“Vilyarreal” klubining sobiq futbolchisi Franko Akosta Urugvayda o‘lik holda topildi.
“Vilyarreal” matbuot xizmati futbolchining o‘limini tasdiqladi va uning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Avvalroq 25 yoshli futbolchi daryoni kesib o‘tishga uringan vaqtida cho‘kib ketgani ma’lum bo‘lgandi. 6-mart kuni futbolchi akasi bilan Kanelones departamentida joylashgan daryoni kechib o‘tish vaqtida bedarak yo‘qolgan va Frankoning akasi darhol politsiyaga murojaat qilgan.
Politsiya dengiz piyodalari yordamida qidiruv ishlarini olib borgan. 8-mart kuni Akostaning murdasi uni so‘nggi bor ko‘rishgan joydan uzoq bo‘lmagan joydan topilgan.
Akosta Urugvay o‘smirlar va yoshlar terma jamoasidagi o‘yinlari bilan ko‘pchilikka tanish. Futbolchi 2015—2020-yillar mobaynida “Vilyarreal” tizimida to‘p surgan. Uning so‘nggi jamoasi Urugvayning “Atenas” klubi edi.
Mavzuga doir: “Liverpul” darvozaboni Alissonning otasi suvga cho‘kib, halok bo‘ldi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)