Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasi 26-turining so‘nggi o‘yini Milan shahrida 8-mart, dushanba kuni o‘tkazildi.
Unda mezbon “Inter” Bergamoning “Atalanta”sini qabul qildi. O‘yin taqdirini 54-daqiqada Milan Shkrinyar tomonidan urilgan gol hal etdi.
“Inter” mazkur g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 62 taga yetkazib, A Seriya musobaqa jadvalidagi peshqadamligini mustahkamlab oldi. Antonio Konte shogirdlari ikkinchi o‘rindagi “Milan”ni 6 ochkoga ortda qoldirmoqda. “Atalanta” esa ortda qolgan 26 ta turda 49 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalining 5-o‘rnini band etib turibdi.
Musobaqa jadvali hozir quyidagicha holatda:
A Seriya26-tur bahsi8-mart, dushanba
“Inter”—“Atalanta” 1:0Gol: 1:0 – 54 Shkrinyar.
“Inter”: Handanovich, de Vrey, Bastoni, Shkrinyar, Hakimi (D’Ambrozio, 85), Brozovich (Galyardini, 77), Perishich (Darmian, 85), Vidal (Eriksen, 53), Barella, Lukaku, Martines (Sanches, 77).
“Atalanta”: Sportello, Mele, Romero, Toloi, Gozens, de Ron, Pessina (Miranchuk, 73), Malinovskiy (Ilichich, 46), Froyler (Pashalich, 81), Gimshiti (Palomino, 81), Sapata (Muriel, 70).Ogohlantirish: Romero (59).
Izoh (0)