• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda bog‘bonlar gilos, o‘rik, uzum va bodom hosilidagi yo‘qotishlarni 30 foizdan 80 foizgacha baholamoqda. Bu ularning narxiga ham ta’sir qilishi mumkin

    O‘zbekistonda yanvar oyi oxiri va fevral oyi o‘rtalarida kuzatilgan anomal issiq ob-havo mevali daraxtlarning erta gullashiga sabab bo‘ldi. Biroq ob-havo keskin sovib, qor yog‘ishi tufayli mevali daraxtlar kurtaklari va gullari xavf ostida qoldi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    EastFruit meva-sabzavot biznesi portali o‘tgan haftada Farg‘ona vodiysi, Buxoro, Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridagi bog‘bonlar, dehqonlar va mutaxassislar bilan suhbatlashib, kelajakda mevali daraxtlar hosilidagi yo‘qotishlarni qanday baholayotganlari haqida so‘radi. Quyida ularning ayrimlarining fikri keltirildi. Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda yetishtiriladigan meva va rezavorlarning qariyb 70 foizini dastlabki uch hudud ta’minlaydi.

    Nizom Akbarov — Farg'ona viloyati Quvasoy shahridan bo‘lgan fermer asosan o‘rik hosilida katta yo‘qotishlar bo‘lishidan xavotirda.

    “Quvasoy bog‘dorchilikka ixtisoslashgan. Mubolag‘asiz aytishim mumkinki, bu yerda O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan barcha mevalar yetishtiriladi. Mening bog‘imda asosan uchta turdagi mevalar: gilos, shaftoli va olmalar bor. Bizning hududimizda birorta ham daraxt gullamadi. Ammo yetilgan kurtaklar ochilish arafasida.

    Yaqinlashib kelayotgan sovuq ob-havoning xavf-xatarlariga kelsak, meni ko‘proq o‘rik hosili tashvishlantirmoqda, chunki bu daraxtlar tabiatan zaif. Sovuq ob-havodan tashqari, ularning hosildorligiga yog‘ingarchilik darajasi va ob-havo sharoiti bilan bog‘liq boshqa omillar ham ta’sir qiladi. Agar ob-havo prognozi to‘g‘ri chiqsa, biz bu yil (o‘rik) hosilini butunlay yo‘qotishimiz mumkin.

    Gilos bu borada ‘turg‘unroq’, ammo sinoptiklar prognoz qilayotganidek, bunday past haroratlarda, bu yerda ham yo‘qotishlar bo‘lishi tayin. 2013-yil yoki 2014-yil mart oyining oxirida qor yog‘ib sovuq urgani esimda. O‘shanda biz gilos hosilining taxminan 35 foizini yo‘qotgandik”.

    Mahmud Oripov, qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti mutaxassisi, iqtisod fanlari nomzodi, Buxoro davlat universiteti dotsenti, kelayotgan sovuqda danakli meva hosilidagi yo‘qotishlar ushbu mevalarning navi va turiga qarab 30 foizdan 80 foizgacha bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi:

    “Fevral oyining boshlaridan yilning bu mavsumi uchun anomal va kutilmagan tarzda havo haroratining keskin ko‘tarilishi tabiatning qishki uyqudan erta uyg‘onishiga olib keldi. Natijada biz, xususan, Buxoroda bodomning, o‘rikning ayrim navlarining (lekin hammasi ham emas), shuningdek, olmaning erta navlarining gullaganini ko‘ryapmiz. Bundan tashqari, gilos, olcha va  Buxoroning mashhur ne’matlaridan biri bo‘lmish ‘qora olu’ deb nomlanuvchi qoqi tayyorlanadigan olxo‘ri gullash arafasida”.

