• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jinoyat kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar orqali qaysi harakatlarni kriminallashtirish yoki dekriminallashtirish taklif etilmoqda?

    O‘zbekiston Jinoyat kodeksining yangi tahriri orqali qator huquqbuzarliklarga jinoiy javobgarlik belgilash, shuningdek, kodeksning ayrim moddalarini dekriminallashtirish rejalashtirilgan, deb xabar beradi “Gazeta.uz”. Yangi tahrirdagi qonun loyihasi Bosh prokuratura tomonidan boshqa idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan va muhokama uchun e’lon qilingan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Xususan, quyidagi harakatlar uchun jinoiy javobgarlikni bekor qilish taklif etilmoqda:

    • Raqobatchini obro‘sizlantirish (Jinoyat kodeksining 192-moddasi);
    • Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish (Jinoyat kodeksining 183-moddasi);
    • Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 189-moddasi);
    • Soxta tadbirkorlik (Jinoyat kodeksining 179-moddasi);
    • Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik (Jinoyat kodeksining 221-moddasi);
    • Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish (Jinoyat kodeksining 221-modda 3-qismi);
    • Xususiy mulk huquqini buzish (Jinoyat kodeksining 191-moddasi);
    • Diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish (Jinoyat kodeksining 221-modda 2-qismi);
    • Harbiy yoki muqobil xizmatdan bo‘yin tovlash (Jinoyat kodeksining 225-moddasi);
    • Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish (Jinoyat kodeksining 229-modda 2-qismi);
    • Voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi talablarni buzish (Jinoyat kodeksining 148-modda 1-qismi);
    • Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa (Jinoyat kodeksining 185-2 modda 1-qismi);
    • Bo‘ysunuvchining o‘z boshlig‘ini yoki boshliqning o‘ziga bo‘ysunuvchini haqorat qilishi (Jinoyat kodeksining 284-moddasi);
    • Harbiy mulkni behuda sarflash, ya’ni muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisining shaxsan o‘zi foydalanishi uchun berilgan harbiy aslaha-anjomlarni sotishi, foydalanish uchun birovga berishi yoki garovga qo‘yishi (Jinoyat kodeksining 295-modda 1-qismi).
    Shu bilan birga, quyidagi xatti-harakatlarga jinoiy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda:

    Insonda noqonuniy tajriba o‘tkazish

    Insonni uning (qonuniy vakilining) yozma roziligisiz obyekt sifatida jalb etib yoki boshqacha tartibda noqonuniy ravishda unda dori vositalarining tibbiy sinovini yoki biologik-tibbiy, psixologik yoki boshqacha usulda tajriba yoxud tadqiqot o‘tkazish sog‘liqqa og‘ir ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 200 baravarigacha jarima yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    O‘sha harakatlar o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi yoki ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan 300 baravarigacha jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lsa, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    G‘ayriqonuniy ravishda psixiatriya muassasasiga joylashtirish

    Shaxsni g‘ayriqonuniy ravishda statsionar tartibda psixiatriya muassasasiga joylashtirish yoki unda g‘ayriqonuniy ravishda ushlab turish — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 200 baravarigacha jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    O‘sha harakat:

    • g‘arazli niyatlarda;
    • xizmat mavqeyidan foydalangan holda;
    • hayot yoki sog‘liq uchun xavfli sharoitda saqlagan holda sodir etilgan bo‘lsa;
    • sog‘liqqa o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa;
    • boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan 400 baravarigacha jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
    O‘sha harakatlar, jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lsa, 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    O‘zboshimchalik bilan jazolash

    Muayyan qilmishni sodir etgan yoki sodir etishda gumon qilingan shaxsni o‘zboshimchalik bilan jazolash maqsadida unga zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, urish, do‘pposlash, qiynash, azob berish yo‘li bilan yoki qonunga xilof boshqa harakatlar vositasida ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazish bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha jarima yoki bir yilgacha ozodlikdan cheklash bilan jazolanadi.

