• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Kollektivlashtirish dushmani, o‘ngchi kommunist, akademik. Nikolay Buxarin nega sudlangan edi?

    Nikolay Ivanovich Buxarin rus inqilobchisi, sovet siyosatchisi, davlat va partiya arbobi edi. U 1917-1934-yillarda kompartiya Markaziy Qo‘mitasi a’zosi, 1934-1937-yillarda KPSS(b) Markaziy qo‘mitasi a’zosi, 1919-1924-yillarda RKP(b) Markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosi a’zosi, 1924-1929-yillarda VKP(b) Markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosi a’zosi sifatida faoliyat olib borgan. “Daryo”  o‘ngchi kommunistlar lideri, kollektivlashtirish siyosatiga ashaddiy qarshilik ko‘rsatgan siyosatchi, SSSR Fanlar akademiyasining akademigi Nikolay Ivanovich Buxarinning hayot yo‘li va ayanchli o‘limi haqida hikoya qiladi. 

    Buxarin o‘zi kim edi?

    Buxarin oddiy maktab o‘qituvchilari Ivan Gavrilovich Buxarin va Lyubov Ivanovna Izmailovalar oilasida dunyoga kelgan. U avval Birinchi Moskva gimnaziyasida, uni tugatganidan so‘ng esa 1907-yildan Moskva Universitetining yuridik fakulteti iqtisodiyot bo‘limida tahsil oldi. Biroq u o‘qishini tamomlashga muvaffaq bo‘lmaydi – Buxarinni 1911-yilda inqilobiy faoliyatga aloqadorlikda ayblab hibsga olishadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1905-1907-yillardagi inqilob paytida u o‘zining eng yaqin do‘sti Ilya Erenburg bilan birgalikda Moskva universiteti talabalari tomonidan tashkil etilgan talabalar namoyishlarida faol ishtirok etdi. 1906-yilda u bolsheviklar safiga qo‘shilib, sotsial-demokratik ishchi partiyasiga a’zo bo‘ladi. 19 yoshli Buxarin 1907-yilda keyinchalik komsomolning asoschilaridan deya e’tirof etilgan Grigoriy Sokolnikov bilan Moskvada yoshlar konferensiyasini tashkil qildi.

    Buxarinning siyosiy faoliyati

    1912-yilda Buxarin Krakovda Lenin bilan uchrashdi va keyinchalik u bilan do‘stona munosabatlarni o‘rnatdi. Sotsializmning yirik namoyondalaridan biri hisoblangan Bogdanov Buxarinning qarashlari shakllanishida muhim o‘rin tutadi.

    1912-yilning kuzida noqonuniy yo‘l bilan Avstriya-Vengriyaga borgan Buxarin 1914-yilda – birinchi jahon urushi boshlanishi bilan mamlakat hukumati tomonidan josuslikda ayblanib hibsga olinadi va Shveysariyaga surgun qilinadi. 1916-yilda u Fransiya va Angliya orqali Stokgolmga yo‘l oladi.  Shvetsiyada u soxta – Moisha Dolgolevskiy ismi bilan yashagan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    U AQSh Kommunistik partiyasini tuzish rejalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etadi. Umuman olganda, Buxarin sotsialistik partiyaning va butun Amerika so‘lchilar harakatining kelajagi uning qo‘lida bo‘lgan kam sonli kishilardan biri edi.

    1915-yilda Buxarin XX asr boshlarida kapitalizmning xususiyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan “Jahon xo‘jaligi va imperialism” asarini yozadi, bu kitobning muqaddimasi Leninga tegishli edi. Boshqa tomondan, sotsial-demokratlar o‘rtasida birinchi jahon urushi boshlanishi bilan boshlangan muhokamada xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi to‘g‘risida Buxarin Lenin va uning tarafdorlari (xususan, Stalin va Zinoviyev) pozitsiyasiga qarshi chiqadi. Lenin Buxarin va uning safdoshi Pyatakovning qarashlarini “marksizm karikaturasi” deb atagan va ularni siyosiy masalalarni iqtisodiy masalalardan ajrata olmaslik bilan bog‘liq bo‘lgan 1890-yillarning iqtisodiga qaytish deb hisoblagan.

    1917-yilgi fevral inqilobidan so‘ng Buxarin darhol o‘z vataniga qaytishga qaror qildi, ammo u Rossiyaga faqat 1917-yilning may oyiga kelibgina qaytib kelishga muvaffaq bo‘ldi, chunki undan oldin Buxarin Yaponiya hududida hibsga olingan edi.