    Yaqinlashib kelayotgan sovuq ob-havodan hosilni yo‘qotish sezilarli bo‘lishi mumkin. Agar danakli mevalar haqida aniq gapiradigan bo‘lsak, unda ularning quyidagi turlari xavfi ostida:

    • bodomning kelajakdagi hosilining 55-60 foizi;
    • gullagan o‘rik navlarining 70-80 foizi;
    • o‘rikning hali gullamagan boshqa navlarining 30-35 foizi;
    • olxo‘rining 35-40 foizi.
    Ilhom Jo‘rayev — Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi bog‘bon:

    “Bizning hududda bodom va o‘riklar gullashga ulgurgan. Prognozlarga ko‘ra, yaqinda tushadigan keskin sovuqqa o‘rikka qaraganda bodomni chidamliroq deyish mumkin. Agar shunday sovuq kelsa, o‘rik hosilining 70-80 foizini yo‘qotishimiz mumkin”.

    Samarqand viloyatining tog‘li hududlarga yaqin joylashgan boshqa tumanlaridan bo‘lgan bog‘bonlar va dehqonlar mevali daraxtlar hali gullamaganini aytgan.

    Gulpari Bozorova — Surxondaryo viloyatidan bo‘lgan fermer kelayotgan sovuq havodan nafaqat danakli meva turlari uchun, balki uzum uchun ham xavfini ko‘rmoqda:

    “Bizda o‘rik, bodom, gilos va yapon behi gulladi. Ulardan bodom gullab bo‘lib, meva tugishga ham ulgurdi. Sinoptiklar keskin sovuq tushishini, kechasi minus harorat bo‘lishini prognoz qilmoqda. Biz kelajakdagi hosildan xavotirdamiz.

    O‘rik, gilos, olma (erta navi) va behi xavf ostida. Shuningdek, uzumning kelajakdagi hosili ham xavf ostida, chunki Surxondaryoda uzum butalari qishda ko‘milmaydi. Ular ochiq holda ‘qishlaydi’. Joriy yilning yanvar oyi oxirida boshlangan keskin anomal isish uzumzorlarning bevaqt ‘uyg’onishiga’ olib keldi. Endi hosilning bir qismini yo‘qotishimiz mumkinligidan xavotirdamiz.

    Umuman olganda, hosilni yo‘qotish 30 foiz atrofida bo‘lishi mumkin. Ammo hammasidan nozigi — o‘rik. Ushbu danakli mevaning hosiliga hatto kuchli shamollar, muntazam yomg‘irlar ham ta’sir qilishi mumkin. Gullaganidan keyin havo keskin sovishi haqida gapirmasa ham bo‘ladi”.

    Xabarda aytilishicha, O‘zbekistonda o‘rik yetishtirish hajmi 2017—2019-yillarda nisbatan barqaror bo‘lib, tebranishlar 10 foiz (+/-) atrofida bo‘lgan. Gilos yetishtirish bu vaqt davomida 39,3 foizga, bodom esa 5 baravarga o‘sgan. Endi esa keskin sovuq ta’siri O‘zbekistondagi danakli mevalar yetishtirish hajmi, narxlariga qanday va qay darajada ta’sir ko‘rsatishini hozircha aytish qiyin.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonga kirib kelayotgan sovuq havoda ekinlarni qanday asrab qolish choralari ma’lum qilindi

    25.02.2021, 20:59   Izoh (0)   34437
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    25.02.2021, 20:46

    Namanganda o‘z ishxonasining 15 mln so‘mlik darvozasini o‘g‘irlagan qorovul qo‘lga olindi

    25.02.2021, 20:22

    AQSh O‘zbekistonga mingga yaqin tilshunos o‘qituvchilarni yuborishi kutilmoqda

    25.02.2021, 19:57

    Namanganda 30 yildan ortiq faoliyat yuritib kelgan chiqindi poligoni yopildi

    25.02.2021, 19:21

    Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik o‘ldirib ketildi

    25.02.2021, 18:46

    Farg‘onada erkakning “ishqiy sahnalari”ni tarqatmaslik uchun 2 ming dollar talab qilgan ayol ushlandi

    25.02.2021, 18:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.