Nurullan Yerlepesov Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining Moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ushbu lavozimda u Chimboy tumaniga hokim etib tayinlangan Aybek Tajetdinov o‘rnini egalladi.
Nurullan Yerlepesov mehnat faoliyati davomida Qoraqalpog‘iston Monopoliyadan chiqarish hamda raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, O‘zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Mashinasozlik hamda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va eksportga mo‘ljallangan sanoat tadqiqotlari markazi direktori, ushbu vazirlikning sanoat mahsulotlari bozorini rivojlantirish hamda barqarorlashtirish strategiyasi departamenti boshlig‘i, O‘zbekiston Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Sanoat siyosatini yuritish departamenti direktori kabi mas’uliyatli lavozimlarda ishlab kelgan.
Avvalroq Qoraqalpog‘istonning Transport va Mehnat vazirliklari rahbarlari o‘zgargani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)