• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda chaqaloqlarni ro‘yxatdan o‘tkazmagan tug‘ruqxonalarning 14 nafar mansabdori jarimaga tortildi

    Davlat xizmatlari agentligi yanvar oyida Toshkent shahrida joylashgan tug‘ruqxonalar tomonidan tibbiy ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritish va FHDYo bo‘limlariga yuborish holatini o‘rgandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Depositphotos

    Foto: Depositphotos

    O‘rganishlar natijasida jami tug‘ilganlik haqidagi 703 ta hamda perinatal o‘lim bo‘yicha 3 ta ma’lumotnoma tizimga kiritilmagani aniqlangan. Shuningdek, tug‘ilganlik haqidagi 888 ta ma’lumot belgilangan muddatdan kechikib kiritilgani qayd etilgan.

    “Buning oqibatida, aniqlangan holatlar yuzasidan 14 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy jarima jazo chorasi qo‘llanildi”, — deyiladi xabarda.

    Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi qaroriga asosan 1-yanvardan Toshkent va Nukus shahrida tug‘ilganlikni qayd etish, yashash manzili bo‘yicha doimiy ro‘yxatga qo‘yish, bir martalik mukofot pulini ajratish, poliklinikaga joylashtirish va bog‘chaga navbatga qo‘yish to‘liq avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshirilishi belgilangan.

    Mazkur xizmatlar keyinchalik, 2021-yil 1-fevraldan boshlab barcha viloyatlar markazlarida, 2021-yil 1-sentabrdan esa butun respublika hududida ko‘rsatilishi ko‘zda tutilgan.

    Qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga muvofiq, tibbiyot muassasasi xodimi bola tug‘ilgandan so‘ng, 1 kun ichida bola va ota-onasi haqidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritishi hamda ma’lumotlarni avtomatik tarzda “FHDYo yagona elektron arxivi” axborot tizimiga yuborishi va QR-kod qo‘yilgan blankda ma’lumotnoma shakllantirilishi lozim.

    Davlat xizmatlari agentligiga esa ushbu jarayonlarni nazorat qilish vazifasi yuklatilgan edi.

    Ayni shu maqsadda agentlik xodimlari yanvar oyida Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy markazi, Toshkent shahar perinatal markazi, 4-son va 5-son shahar klinik shifoxonalarining tug‘ruq bo‘limlari hamda 9 ta shahar tug‘ruq komplekslarining tibbiy ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritish va FHDYo bo‘limlariga yuborish holatini o‘rgangan.

    “Yanvar oyi davomida tug‘ilganlik haqidagi 390 ta, perinatal o‘lim haqidagi 3 ta ma’lumotlar axborot tizimiga kiritilmagan bo‘lsa, tug‘ilganlik haqidagi 888 ta ma’lumotlar belgilangan muddatdan kechiktirilib kiritilgan. Misol uchun, Toshkent shahar 8-son tug‘ruq kompleksi tomonidan 2021-yil 9-yanvarda tug‘ilgan fuqaro L.S.ning bolasi haqidagi ma’lumot 11 kundan keyin, ya’ni 21-yanvarda FHDYo bo‘limiga yuborilgan”, — deyiladi xabarda.

    Bundan tashqari, muassasalar muddat o‘tib ketgan bo‘lsa-da, ayrim tibbiy ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritmagani aniqlangan.

    “Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksi tomonidan tug‘ilishi qayd etilgan 313 nafar bolaning tibbiy ma’lumotlari axborot tizimiga kiritilmagan va FHDYo bo‘limiga yuborilmagan”, — deya qayd etilgan o‘rganish natijalarida.

    DXAning ta’kidlashicha, bu kabi holatlar “kompleks xizmatlarni ko‘rsatish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda”.

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning dekabrida Senat raisi tug‘ruqxona shifokorlari orasida qalbaki hujjatlar tayyorlab, chaqaloqni “o‘ldi”ga chiqarayotganlar ham aniqlanayotganini aytgan edi.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekistonda 2017—2020-yillarda chaqaloq savdosi bilan bog‘liq 185 ta holat aniqlangan
    • O‘zbekistonda 2020-yilda chaqaloqlarga eng ko‘p qaysi ismlar qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi
     

    27.02.2021, 20:47   Izoh (0)   20363
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida o‘chib qolgan gaz hisoblagichlarni o‘rnatish vaqtida dalolatnomalar noto‘g‘ri rasmiylashtirilgani aniqlandi

    27.02.2021, 19:32

    Ijtimoiy tarmoqlarda farzandiga zulm qilayotgan ona videosi tarqaldi. Holat bo‘yicha Toshkent IIBB ma’lumot berdi

    27.02.2021, 18:31

    Abdulaziz Komilov Moskvaga amaliy tashrif bilan boradi

    27.02.2021, 17:58

    Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashib, unga Shavkat Mirziyoyev maktubini topshirdi

    27.02.2021, 17:26

    Qashqadaryoda amakivachchasini urib, bir ko‘zini ko‘r qilgan yigit ishi prokuraturaga oshirilgani ma’lum qilindi

    27.02.2021, 17:10

    Senatning o‘n uchinchi yalpi majlisi 12-mart kuni bo‘lib o‘tadi

    27.02.2021, 16:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.