“Liverpul” Premyer Liga doirasida bo‘lib o‘tgan 7-mart kungi o‘yinda “Fulhem”ga yutqazib qo‘ydi (0:1).
“Liverpul” 2021-yilda “Enfild”da faqat bitta gol urishga erishdi. Muhammad Saloh “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda (1:4) penaltini aniq ijro etgandi.
“Qizillar” Yevropa top-5 ligalari klublari orasida yil boshidan beri chempionatda o‘yindan gol ura olmagan ikkita jamoaning biri bo‘lib turibdi. “Liverpul”dan bilan birga bu ko‘rsatkichni Fransiya chempionatining so‘nggi pog‘onasida borayotgan “Dijon” qayd etmoqda.
Qayd etish joiz, 2021-yilgi APL uy o‘yinlarida “Liverpul” raqiblar darvozasi tomon 83 marta zarba bergan, top-5 ligalarda faqat beshta jamoa bundan yaxshiroq natijaga ega.
Yurgen Klopp shogirdlari 28 o‘yindan keyin 43 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.
Mavzuga doir: “Liverpul” Angliya chempionatida 69 yil ichidagi eng yomon natijani qayd etdi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)