• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident siyosatidan ilhomlanib 4 mlrd so‘mga nodavlat bog‘cha tashkil qilgan qashqadaryolik tadbirkor vazirlik e’tiborsizligi sabab bog‘chani yopishga majbur bo‘layotganini aytmoqda

    Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida Prezident siyosatidan ilhomlanib, qiymati 4 milliard so‘m bo‘lgan bolalar bog‘chasini tashkil qilgan tadbirkor Vahob Norsafarov Maktabgacha ta’lim vazirligi e’tiborsizligi sabab bog‘chani yopishga majbur bo‘lmoqda.Bu haqda “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan tadbirkor mazkur muammo bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali bir necha marotaba chiqish qilganini, biroq muammo hamon hal etilmayotganini aytmoqda.

    Vahob Norsafarov.

    Vahob Norsafarov.
    Foto: “Daryo”

    “Prezidentning 2018-yil 5-apreldagi ‘Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi qarori bo‘yicha biz 2019-yil may oyida 168 o‘rinli bog‘cha tashkil qildik. Muhtaram Prezidentimizning qaroriga ilova qilingan ‘Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida’gi Nizomning 97-moddasiga asosan xususiy-sheriklik asosida tashkil etilgan bog‘chamizning rahbarlari-yu tarbiyachilarining ish haqiga subsidiya berish ko‘rsatib o‘tilgan. Chunki, biz bog‘chamizni o‘zimizning tayyor binomiz negizida, o‘zimizga tegishli yerdan tashkil qilgan edik. Lekin Maktabgacha ta’lim vazirligi bizga berilishi lozim bo‘lgan imtiyozlar Vazirlar Mahkamasining qarorida ko‘rsatilmagan, degan vajni aytmoqda. Biroq normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonunda qarorlardagi nomutanosibliklar, tafovutlar vujudga kelganda yuridik maqomi yuqori tashkilot qarorlari amal qilinadi deb belgilangan. Prezident qarorida bog‘cha tashkil qilgan tadbirkorlar uchun bir nechta imtiyozlar ko‘rsatib o‘tilgan. Shu jumladan, maktabgacha ta’lim sohasidagi xususiy sherikning tarbiyachilari, musiqa o‘qituvchilari va yana boshqa bir qancha ishchilarning ish haqiga subsidiya berish ko‘rsatib o‘tilgan. Shuning uchun biz hozirgi vaziyatda maktabgacha ta’lim vaziriligidan Prezident qaroriga ilova qilingan ‘Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida’gi nizomning 97-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan yordam berilishini va Prezident qarori so‘zsiz bajarilishini so‘rayapmiz”, — deydi tadbirkor Vahob Norsafarov.

    Ma’lum bo‘lishicha, dehqonobodlik tadbirkor Vahob Norsafarov O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, maktabgacha ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor sabab ishlab turgan mehmonxonasi o‘rnida davlat-xususiy sherikligi asosida bog‘cha tashkil etishga qaror qiladi. Va 2019-yil 6-may kuni Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan bitim imzolaydi. 30 yil muddatga tuzilgan bitimga ko‘ra, tadbirkorga “Agrobank”ning Dehqonobod tuman filialidan 2 milliard so‘m imtiyozli kredit beriladi. Tadbirkorning 700 million so‘m mablag‘i va 2 milliard so‘mlik kredit evaziga 125 o‘rinli “Real kelajak” nomli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z ishini boshladi. Keyinchalik bog‘cha 168 o‘rinli qilib o‘zgartiriladi. Va tadbirkorning aytishicha, shu kunga qadar bog‘cha uchun 2 milliard so‘m kredit mablag‘i, 2 milliard so‘m o‘z mablag‘i sarflanib, jami 4 milliard so‘m sarf qilingan.

    2019-yil 5-dekabr.

    2019-yil 5-dekabr.
    Foto: Dehqonobod tuman hokimligi

    “Ayni kunda bog‘chamizda 13 nafar ishchi faoliyat yuritadi. Yana 15 ta yangi ish o‘rni yaratishni maqsad qilib turibmiz. Faqat talab qilayotganimiz, davlat rahbari qarorida ko‘rsatilganidek, ‘maktabgacha ta’lim tashkilotining direktorlari, metodistlari, tarbiyachilari, defektologlari, psixologlari, musiqa xodimlari ish haqiga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan shartlarda qo‘shimcha budjet subsidiyalarini olish huquqi’mizdan foydalanib, subsidiya so‘rayapmiz. Vazirlik esa, bu tartib Vazirlar Mahkamasi qarorida nazarda tutilmagan deyishdan nariga o‘tmayapti”, — deydi bog‘cha muassisi.

