“Andijon” futbol klubi yarim himoyachi Edgar Bernhardtni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Qirg‘iziston terma jamoasi vakili “Andijon” bilan shartnoma imzolagan.
Bernhardt 1986-yilning 30-martida Qirg‘izistonda nemis oilasida dunyoga kelgan. U Germaniya va Qirg‘iziston fuqaroligiga ega.
34 yoshli futbolchi faoliyati mobaynida “Osnabryuk”, “Ayntraxt B”, “Veppurtal”, “Energi”, “Ryodingxauzen” (barchasi Germaniya), “Vaasan”, “Lahti”, “Yaro” (barchasi Finlyandiya), “Krakoviya”, “Vidzev”, “Stal”, “Tixi” (barchasi Polsha), “Emmen” (Niderlandiya), “Prachuap” (Tailand), “Selangor Kedah” (Malayziya), “Abahani” (Bangladesh) va “Dordoy” (Qirg‘iziston) kabi jamoalarda to‘p surgan.
Shuningdek, Bernhardt 2015-yildan buyon Qirg‘iziston terma jamoasida harakat qilib keladi.
Mavzuga doir: “Andijon” futbol klubi o‘z logotipi va stadioni nomini o‘zgartirdi (foto)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)