Germaniya terma jamoasi Yoaxim Lyov Yevro—2020 musobaqasidan keyin o‘z lavozimini tark etadi.
61 yoshli mutaxassis Germaniya futbol ittifoqidan JCh—2022 yakuniga qadar mo‘ljallangan shartnomani Yevropa chempionatidan keyin bekor qilishni so‘ragan, deya xabar qilmoqda tashkilot matbuot xizmati. Ittifoq mutaxassisning arizasini qabul qilgan.
Shu tariqa, germaniyalik mutaxassis koronavirus sabab 2021-yilning yoziga ko‘chirilgan Yevro—2020 musobaqasidan keyin o‘z lavozimini tark etadi.
Lyov 2006-yildan beri Germaniya terma jamoasini boshqarib keladi. Uning qo‘l ostidagi jamoa 2014-yilgi Jahon Chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritdi va JCh—2010 bronza medallariga ega chiqdi. Shuningdek, Lyov jamoasi Konfederatsiyalar Kubogi—2017 chempionligini qo‘lga kiritdi. Yevropa Chempionatida 2008-yil ikkinchi bo‘lgan bo‘lsa, 2012 va 2016-yillarda bronzaga ega chiqdi.
Lyov 2014-yilda FIFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)