O‘zbekistonda 18-fevral kuni kuzatilgan havo harorati rekord o‘rnatdi. “O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, shu kuni Toshkentda harorat 25,6 darajagacha ko‘tarilgan bo‘lib, bu 1894-yilda kuzatilgan eng yuqori harorat (21,8 daraja)ga nisbatan 3,8 darajaga yuqori.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Respublikaning qolgan shaharlarida esa sutka davomida harorat quyidagicha ko‘tarildi:

  • Samarqand — 26,1 daraja, bu 1963-yilga nisbatan 6,0 daraja ga yuqori (20,1 daraja);
  • Termiz — 28,3 daraja, bu 1983-yilga nisbatan 5,3 darajaga yuqori (23,0 daraja);
  • Andijon — 19,6 daraja, bu 1970-yilga nisbatan 1,2 darajaga yuqori (18,4 daraja);
  • Namangan — 19,0 daraja, bu 1955-yilga nisbatan 1,6 darajaga yuqori (17,4 daraja);
  • Farg‘ona — 18,0 daraja, 19,0 daraja, bu 1999-yilga nisbatan 1,8 daraja ga yuqori (16,2 daraja);
  • Sirdaryo — 23,7 daraja, bu 1963-yilga nisbatan 3,8 darajaga yuqori (19,9 daraja);
  • Jizzax — 25,0 daraja, bu 1894-yilga nisbatan 2,4 darajaga yuqori (22,6 daraja);
  • Qarshi — 32,0 daraja, bu 1962-yilga nisbatan 8,6 darajaga yuqori (23,4 daraja);
  • Navoiy — 30,0 daraja, bu 1962-yilga nisbatan 7,0 darajaga yuqori (23,0 daraja);
  • Buxoro — 28,2 daraja, bu 1962-yilga nisbatan 4,5 darajaga yuqori (23,7 daraja).

“O‘zgidromet” prognoziga ko‘ra, 16-fevraldan 18-fevralgacha Eron hududlaridan juda iliq havo kirib kelishining kuchayishi anomal iliq ob-havoni belgilaydi. 18-fevral kuni o‘rtacha kecha-kunlik havo harorati me’yordan 13-15 darajaga yuqori bo‘lishi kutilgan va meteorologik kuzatuvlar davri uchun ushbu kunlarning absolyut qiymatlaridan oshib ketishi kerak edi.