuzatilmadi”, — deyiladi xabarda.

    Sud ishi 2021-yilning 17-mart kuni davom etadigan bo‘ldi.

    Mavzuga doir: “Biroz shoshqaloqligi unga pand berdi” — Surxondaryo viloyati hokimi tovlamachilikda ayblanayotgan bloger Otabek Sattoriy haqida

    12.03.2021, 12:17   Izoh (0)   35482
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Senatining 13-yalpi majlisi videokonferensaloqa tarzida boshlandi

    12.03.2021, 11:30

    O‘zbekistonga sementni olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi

    12.03.2021, 11:26

    Samarqandda Turkiyadan qo‘yilgan taqiqni bekor qilishni va’da qilib, o‘zbekistonliklarni chuv tushirgan Turkiya fuqarosi qo‘lga olindi

    12.03.2021, 09:10

    Yangiyo‘lda bino hujjatlarini tayyorlab berishini va’da qilib, tadbirkordan pora olayotgan Kadastr agentligi xodimi ushlandi

    12.03.2021, 08:22

    Toshkent viloyatida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ajratilgan puldan 722 mln so‘m talon-toroj qilindi

    12.03.2021, 07:53

    Toshkentda qalbaki 5,5 ming yevroni sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

    12.03.2021, 07:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash lozim” — Eron prezidenti

    Dunyo | 27 iyul, 15:48

    Levandovski kelajagi borasida gapirdi

    Sport | 27 iyul, 15:25

    Islom Maxachev navbatdagi jangi sanasini e’lon qildi

    Sport | 27 iyul, 15:18

    Buyuk Britaniya G‘azoga gumanitar yordam yuboradi

    Dunyo | 27 iyul, 14:40

    “An-Nassr” Feliksni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

    Sport | 27 iyul, 14:00

    Oliy ta’limni bitirganlar nega og‘ir ahvolda qolmoqda? O‘zi diplom kerakmi?

    O‘zbekiston | 27 iyul, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.