“Barselona” sobiq darvozaboni Viktor Valdes katalonlar jamoasiga qaytadi.
Mundo Deportivo nashrining xabar qilishicha, Valdes “Barselona”da darvozabonlar murabbiyi lavozimini egallaydi.
Ta’kidlanishicha, Xoan Laporta prezidentlikka saylanganidan keyin jamoaning ayrim sohalarida kadrlar almashinuvi bo‘ladi. Ushbu jarayon doirasida Valdes sobiq jamoasiga qaytadi.
Viktor 2019-yilda katalon klubida ishlashga ulgurgandi, o‘shanda u “Barselona” U-19 jamoasini boshqarib borgan va keyinchalik iste’foga chiqarilgandi. Mutaxassisning so‘nggi jamoasi Ispaniya 4-ligasi vakili “Orta” klubi bo‘lib, Valdes u yerda 2021-yilning yanvariga qadar faoliyat yuritgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)