• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Sen qo‘rqoq va noshudsan”. Zlatan Ibragimovich va Xosep Gvardiola o‘rtasidagi mojaro tarixi

    Hozirda karantin cheklovlari tufayli ba’zi mamlakatlarning Buyuk Britaniyaga kirishi taqiqlangan. Shu sababli ingliz klublari ishtirokidagi xalqaro o‘yinlar neytral maydonlarda o‘tkazilmoqda. Xususan, “Arsenal” (Yevropa Ligasi) Rimda, “Manchester Yunayted” (Chempionlar Ligasi) Turinda, “Liverpul” esa (Chempionlar Ligasi) Budapeshtda o‘yin o‘tkazishga majbur bo‘ldi.

    Xuddi shunga o‘xshash holat 2010-yilda ham qayd etilgandi. O‘shanda ham tashqi ta’sirlar o‘yin atrofidagi vaziyatga xalaqit bergandi. Biroq u vaqt koronavirus pandemiyasi emas, balki Islandiyadagi Eyyafyadlayyokyudl vulqoni harakatga kelgandi. O‘shanda Joze Mourinyoning “Inter”i Chempionlar Ligasi yarim finalida Xosep Gvardiola “Barselona”si bilan bahsga kirishi lozim edi. Kataloniyaliklar vulqon otilishi natijasida kelib chiqqan quyuq tutun tufayli Milanga avtobusda borishga majbur bo‘ladi. O‘sha o‘yindan keyin Zlatan Ibragimovich Gvardiolani haqorat qiladi, “Barselona” esa yana bir bor tarixga kirish imkoniyatidan mosuvo bo‘ladi.

    Zlatanning 70 millionlik transferi

    Ushbu yarim final o‘yinidan oldin jamoalar guruh bosqichida ham to‘qnash kelgandi: Milanda durang qayd etilgan bo‘lsa, Kataloniyada “ko‘k-anorranglilar”ning qo‘li baland keladi.

    Garchi tarkibida Eto’O, Milito va Sneyder kabi futbolchilar bo‘lgan Mourinyo jamoasi A Seriyada ustunlik qilayotgan bo‘lsa ham guruh bosqichi natijalariga ko‘ra katalonlar uchrashuvning favoriti edi. Qolaversa, mavsum boshida “Inter” yo‘qotishga duch kelgandi. “Barselona” “Real”ning Krishtianu Ronalduni sotib olganiga javoban Ibragimovichni “Inter”dan qariyb 70 million yevro evaziga sotib olgandi.

    “U o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng kiyinish xonasiga kirdi va Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish uchun ketishi kerakligini aytdi”, — degandi Mourinyo o‘shanda futbolchining ketishi haqida.

    Ibragimovichning “Barselona”dagi muammolari

    “Barselona”da Ibragimovichning ishlari yurishmadi. U va Gvardiola murosaga kelishi qiyin kechadi (Ibragimovich bu mojarolar haqida “Men — Zlatanman” nomli avtobiografik kitobida batafsil hikoya qilgan). Pep Messini markazga o‘tkazadi, Zlatan esa bundan norozi bo‘ladi va nima uchun o‘ynamayotganini bilish uchun rahbariyatga murojaat qiladi. Ammo bu yordam bermaydi, balki aksincha vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. Gvardiola Zlatanga e’tibor bermay qo‘yadi, uchrashib qolgan vaqtlarda esa qo‘l bermaydi va ochiqchasiga u tarafga qaramaslikka odatlanadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Kiyinish xonasida o‘zimni tashlandiq odamdek his qilardim, Gvardiola esa menga biron bir g‘alati buyumga qaragandek nazar tashlardi”, — deya eslagandi futbolchi. Hatto ular bu masalada Tyerri Anri bilan o‘zaro hazillashib ham turgan:

    — Ey, Zlatan, u bugun sen tomonga qaradimi?

    — Yo‘q, men uni orqasidan ko‘rdim.

    — Tabriklayman, ishlar yaxshilanmoqda.

    Aytishlaricha, Pep hozir ham futbolchilar bilan gaplashmaydi, ammo uning qaysidir futbolchini shunchaki e’tiborsiz qoldirishi kutilmagan holatdir. Umuman olganda, Ibragimovich yomon harakat qilmagandi — mavsum davomida 16 ta gol va 8 ta golli uzatma. “Arsenal”ga qarshi chorak final o‘yinida dubl qayd etgan bo‘lsa, o‘zining birinchi “El-Klasiko”sida g‘alaba to‘pini kiritadi.

    Vulqon va 16 soatlik yo‘l azobi

    Ana shunday kayfiyatda jamoa “Inter” bilan dastlabki yarim final uchrashuvini o‘tkazish uchun Milanga borishi kerak edi. Ammo vulqon otilishi tufayli Yevropada ma’lum vaqtga aviaparvozlar to‘xtatib qo‘yiladi. “Barselona” Italiyaga avtobusda borishga qaror qiladi, bu 16 soatni olardi.

    Ibragimovich ushbu “sayohat”ni boshqacha eslaydi: “Avtobusda borishga majbur bo‘ldik. Ushbu sayohat tom ma’noda falokatga aylandi. Bu 16 soat davom etdi, Milanga yetib borganimizda barchamiz haddan tashqari charchagandik”.