    O‘sha harakatlar:

    • ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan
    • bir guruh shaxslar tomonidan;
    • ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek, internetdan foydalanib tarqatilgan holda sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha jarima yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Mitinglar, yig‘ilishlar yoki namoyishlar tashkil etish, o‘tkazishga yoki ularda ishtirok etishga g‘ayriqonuniy qarshilik qilish

    Mitinglar, yig‘ilishlar, namoyishlar va boshqa qonuniy tadbirlarni tashkil etish, o‘tkazishga yoki ularda ishtirok etishga g‘ayriqonuniy qarshilik qilish yoki ularda ishtirok etishga majbur etish xizmat mavqeyidan foydalangan holda yoki zo‘rlik ishlatib, aldab, qo‘rqitib yoxud boshqa g‘ayriqonuniy usullar bilan sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima yoki 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Shantaj

    Shantaj, ya’ni o‘zgadan nomulkiy xususiyatga ega bo‘lgan harakatni sodir etishga yoki sodir etishdan o‘zini tiyishga majbur qilish maqsadida jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo‘rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitish, bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan 400 baravarigacha jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Shantaj:

    • bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa;
    • telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
    • shantaj uyushgan jinoiy guruh tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, og‘ir oqibatlarga olib kelsa, 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Insayderlik ma’lumotlari bo‘yicha g‘ayriqonuniy harakatlarni amalga oshirish

    Qasddan insayderlik ma’lumotlarini qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha shartnoma tuzishda yoki qasddan insayderlik ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga berish yoki insayderlik ma’lumotlaridan g‘ayriqonuniy tanishish imkoniyatini berish, shuningdek, insayderlik ma’lumotlariga asoslangan holda qasddan uchinchi shaxslarga qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha shartnoma tuzish haqida tavsiyalar berish, agar ushbu harakatlar fuqaroga, tashkilotga yoki davlatga ko‘p miqdordagi zarar yetkazgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti mansabdor shaxsining mansab soxtakorligi

    Mansab soxtakorligi, ya’ni nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti mansabdor shaxsining g‘arazgo‘ylik yoki boshqa manfaatlarni ko‘zlab rasmiy hujjatlarga bila turib soxta ma’lumotlar va yozuvlar kiritishi, hujjatlarni qalbakilashtirishi yoki bila turib soxta hujjatlar tuzishi va taqdim etishi, shuningdek, elektron hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish, elektron tizimlardan foydalangan holda soxta hujjatning nusxasini taqdim etishi, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 200 baravarigacha jarima yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    O‘sha harakatlar uyushgan jinoiy guruh tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan 400 baravarigacha jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Ota yoki onaning o‘z bolasini sotishi

    Ushbu kodeksning 135-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lmagani holda ota yoki onaning o‘z bolasini moddiy manfaatdorlik evaziga sotishi — 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Jurnalistning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish

    Jurnalistning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish, ya’ni, uni biror bir axborotni tarqatishga yoki tarqatmaslikka majburlash maqsadida o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, jurnalistga yoxud uning yaqin qarindoshiga zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima yoki 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Bundan tashqari, axloq tuzatish ishlarini jazo tizimidan chiqarib tashlash va uтшish haqidan ushlab qolish bilan almashtirish rejalashtirilgan. Axloq tuzatish ishlaridan farqli o‘laroq, ish haqidan ushlab qolish tarzidagi jazo faqat mahkumning ishi bo‘lgan taqdirda belgilanadi.

    Jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy jazolar qo‘llanilishi mumkin:
    • jarima;
    • jamoat ishlari;
    • ish haqidan ushlab qolish;
    • xizmat bo‘yicha cheklash;
    • ozodlikni cheklash;
    • intizomiy qismga jo‘natish;
    • ozodlikdan mahrum qilish;
    • umrbod ozodlikdan mahrum qilish.
    Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari maxsus, harbiy, faxriy yoki darajali unvon, diplomatik maqom, malaka toifasi yoki davlat mukofotlaridan mahrum qilish tarzidagi qo‘shimcha jazo ham qo‘llanilishi mumkin.

    Xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tariqasidagi jazolar faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llaniladi.

    Avvalroq O‘zbekistonda jinoyat ishlari bo‘yicha aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv joriy qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda endi ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘riladi

    24.02.2021, 16:11   Izoh (0)   30384
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Italiyada O‘zbekiston yoshlari assotsiatsiyasi tashkil etildi

    24.02.2021, 15:46

    Bir hafta ichida 760 dan ortiq o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlash uchun ketdi. Ularning barchasi qurilishlarga jalb etilgan

    24.02.2021, 15:22

    Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekistonga tashrif buyuradi

    24.02.2021, 15:10

    Toshkentda koronavirusga chalingan hamshiradan olib qolingan 12 mln so‘m miqdoridagi soliq to‘lovlari undirib berildi

    24.02.2021, 14:45

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” “obnal firma”larga aralashib qolishida DSQning ham aybi borligini ma’lum qildi

    24.02.2021, 14:09

    O‘zbekistonda 25-fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

    24.02.2021, 13:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.