Glazgoning “Reynjers” klubi Shotlandiya chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi o‘rinda ketayotgan “Seltik” “Dandi”ga qarshi o‘yinda (0:0) ochko yo‘qotdi va chempionlik uchun ehtimoliy imkoniyatlarni yo‘qqa chiqardi.
Stiven Jerrard qo‘l ostidagi jamoa 2020/21-yilgi mavsumda 32-turga qadar biror marta ham yutqazmadi (28 g‘alaba, 4 durang, to‘plar nisbati — 77:9) va 88 ochko to‘pladi. “Seltik”da 68 ochko mavjud.
“Reynjers” 2010/11-yilgi mavsumdan beri birinchi marta chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu rekordchi Glazgo klubi uchun 55-chempionlik bo‘ldi. Bu borada keyingi o‘rinda “Seltik” (51 ta sovrin) bormoqda.
“Liverpul” sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrard 2018-yildan buyon “Reynjers”ni boshqarib keladi. Bu uning uchun murabbiylik faoliyatidagi ilk sovringa aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)