Qishning so‘nggi kunlarida Toshkentda yog‘gan qor — suratlarda
“O‘zgidromet” 24-fevral kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi) bo‘lishi, shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda, 12-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkinligini xabar qilgan edi. Harorat kechasi va kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.
Bugun, 24-fevral kuni tushga yaqin poytaxtda qor yog‘a boshladi. “Daryo” fotomuxbiri ana shu lahzalarni kadrlarga muhrladi.
Eslatib o‘tamiz, 23-fevral, seshanba kuni kun bo‘yi yomg‘ir yog‘gan edi. Avvalroq “O‘zgidromet” 25—27-fevralda kutilayotgan sovuq havo mevali daraxt kurtaklari va gullariga zarar yetkazishidan ogohlantirgandi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi sovuq havoda ekinlarni asrab qolish choralarini ma’lum qildi.
Izoh (0)