    Shu tariqa “Barselona” qiyin ahvolga tushib qoladi: uzoq yo‘l, o‘z uydagi tetik raqib, italiyalik muxlislar va ichki nizolar. Natijada, “Inter” 3:1 hisobida g‘alaba qozonadi, 60-daqiqada esa Zlatan almashtiriladi. “Barselona” finalga chiqish uchun ayni paytda “Kamp Nou”dagi javob uchrashuvida kamida 2 ta gol urishi kerak edi.

    Pep javob uchrashuvida ham Zlatanni asosiy tarkibga kiritadi, boisi hal qiluvchi o‘yinlarda u odatda yaxshi harakat qilardi, shuning uchun bir amallab chidab turish mumkin edi. Uchrashuvning 25-daqiqasida “Inter” a’zosi Tiago Motta maydondan chetlatiladi. Shundan so‘ng Gvardiola sxemani o‘zgartirish uchun Ibragimovichni yoniga chaqiradi. Shu paytda ularning yonida Mourinyo paydo bo‘ladi va ispaniyalikning qulog‘iga nimadir deb shivirlaydi.

    “Men uning yoniga borib: Oldindan bayram qilma, o‘yin hali yakuniga yetgani yo‘q, dedim”, — eslagandi Joze ancha yillardan keyin.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    “Barselona” “Inter” darvozasiga samarasiz hujumlar uyushtirdi. Ibra yana 63-daqiqada zaxiraga olindi. O‘yin tugashiga yetti daqiqa qolganida Pike milanliklar darvozasini ishg‘ol etadi, ammo juda kech edi. “Inter” esa intizomli himoyasi bilan finalgacha yetib boradi va u yerda “Bavariya”ni 2:0 hisobida mag‘lub etadi.

    Ibragimovich birorta ham gol urolmagan yarim final o‘yinlaridan so‘ng murabbiy unga bo‘lgan ishonchni yo‘qotadi. Shu tariqa Zlatan “Vilyarreal”ga qarshi navbatdagi o‘yinda zaxirada qoladi va bor-yo‘g‘i besh daqiqaga maydonga chiqadi. Endigi faollashish navbati “Shvetsiya vulqoni”ga kelgandi. O‘yindan so‘ng darg‘azab Ibragimovich kiyinish xonasiga kirib, Gvardiolaga hamla qiladi. Zlatanning o‘zi sodir bo‘lgan voqeani quyidagicha tasvirlab bergandi: “Mening asosiy dushmanim kiyinish xonasida taqir boshini ishqalab turardi. O‘shanda ko‘zimga katta metall shkaf ko‘rindi. Men shkafni tepdim va Gvardiolaga baqirdim: Sen qo‘rqoqsan, Mourinyoga yutqazding, uning oldida qanchalik noshud ekanligingni ko‘rsatding”. Ispaniyalik esa shkafni joyiga qo‘yib, xonadan chiqib ketadi.

    Agar o‘sha Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonilgan taqdirda “Barselona” ketma-ket uch marta musobaqada g‘alaba qozongan ilk jamoaga aylanardi (2009, 2010 va 2011-yillarda) va bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Real”ni 7 yilga ortda qoldirgan bo‘lardi. Kiyinish xonasida sodir bo‘lgan voqeadan bir qancha vaqt o‘tgach Pep Zlatanga boshqa uning xizmatlariga ehtiyoj sezmasligini aytadi. Uning o‘rniga “Valensiya”dan David Vilya keladi. Shved esa “Milan”ga yo‘l oladi — avval ijara, keyinchalik esa to‘laqonli asosda.

    Ehtimol, “Barselona” avtobusda uzoq vaqt yurgani uchungina “Inter”ga yutqazmagandir, Zlatan va Gvardiola esa baribir qachondir janjallashgan bo‘lardi. Ammo bularning barchasiga qaysidir ma’noda vulqon otilishi ta’sir ko‘rsatgani haqida o‘ylash juda qiziq.

    Mavzuga doir:

    • Bir futbolchi tarixi. “Real”dan badarg‘a qilingan “billur oyoq”li Garet Beyl haqida
    • “Rim imperatori”, Madrid himoya qo‘rg‘oni va “o‘zga sayyoralik”. Dunyoning eng sadoqatli futbolchilari haqida
    • “Real”dan “Bavariya”gacha. Yevropaning 2020-yilda eng ko‘p gol urgan jamoalari
    • Qo‘shiqchidan jurnalistgacha. Dunyo futboli yulduzlarining “ilhom parilari” kimlar? (foto)

    08.03.2021, 17:00   Izoh (0)   23223
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Futbolda yangi savol: Mbappe zo‘rmi yoki Holand?

    08.03.2021, 16:00

    Gretsiyalik chaqaloq muxlis, parvozlar va Avstraliya kapalaklari. Fevral oyining sportga oid eng sara suratlari

    08.03.2021, 15:01

    Fakt: Faqat “Liverpul” va Liga 1 autsayderi 2021-yildagi uy uchrashuvlarida o‘yindan gol ura olmayapti

    08.03.2021, 14:00

    Harri Keyn va Son Hyon Min APL rekordini o‘rnatdi

    08.03.2021, 13:01

    “Liverpul” Angliya chempionatida 69 yil ichidagi eng yomon natijani qayd etdi

    08.03.2021, 12:17

    Islom Maxachev: “Menga kuchli raqiblar kerak, barchasini yer tishlatishga tayyorman”

    08.03.2021, 11:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Esports World Cup Chess. Magnus Karlsen mukofot jamg‘armasi 1,5 mln dollar bo‘lgan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 2 avgust, 14:40

    O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 14:30

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.