    Tadbirkor Vahob Norsafarov davlat rahbari hamda Vazirlar Mahkamasi qaroridagi tafovutlar sabab unga yordam ko‘rsatilmayotganini aytib, ijtimoiy tarmoqlar orqali bir necha marotaba chiqish qilgan. Hatto vazir Agrepina Shin qabulida ham bo‘lgan.

    2019-yil 5-dekabr.

    2019-yil 5-dekabr.
    Foto: Dehqonobod tuman hokimligi

    “Vazir Shin xonim mening muammomni eshitib, vaziyatimdan xabar topgach menga ko‘mak berilishi lozimligini aytib, o‘rinbosariga topshiriq berdi. Biroq vazir o‘rinbosari Maqsud Yo‘ldoshev vazirning topshirig‘ini bajarmadi. Bu ham yetmagandek, mening barcha murojaatlarimni qoniqarsiz javoblar bilan yopib keldi”, — deydi tadbirkor.

    Darhaqiqat, tadbirkor murojaatiga javoban vazirlikdan Maqsud Yo‘ldoshev imzosi bilan bir nechta javob xatlari kelgan. Jumladan, 2019-yil 2-oktabrdagi javob xatida vazir o‘rinbosari Maqsud Yo‘ldoshev tadbirkorga uning murojaatiga ko‘ra, vazirlik va tadbirkor o‘rtasida 2019-yil 6-may kuni imzolangan bitimdagi ayrim xatoliklar to‘g‘rilanib, qayta imzolash uchun yuborilayotganini bildirgan. Biroq xodimlarining ish haqi uchun so‘ralayotgan subsidiya rad etilganini bayon qilgan. Vazir o‘rinbosari subsidiya rad etilishiga “Real kelajak” vazirlikning qayta tashkil etishni nazarda tutuvchi shaklida barpo etilganini sabab qilib keltirgan. Undan keyingi javob xatlarida ham shu so‘zlar takrorlangan.

    “Men tashkil qilgan bog‘cha ishlab turgan mehmonxonam o‘rnida tashkil etilgan. Maqsud Yo‘ldoshev esa buni inobatga olmayapti. ‘Sizning bog‘changiz vazirlikning qayta tashkil etishni nazarda tutuvchi shaklida barpo etilgan’, deya yangilanayotgan bitimimizga subsidiya olish haqidagi talabni kiritishni rad etmoqda. Vazirning shaxsan o‘zi mening bu talabimni qo‘llab-quvvatlab, yordam berilishini aytgandi. Vazir o‘rinbosari nega vazirning topshirig‘ini bajarmayapti”, — deydi Vahob Norsafarov.

    Tadbirkorning qo‘shimcha qilishicha, u bu masala yuzasidan nafaqat Maktabgacha ta’lim vazirligiga, Prezident virtual qabulxonasi, biznes-ombudsman, viloyat rahbari-yu tuman hokimigacha murojaat qilgan va yordam so‘ragan.

    “Prezidentimiz bolalar bog‘chalarini ko‘paytirib, qamrovni kengaytirish haqida topshiriq berganda buni bajarishni joylardagi rahbarlar, viloyat hokimlari-yu tuman rahbarlariga vazifa qilib topshirgandi. Bunday vaziyatda esa, hokimlar biz tadbirkorlardan ko‘mak so‘ragan va tashabbus bilan chiqishimizni kutgan. Shaxsan men o‘sha paytda tashabbus bilan chiqdim va ayni kunga kelib, vazirlik e’tiborsizligi sabab 4 milliard so‘m sarflangan bog‘cham faoliyatini to‘xtatishimga to‘g‘ri kelmoqda. Sababi 2020-yilda bog‘chamiz 67 million so‘m zarar bilan yilni yakunlagandi. Tadbirkor sifatida bu mablag‘ni o‘z hisobimdan qopladim, albatta. Bu yil ham shunday zarar bilan ishlayotganimiz sabab davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz — xodimlar maoshi uchun beriladigan subsidiyadan umid qilgandik. Ammo vazirlik bizni bu imkoniyatdan mosuvo qilmoqda. Haqimizni talab qilsak, hatto murojaatlarimizni o‘rganishni rad etib javob bermoqda”, — deydi bog‘cha ta’sischisi.

