“Chelsi” Angliya Premyer Ligasining 27-turida kechgan 8-mart kungi o‘yinda “Everton”ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:0).
“Chelsi” Tomas Tuxel qo‘l ostiga o‘tganidan keyin APL doirasidagi ketma-ket beshta uy o‘yinida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Bu musobaqa rekordi hisoblanadi.
“Chelsi” avvalroq “Vulverhempton” (0:0), “Byornli” (2:0), “Nyukasl” (2:0) va “Manchester Yunayted”ga (0:0) qarshi uchrashuvlarda quruq o‘yin o‘tkazgandi.
Shuningdek, “Chelsi” barcha musobaqalar doirasida ketma-ket to‘rt o‘yinda o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazmadi.
“Chelsi” Tuxel qo‘l ostida jami 11 ta o‘yin o‘tkazdi. “Ko‘klar” mazkur uchrashuvlarning 8 tasini g‘alaba bilan yakunlagan bo‘lsa, 3 ta bahsda durang qayd etdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)