    Buxarin – nazariyachi va iqtisodchi

    1917-yilda VI qurultoyda Buxarin RSDP (b) Markaziy qo‘mitasining a’zosi etib saylanadi, 1917-yil oktabr inqilobi davrida radikal so‘lchi pozitsiyani egallab, targ‘ibot ishlarida faol qatnashadi. 1918-yildagi qisqa tanaffusni hisobga olmaganda ko‘p yillar davomida u “Pravda” gazetasining bosh muharriri sifatida faoliyat olib boradi. U ishlab chiqarishni milliylashtirish va Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashi boshchiligidagi iqtisodiy boshqaruv organlarini yaratish bo’yicha takliflarni ishlab chiqqan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1918-yil may oyida Buxarin mashhur “Kommunistlar dasturi” risolasini nashr ettiradi. “Ijarachilarning siyosiy iqtisodiyoti” va “Jahon iqtisodiyoti va imperializm” asarlari nashr etilgandan so‘ng u RKP (b)ning yetakchi nazariy iqtisodchilaridan biriga aylandi. 1919-yil mart oyida Buxarin RKP (b) Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosining nomzod a’zosi etib saylandi. U 1919-1920-yillarda Komintern Ijroiya qo‘mitasining a’zosi edi.

    1919-yil 25-sentabrda Buxarin terrorchilik harakatining qurboniga aylandi: u anarxist terrorchilar tomonidan Leontiyevskiy ko‘chasidagi kompartiya Markaziy qo‘mitasi binosiga tashlangan bomba tufayli yaralangan.

    1919-yil oktabrda u Yevgeniy Preobrazenskiy bilan birgalikda “Kommunizmning alifbosi” kitobini yozadi, keyinchalik bu kitob 20 martadan ko‘proq qayta nashr qilingan.  1920-yil may oyida Buxarinning (qisman Georgiy Pyatakov bilan hammualliflikdagi) “O‘tish davri iqtisodiyoti. I qism: Transformatsiya jarayonining umumiy nazariyasi” asari nashrdan chiqadi.  Ushbu asarlar Lenin tomonidan ijobiy qabul qilingan, ammo u Buxarin tomonidan bir qator masalalarning marksizm emas, balki A.A.Bogdanov tomonidan ishlab chiqilgan tektologik nazariya nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqilayotganiga ishongan va buning uchun muallifni tanqid ham qilgan.

    Umuman olganda, Buxarinning 1918-1921-yillardagi asarlari mamlakat iqtisodiyotida iqtisodiy bo‘lmagan usullarni keng qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan “harbiy kommunizm” amaliyotining kuchli ta’siri ostida yozilgan edi.

    Trotskiyga qarshi kurash va Stalin bilan bo‘lgan kelishmovchiliklar

    1923-yilning noyabrdan Buxarin “trotskiychi” chap oppozitsiyaga qarshi faol kurash olib boradi. 1924-yil 21-yanvarda ro‘y bergan Leninning o‘limi uning eng yaqin o‘rtoqlaridan biri bo‘lgan Buxarin uchun jiddiy ruhiy zarba bo‘ladi. Leninning vafotidan so‘ng u Markaziy qo‘mita siyosiy byurosiga o‘tkaziladi (1924-yil 2-iyun) va partiya va davlatning eng nufuzli rahbarlaridan biriga hamda Stalinning yaqin do‘stiga aylanadi. Bunga Stalinning Buxarinni “Nikolasha” yoki “Buxarchik” deb atagani ham misol. Trotskiy, Kamenev va Zinovyevlarga qarshi kurashda, shuningdek, Trotskiyning so‘nggi mag‘lubiyatida Buxarin Stalinga katta yordam ko‘rsatdi.

    “Harbiy kommunizm”ning muvaffaqiyatsizliklari sabablarini tahlil qila turib Buxarin Lenin e’lon qilgan yangi iqtisodiy siyosatning faol tarafdorlaridan biriga aylandi.  Lenining vafotidan keyin u NEPga muvofiq keyingi iqtisodiy islohotlar zarurligini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, Buxarin Trotskiyning jahon inqilobi haqidagi g‘oyasiga qarshi bo‘lgan “alohida bir mamlakat sotsializmi” stalinistik nazariyasini ishlab chiqishda qatnashgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1928-yilda u kollektivlashtirishning kuchayishiga qarshi chiqdi. 1928-yil 30-sentabrda “Pravda”da nashr etilgan “Iqtisodchining qaydlari” maqolasida Buxarin agrar va sanoat sektorining yagona maqbul inqirozsiz rivojlanishini va boshqa barcha yondashuvlarni avantyura deb e’lon qildi va bu Stalinning umumiy jamoalashtirish va sanoatlashtirish siyosatiga zid edi.

    Buxarin – boshqaruvchi va jurnalist

    Buxarin bolsheviklar partiyasining eng bilimdon vakillaridan biri deb hisoblangan. U fransuz, ingliz va nemis tillarini yaxshi bilar edi. Kundalik hayotda Buxarin samimiy va mehmondo‘st, muloqotda bo‘lishga tayyor inson bo‘lgan.  Hamkasblari uni “Kolya-balabolka” deb chaqirgan.

    1929-1932-yillarda u SSSR Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashi Prezidiumining a’zosi, ilmiy-texnik bo‘lim boshlig‘i edi.  1932-yildan esa SSSR Og‘ir sanoat xalq komissarligi hay’ati a’zosi sifatida faoliyat olib borgan. 1931-1936-yillarda u “Sotsialistik qayta qurish va fan” (“SoReNa”) ilmiy-ommabop jurnalining noshiri bo‘lib ishlagan. 1929-yil 12-yanvarda u SSSR Fanlar akademiyasining ijtimoiy va iqtisodiy fanlar bo‘yicha haqiqiy a’zosi etib saylanadi.

