• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Futbolda yangi savol: Mbappe zo‘rmi yoki Holand?

    Yaqin bir necha yil ichida Kilian Mbappe va Erling Holand dunyo futbolida Krishtianu Ronaldu hamda Lionel Messining o‘rnini egallashi kutilmoqda. Har ikkala futbolchi ham hozirda o‘z klublarining yetakchisi hisoblanadi va gol urish borasida bir-biridan aslo qolishmaydi. Ammo futbol muxlislarini har doimgidek bir savol o‘ylantiradi: xo‘sh, ulardan qaysi biri zo‘r? Quyida aynan ushbu savolga boks va aralash jang sporti qoidalari bo‘yicha javob topishga harakat qilinadi. Bunda 15 raund ko‘zda tutilgan bo‘lib, har bir raund doirasida g‘olib 10, mag‘lub esa 9 ochkodan qo‘lga kiritadi.

    Birinchi raund – statistika

    Mbappe 22, Holand esa atigi 20 yoshda. Norvegiyalik shu vaqtga qadar 146 uchrashuv o‘tkazib, 100 gol urgan va 19 golli uzatmani amalga oshirgan. Shunchaki ajoyib natija. Fransuzda esa bu ko‘rsatkich biroz yaxshiroq – 208 o‘yin, 133 ta gol va 76 ta assist. Ikkala futbolchi ham urilgan gollar bo‘yicha bir xil dinamikaga ega: o‘rtacha hisobda ular bir o‘yinda 0,6 tadan gol urgan. Asistlar bo‘ycha Kilian sezilarli darajada yaxshiroq natijaga ega: PSJ futbolchisi har uchinchi uchrashuvda sheriklariga gol urishga zamin yaratib beradi, “Borussiya” forvardi esa hozircha bu ko‘rsatkichi bilan maqtana olmaydi.

    10:9 – Mbappe foydasiga.

    Ikkinchi raund – dribling va texnika

    Mbappe voyaga yetgach o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortdi va dunyoning eng yaxshi driblingchilaridan biriga aylandi. U o‘zining elastik va aldamchi harakatlari bilan istalgan himoyachini dog‘da qoldirishi mumkin. Shuningdek, PSJ futbolchisi to‘pni raqibining oyoqlari orasidan olib o‘tishga alohida mehr beradi. Statistikaga ko‘ra u driblingda Holandga qaraganda deyarli uch baravar ustunroq. Erling esa shunchaki to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib, tezligi orqali himoyachilardan qochishga odatlangan.

    10:9 – Mbappe foydasiga

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Uchinchi raund – ishonchlilik

    Mbappe Holandga qaraganda ko‘proq to‘pni yo‘qotadi va xatolarga yo‘l qo‘yadi. To‘g‘ri, Erling ham ko‘p aldab o‘tiladi va u har o‘yinda hech bo‘lmaganda ikki marta qoidabuzarlik qiladi. Shunga qaramay norvegiyalikda sariq va qizil rangdagi kartochkalar soni kamroqdir. Ehtimol, Kilian hakamlar bilan ko‘p tortishgani uchun ham ko‘proq jazolanar.

    10:9 – Holand foydasiga

    To‘rtinchi raund – bosh bilan o‘ynay olish qobiliyati

    Texnikasi yuqori bo‘lgan fransuzga havodagi to‘p uchun kurashib, ortiqcha kuch sarflashga hojat yo‘q, chunki u odatda “sehrli” oyoqlarini ishlatishni afzal biladi. Holand esa ikkinchi qavatda juda yaxshi imkoniyatlarga ega. U havodagi to‘pni boshi bilan mukammal tarzda darvozaga joylab qo‘yishi mumkin. Holand, shuningdek, havodagi kurashlarda ham Kilianga qaraganda 5 baravar yaxshiroq.

    10:9 – Holand foydasiga

    Beshinchi raund – zarbalar

    Holand kuchli zarbaga ega. Shu tufayli u ortiqcha qiyinchiliklarsiz ham darvozabonlarni dog‘da qoldira oladi. Erling o‘ng oyog‘ida kuchli zarba bera olsa, Mbappe ikkala oyog‘ida ham bir xil darajada aniq va kuchli tepishi mumkin.

    Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ikkala futbolchi ham, taxminan, bir xil miqdordagi zarbalarni amalga oshiradi, ammo “Borussiya” futbolchisining deyarli 2 baravar ko‘proq zarbalari gol bilan yakunlanadi. EA Sports platformasi norvegiyalikning zarbasini kuchliroq deb topdi, ammo fransuz har ikkala oyog‘ini ishlata oladi.