    2019-yil 5-dekabr.

    2019-yil 5-dekabr.
    Foto: Dehqonobod tuman hokimligi

    Tadbirkorning bildirishicha, holat shu tarzda davom etadigan bo‘lsa, mart oyida 168 o‘rinli bog‘cha faoliyati tugatilib, yaratilgan 13 ta va tashkil etilishi mo‘ljal qilingan 15 ta yangi ish o‘rni tugatiladi.

    Hujjatlardan ma’lum bo‘lishicha, mazkur muammoni Prezident huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil D.Qosimov ham o‘rgangan va vazir Agrepina Shinga rasmiy xat bilan chiqib, tadbirkor bilan vazirlik o‘rtasidagi bitim qayta imzolangan bo‘lsa-da, tadbirkor talab qilayotgan asosiy masala bitimga kiritilmayotgani bildirilgan. Hamda tadbirkorga yordam berilishi lozimligi, bitimga tegishli tartibda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish lozimligi talab qilingan va 5 kunlik muddat ichida ombudsmanga asoslantirilgan javob taqdim etilishi so‘ralgan. Biroq, bizdagi hujjatlarga ko‘ra, biznes-ombudsmanning mazkur xati javobsiz qolgan.

    Foto: “Daryo”

    Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmatining “Daryo” so‘roviga javob berishicha, mazkur muammo hokim Zoir Aliqulov boshchiligida prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i hamda mas’ul tashkilotlar ishtirokida muhokama qilingan.

    “Muhokamada barcha tashkilot mas’ullari — hokim Zoir Aliqulov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Ochil Xo‘janov, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Mahmanazar Tangriyevlar tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash niyatida ekanligini, tumandagi 168 o‘ringa mo‘ljallab barpo etilgan zamonaviy bog‘cha faoliyat yuritishidan umidvorligini bildirdi. Va masalaga oydinlik kiritish maqsadida yuqori turuvchi tashkilotlarga taklif berishlarini ma’lum qildi”, — deyiladi hokimlik axborot xizmati taqdim etgan ma’lumotda.

    2019-yil 5-dekabr.

    2019-yil 5-dekabr.
    Foto: Dehqonobod tuman hokimligi

    “Daryo” muxbiri ayni masala yuzasidan Qashqadaryo viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Asror Alimardonov bilan ham suhbatlashdi.

    “Vazirimiz Agrepina Shin bilan mazkur masalada suhbatlashib, tadbirkorga qo‘limizdan kelgan yordamni beramiz va bog‘cha faoliyatini davom ettiramiz”, — dedi Asror Alimardonov.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    06.03.2021, 09:31   Izoh (0)   50370
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarga ajratilgan uyda fohishaxona tashkil qilgan ayol aniqlandi

    06.03.2021, 08:08

    Navoiy xalqaro aeroporti MDHdagi “Eng yaxshi aeroport—2020” tanlovi g‘olibi bo‘ldi

    06.03.2021, 07:56

    Toshkent viloyatida fuqaroni 5 ming dollar evaziga DXXga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

    05.03.2021, 23:57

    Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi 8-martdan boshlab Urganchga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

    05.03.2021, 23:42

    Abdulaziz Komilov Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbarini qabul qildi

    05.03.2021, 23:27

    O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida yuborilgan 4,5 tonna qadoqlangan shprislar qabul qilindi

    05.03.2021, 23:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentdagi avtohalokatda 20 yoshli yigit vafot etdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:29

    Arman Sarukyan Iliya Topuriyani jangga chorladi

    Sport | 26 iyul, 17:25

    Muxlislarga syurpriz: mashhur obrazlarini filmlarda qayta gavdalantirgan aktyorlar

    Kino | 26 iyul, 16:47

    NASA xodimlarining soni 21 foizga qisqaradi

    Dunyo | 26 iyul, 16:15

    “Al-Hilol” Aleksandr Isak uchun “rad etib bo‘lmas” taklif jo‘natdi

    Sport | 26 iyul, 16:10

    Chirchiq daryosida noqonuniy qum-shag‘al qazib olgan mansabdor 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 16:00

    “Tetris” 40 yoshda: bolalikda o‘ynalgan videoo‘yinlar asosida yaratilgan filmlar

    Kino | 26 iyul, 15:37
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.