Namanganda korxona darvozasini o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 21-fevral kuni Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1959-yilda tug‘ilgan fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021-yil 19-fevral kunidan 21-fevral kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs narxi 15 million so‘mlik 1 dona jamg‘arma darvozasini o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan viloyati hududida Bosh prokuratura va IIVning 2021-yil 20-fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan Zarbdor oyligi va Antiterror–tozalash tadbirlari davomida Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakillari tomonidan qidiruv va surishtiruv harakatlari olib borilgan.
Natijada ushbu jinoyatni jamg‘armada qorovul bo‘lib ishlovchi, Namangan shahrida yashovchi, 1971-yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 2021-yil 23-fevral kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bundan avval Samarqandda ijarachi yigit o‘zi yashab kelgan xonadon egasining mashinasini olib qochib, YTHga uchragani, Kattaqo‘rg‘on shahrida do‘kondan 8 mln so‘mlik telefonlarni o‘g‘irlagan jinoiy guruh qo‘lga olingani hamda Buxoroda qo‘shnisining yerto‘lasidan 6 million so‘m o‘g‘irlagan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)