    9:9 – durang

    Oltinchi raund – tezlik

    Bir vaqtning o‘zida ko‘plab manbalarning talqiniga ko‘ra Kilian dunyoning eng tezkor futbolchisidir. Fransuz cheklangan masofalarda ham raqiblarini tezligidan foydalangan holda dog‘da qoldirishi mumkin. Ha, Holand ham ancha tezkor futbolchi, u ham dribling paytida tezligidan foydalanadi. Ammo Erling Kiliandan tezroq emas. FIFA simulyatorini ishlab chiquvchilar ham PSJ futbolchisiga bu jihatdan katta ustunlik bergan. Bundan tashqari Mbappe Chempionlar Ligasining so‘nggi mavsumida ham eng tezkor futbolchi deb topildi, Holand esa ushbu reytingda to‘qqizinchi o‘rinda qayd etildi.

    10:9 – Mbappe foydasiga

    Yettinchi raund – uzatmalar

    Statistikaga ko‘ra Parij klubi futbolchisi har bir uchrashuvda o‘rtacha 10 tadan ko‘proq uzatma beradi va buni sezilarli darajada aniq amalga oshiradi. Kilian vaziyatlarni yaratishda ham juda mohir, sheriklariga tez-tez yordam beradi va har qanday darajadagi murakkab paslarni ijro etadi.

    10:9 – Mbappe foydasiga

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Sakkizinchi raund – futbolchining jamoa hujumida tutgan o‘rni

    Holand “Borussiya”ning hujumlarida nihoyatda foydali. U o‘tkir paslarni amalga oshiradi, bahsli vaziyatlarda ham yengib chiqib, sheriklarini to‘p bilan ta’minlaydi. Jarima maydonchasida ham juda faol va aynan shu tufayli ko‘p hollarda 11 metrlik zarbalarni ishlab oladi.

    Mbappe ham jamoaviy o‘yin borasida Holanddan aslo qolishmaydi. Penaltilar ishlashda-ku Holanddan ham ustunroqdir. Unga nisbatan ko‘proq fol ishlatishadi. Ushbu parametrda fransuz 2 baravar yaxshiroq.

    10:8 – katta ustunlik Mbappe foydasiga

    To‘qqizinchi raund – futbolchining jamoa himoyasida tutgan o‘rni

    Holand “qora ishlar”dan qochmaydigan juda mehnatkash futbolchi. Norvegiyalik maydonning har bir qarichida to‘p uchun kurash olib boradi, raqiblari harakatlarini oldindan o‘qiydi. U “podkat”larda ham ajoyib harakat qiladi. Umuman olganda, Holand haqiqiy jamoaviy o‘yinchidir. Garchi statistikaga ko‘ra Mbappe tez-tez to‘pni raqiblaridan tortib olsa-da, Erling zarbalarni to‘sish va va to‘pni xavfli hududdan uzoqlashtirish borasida yuqori ko‘rsatkichlarga ega.

    10:9 – Holand foydasiga

    O‘ninchi raund – jismoniy imkoniyatlar

    Kilian har bir o‘yinda o‘rtacha 8 kilometr masofani bosib o‘tadi. Erling Holand esa doimiy ravishda bo‘sh joy qidirishga harakat qiladi va buning ustiga mudofaada ham yordam beradi, shuning uchun norvegiyalik har uchrashuvda 9,5 kilometr yugurishi tabiiy hol. FIFA simulyatori ham jismoniy imkoniyatlar borasida “Borussiya” futbolchisini ustunroq qo‘ygan.

    10:9 – Holand foydasiga

    Foto: UEFA

    Foto: UEFA

    11-raund – sovrinlar

    Ayni paytda Kilianda 13, Erlingda esa atigi 3 ta sovrin bor. Holand, albatta, bir necha yil ichida ko‘plab sovrinlarga ega chiqadi. Balki, u Norvegiya terma jamoasi bilan mundialda g‘alaba qozonmas, ammo milliy chempionatlarda 4 marta g‘alaba qozonishi ehtimoli yuqori. Albatta, buning uchun u kuchliroq jamoaga o‘tishi kerak bo‘ladi.

    10:9 – Mbappe foydasiga

    O‘n ikkinchi raund – shaxsiy sovrinlar

    Norvegiyalik o‘zining birinchi mukofotini 2018-yilda qo‘lga kiritgan. O‘shanda u o‘z mamlakatning eng yaxshi yosh sportchisi deb topilgandi. 2019-yilda esa Avstriya Bundesligasining eng yaxshi futbolchisi va yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. 2020-yil Holandning faoliyatidagi eng muvaffaqiyatli yil bo‘ldi: u Norvegiyaning eng yaxshi sportchisi va futbolchisi deb tan olindi va ko‘plab nashrlar talqiniga ko‘ra yil jamoasidan o‘rin oldi. Shuningdek, Erling ortda qolgan yilda Golden Boy mukofotiga ham sazovor bo‘ldi.

    Xuddi shu sovrin 2017-yilda Kilianga topshirilgan edi. Uning shaxsiy mukofotlari quyidagicha: 18/19-yilgi mavsumda Liga 1 ning eng yaxshi o‘yinchisi, Fransiya chempionatining uch karra eng yaxshi yosh futbolchisi. Shuningdek, Mbappe uch bor Fransiya chempionatining ramziy jamoasiga kirgan. Yana ikki martadan Chempionlar Ligasi va FIFA ramziy jamoalaridan ham o‘rin olgan. Va, albatta, 2018-yilgi “Oltin to‘p” uchun kurashda 4-o‘rinni qo‘lga kiritganini alohida ta’kidlash lozim.

