Yengil vazn toifasida harakat qilayotgan UFC jangchisi Islom Maxachev (19-1) Dryu Doberga (23-10) qarshi jangdagi g‘alabadan keyin top jangchilar bilan bellashishga loyiqligini aytdi.
UFC’da anchadan beri jang qilmaganim mening aybim emas. Barchasiga aqlbovar qilmas 2020-yil aybdor. Men bir necha yil oldinroq top-5 kirishga haqli edim.Maxachev UFC 259 musobaqasida bo‘lib o‘tgan jangda Doberni uchinchi raundda bo‘g‘ish usulini qo‘llab, taslim etdi.Endi menda ketma-ket 7 ta jangdan iborat g‘alabali seriya bor. Shunday ekan, menga top raqib kerak. Kim bo‘lsin, farqi yo‘q. Barchasini yer tishlatishga tayyorman.
Hozir Rafael dos Anyos va Toni Fergyuson bo‘shligini bilaman. Ikkalasi bilan ham jang qilishga tayyorman. Shunchaki menga top jangchilardan birini bering.
Dryu Dober juda qattiq yigit ekanini bilardim. U juda yaxshi zarbaga ega, shu sabab shunday yo‘lni tanladim: parterga olish va nazorat.
Islom Maxachev, UFC jangchisi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)