    Buxarin proletariat diktaturasidan sotsialistik gumanizmga o‘tish imkoniyati nazariyasini ilgari surgan, jamiyatdagi inqilobning aksi sifatida ilm-fandagi inqilob haqida fikr yuritgan.

    1934-yil 26-fevraldan 1937-yil 16-yanvargacha u “Izvestiya” gazetasining bosh muharriri vazifasini bajargan. Buxarinning nomi o‘sha davrdagi ziyolilarning bir qismining birlashgan davlat siyosatini takomillashtirish umidlari bilan bog‘liq edi.  Buxarin Maksim Gorkiy bilan iliq munosabatlarda bo‘lgan, Osip Mandelstam va Boris Pasternak hokimiyat bilan ziddiyatlarda uning yordamidan foydalanganlar.

    Repressiya va qatl

    1936-yilda Birinchi Moskva sudida Kamenev, Zinovyev va boshqa ayblanuvchilar “o‘ng blok” yaratuvchilari Buxarin, Rikov va Tomskiyga qarshi ko‘rsatmalar beradilar.  Buxarin Markaziy Osiyoda ta’tilda bo‘lganida unga qarshi qo‘zg‘atilgan ish haqida xabar topadi. Sud jarayonidan so‘ng, 1936-yil 1-sentabrda Buxarin Voroshilovga shunday deb yozgan edi: “Qotil Kamenev odamlarning eng jirkanchi, itlar otilganidan juda xursandman”. Ammo 1936-yil 10-sentabrda “Pravda” to‘satdan SSSR prokuraturasi Buxarin va Rikovga qarshi tergovni tugatganligi haqida xabar berdi.

    1937-yil yanvarda, Ikkinchi Moskva sudida yana Buxaringa qarshi “fitna faoliyatini olib borganlik” ayblovi qo‘yiladi. Matbuotda va partiya yig‘ilishlarida Buxarinni faol tanqid va ta’qib qilish boshlanadi. 1937-yil fevral oyida Buxarin o‘ziga qo‘yilgan ayblovlardan norozilik belgisi sifatida ochlik e’lon qiladi. Ammo Stalin unga “Siz kimga ultimatum qo‘yyapsiz, Markaziy qo‘mitagami?” deya murojaat qilganidan so‘ng Buxarinning ochligi majburan to‘xtatiladi. 1937-yil fevralda Markaziy Qo‘mita plenumida u partiyadan o‘chiriladi va 27-fevralda hibsga olinadi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    U aybsizligini ta’kidlab partiyaga ochiq xat yozadi. Buxarinning ayolining xotiralaridan yozib olingan xat 1980-yillarda nashr qilingan.

    Lubyankadagi qamoqxonadaligi davrida u “Fashizmda madaniyatning tanazzulga uchrashi”, “Falsafiy arabeskalar” kitoblari, “Vaqtlar” avtobiografik romani ustida ishlagan, she’rlar yozgan.

    Buxarin Rikov bilan birga “Sovetlarga qarshi trotskiychilar bloki” ishi bo‘yicha sud jarayonining asosiy ayblanuvchilardan biri edi. Deyarli barcha sudlanuvchilar singari u ham aybini tan oldi va qisman ko‘rsatma berdi. So‘nggi so‘zida u o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad qilishga urinadi.

    1938-yilning 13-martida SSSR Oliy sudining harbiy kengashi Buxarini aybdor deb topadi va Anastas Mikoyan boshchiligidagi komissiya qarori asosida Buxarin o‘limga hukm qilinadi. Avf etishish to‘g‘risidagi da’vo arizalari rad qilinadi va ikki kundan keyin u Moskva viloyatidagi Kommunarka poligoniga olib ketiladi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    1937-yil 21-mayda SSSR Fanlar akademiyasining umumiy yig‘ilishida haqiqiy a’zolar safidan o‘chirilgan Buxarin 1938-yilning 15-martida otib o‘ldiriladi.

    Dilbar Ismatullayeva tayyorladi.

    04.03.2021, 23:40   Izoh (0)   35359
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Britaniya qirollik oilasining xizmatchilari shahzoda Garrining rafiqasi Megan Marklni tazyiq o‘tkazish va tahqirlashda aybladi

    04.03.2021, 21:26

    Angela Merkel Wirecard kompaniyasining firibgarligi bo‘yicha Bundestagda guvohlik beradi

    04.03.2021, 18:23

    Suriyadagi zarbalardan keyin AQShda senatorlar Jo Baydenga harbiy kuch qo‘llashni taqiqlamoqchi

    04.03.2021, 17:12

    Germaniyada karantin muddati 28-martgacha uzaytiriladi

    04.03.2021, 15:22

    AQSh dunyoda demokratiyani kuch bilan o‘rnatishdan voz kechishga va’da berdi

    04.03.2021, 13:11

    AQShda Kongress yig‘ilishi Kapitoliyga hujum uyushtirilish xavfi tufayli bekor qilindi

    04.03.2021, 12:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.