    10:9 – Mbappe foydasiga

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    12-raund – transfer narxi, daromad va mashhurlik

    Fransuzning transfer narxi 180 million yevroni tashkil qiladi. U ayni damda dunyoning eng qimmat futbolchi bo‘lib turibdi. 2018-yilda PSJ uning uchun “Monako”ga 145 million yevro bergan. PSJga kelishdan oldin Kilian 35 million yevroga baholangandi.

    Holand uchun “Borussiya” atigi 20 million yevro to‘lagan. Uning hozirgi narxi esa 100 million yevro. Shuningdek, Mbappening maoshi ham Holandnikidan 2,5 baravar ko‘proq. Instagram va Twitter’da ham Kilianning obunachilari qariyb 10 baravarga ko‘proq.

    10:9 – Mbappe foydasiga

    14-raund – terma jamoa

    2019-yilning sentabr oyigacha Holand Norvegiya yoshlar jamoasida o‘ynardi. Ammo u mamlakat bosh jamoasidagi dastlabki o‘yinlardanoq aqlbovar qilmas statistikani namoyish etmoqda: 7 uchrashuv, 6 ta gol va 1 ta golli uzatma. Mbappe esa Fransiya tarkibida 39 o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol va 13 ta assistni amalga oshirgan. Ammo Kilian 19 yoshida Erlingdan farqli o‘laroq, mundialda g‘olib chiqqandi. U o‘shanda 4 ta gol urib, jamoa qahramonlaridan biriga aylangan. O‘sha musobaqada Mbappe eng yaxshi yosh o‘yinchi bo‘lish bilan birga ramziy jamoaga ham kiritilgan.

    10:9 – Mbappe foydasiga

    15-raund – moslashish

    Norvegiyaning “Molde” klubidan Avstriyaning “Zalsburg”iga ko‘chib o‘tgan Holand dastlabki 10 o‘yinda Avstriya chempionatida 12 ta gol urdi, ular orasida 2 ta het-trik ham bor edi. Shundan so‘ng u Chempionlar Ligasida 7 uchrashuvda 10 ta gol urdi va butun dunyoni o‘ziga qaratdi. Keyinchalik “Borussiya”ga yo‘l olgan Holand Bundesliga doirasida ikki uchrashuvda 5 ta gol uradi. Erling – moslashishning namunasidir.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Mbappe dastavval “Monako”da zaxira o‘rindig‘ida o‘tirardi va faqat ikkinchi mavsumdan boshlab o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan. 16/17-yilgi mavsumda futbolchi Chempionlar Ligasining dastlabki 9 uchrashuvida 6 ta gol uradi. Gollarning barchasi pley-off o‘ynalarida kiritilgan: “Manchester Siti”, “Borussiya” va “Yuventus”. O‘shanda “Monako” sensatsion tarzda musobaqaning 1/2 finaliga qadar yetib kelgandi. PSJda u dastlabki 10 uchrashuvda “gol+pas” tizimida 4+4 ochko qayd etgan. Fransiya terma jamoasida esa u 4 uchrashuvda 4 ta golli uzatma bergan.

    10:9 – Holand foydasiga

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    O‘n besh raund yakunlariga ko‘ra Mbappe 144:139 hisobida g‘alaba qozondi.

    Mavzuga doir: Eskirmaydigan savol: Ronaldu zo‘rmi yoki Messi?

    08.03.2021, 16:00   Izoh (0)   26839
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gretsiyalik chaqaloq muxlis, parvozlar va Avstraliya kapalaklari. Fevral oyining sportga oid eng sara suratlari

    08.03.2021, 15:01

    Fakt: Faqat “Liverpul” va Liga 1 autsayderi 2021-yildagi uy uchrashuvlarida o‘yindan gol ura olmayapti

    08.03.2021, 14:00

    Harri Keyn va Son Hyon Min APL rekordini o‘rnatdi

    08.03.2021, 13:01

    “Liverpul” Angliya chempionatida 69 yil ichidagi eng yomon natijani qayd etdi

    08.03.2021, 12:17

    Islom Maxachev: “Menga kuchli raqiblar kerak, barchasini yer tishlatishga tayyorman”

    08.03.2021, 11:18

    Xoan Laporta “Barselona” prezidentiga aylandi. Uning davrida jamoa 12 ta sovrin yutgandi

    08.03.2021, 10:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53

    Massimiliano Allegri “Milan” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 29 may, 22:38

    Isroil G‘azodagi asirlarni ozod qilish bo‘yicha AQSHning yangi taklifini qabul qildi. HAMAS esa jim

    Dunyo | 29 may, 22:10

    Sirdaryoda sevgan yigitini o‘ldirmoqchi bo‘lgan qiz 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 29 may, 21:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.