• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Rasmdagi ‘O‘tilmasin! Kimyoviy zararlanish’ degan joylar hozir yo‘q. Avval bor edi, qurol ombori bo‘lgan, portlagan” — Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti boshlig‘i Qarshi—Xonobod bazasi haqida

    Donald Tramp AQSh prezidenti sifatidagi vakolati tugashiga bir kun qolganida, 2021-yilning 19-yanvar kuni 2001—2005-yillarda O‘zbekistondagi Qarshi—Xonobod aviabazasidagi xizmat qilgan amerikalik harbiy xizmatchilarning sog‘lig‘ini tekshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ushbu harbiy xizmatchilar O‘zbekistondagi aviabazada xizmat olib borish davomida zaharli moddalar va radiatsiya ta’siriga uchragan bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilinmoqda. Jumladan, Xonobod aviabazasida xizmatda bo‘lgan amerikaliklarning kamida 61 nafari saraton kasalligiga chalingan yoki bu kasallik tufayli vafot etgani aytilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekiston Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti boshlig‘i, 23 yildan beri Xonobod aviabazasida xizmat qilib kelayotgan Abdulla Hamroyev “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov bilan suhbatda “biror marta bunday holat kuzatilganini bilmasligi”ni alohida ta’kidladi. “Bu yerda 10-15 yildan buyon ishlab kelayotgan harbiylar bor, ular orasida ham bunday kasallik aniqlangani yo‘q”, — deydi u.

    Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti 3-bosqich kursanti Jasurbek Nuriddinovning aytishicha, ularga “shu bilim yurtini bitirgan ustozlar dars beradi”. “Hammalarining sog‘lig‘i joyida. Uch yildan buyon shu yerda o‘qiyman, lekin bunday kasallikka uchraganlar haqida eshitmaganman”, — deya bilim yurti rahbarining so‘zlarini tasdiqladi kursant.

    Kursantning ta’kidlashicha, “aslida har qanday aviatsiyada ishlayotgan odamda nurlanish bo‘ladi”. “Bizga ovqat ham shundan kelib chiqib beriladi. Radiatsiyaga qarshi barcha sharoitlar qilingan, binolar shunga moslashtirib, belgilangan standart asosida qurilgan. Xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmasa, radiatsiyaga uchrash mumkin. Bunday holatda nima qilish kerakligini bilamiz”, — deydi kursant Nuriddinov. Abdulla Hamroyevning qo‘shimcha qilishicha, “havodagi zararli moddalar maxsus moslamalar orqali muntazam tekshirib boriladi va shu vaqtgacha organizmga radiatsiya ta’siri bo‘yicha ma’lumot qayd etilmagan”.

    Jasurbek Nuriddinov kursantlar har yili umumlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ma’lum qildi. Bilim yurti rahbari Abdulla Hamroyevning so‘zlariga ko‘ra, “uchuvchilar har olti oyda tibbiy tekshiruvdan o‘tib turadi”. Qayd etish joiz, avvalroq, 16-fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Mudofaa vazirligi vakili Bahrom Zulfiqorov “harbiy aerodromda xizmat qilayotgan uchuvchilar nafaqat mavsumiy, balki har bir parvozdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishi”ni, “uchuvchilarning salomatligida ozgina o‘zgarish bo‘lsa ham parvozga ruxsat berilmas”ligini ma’lum qilgan edi.

    Foto: McClathy DC Bureau

    Foto: McClathy DC Bureau

    AQSh tomoni e’lon qilgan ma’lumotlar orasida amerikalik harbiylarning aviabaza atrofidagi “Nurlanish xavfi bor chegara”, “Yaqinlashmang! Kimyoviy moddalar! Portlamay qolgan o‘q-dori!” kabi lavhalar oldida tushgan suratlari ham bor. Pentagon tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, baza atrofidagi tuproq “katta ehtimol bilan, sovet davridagi yerosti yoqilg‘i taqsimlash tizimi tufayli”, shuningdek, sovet raketalarini yo‘q qilish natijasida kelib chiqqan asbest va qayta ishlangan past darajadagi uran bilan ifloslangan. Tuproqdan oqayotgan “qora balg‘am”ni “erituvchi suyuqlik, yog‘lar va boshqa kimyoviy moddalar aralashmasi” deya ta’riflangan.

    Foto: McClathy DC Bureau

    Foto: McClathy DC Bureau

    “Rasmdagi ‘O‘tilmasin! Kimyoviy zararlanish’ degan joy hozir yo‘q. O‘n yillar avval bor edi, qurol-yarog‘ ombori bo‘lgan, portlagan, lekin zarari kam bo‘lgan”, — deydi Hamroyev, portlash aynan qachon va nima sababdan bo‘lganiga aniqlik kiritmay. “Biz pribor bilan tekshirdik — radiatsiya umuman yo‘q. U joyni sapyorlar tekshirgan, dezinfeksiya qilinib, tekislab tashlangan. Uning o‘rnida hozir baliq ko‘li qilingan”, — deya qo‘shimcha qildi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti boshlig‘i.

    Foto: Johnny Lee

    Foto: Johnny Lee

    Mudofaa vazirligi vakili Bahrom Zulfiqorov 16-fevraldagi matbuot anjumanida “harbiy qismning yonida joylashgan mahalla aholisi soppa-sog‘” ekanini ta’kidlagan, Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi Harbiy tibbiyot fakulteti kafedra mudiri, tibbiy xizmat polkovnigi Nosir Fozilov uning bu so‘zlarini quvvatlab, OAVda tarqalgan savollarga javob topish maqsadida o‘sha yerdagi aholi punktida yashayotgan fuqarolar ham tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgani, “tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra ularning hammasi sog‘lom bo‘lib chiqqani”ni ta’kidlagan edi.

    “O‘sha joylardagi oilaviy poliklinikalar bosh vrachlaridan mahalliy aholi orasida shunday kasalliklar qayd etilgan-etilmaganini surishtirdik. Shu paytgacha aholi orasida bunday kasalliklar kuzatilmagani ma’lum bo‘ldi. Ya’ni, o‘sha hududda yashayotgan fuqarolarimiz orasida bunday kasalliklar aniqlanmagan”, — degandi seshanba kungi matbuot anjumanida polkovnik Fozilov. Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti boshlig‘i Abdulla Hamroyev esa “Daryo” muxbiri bilan suhbatda biroz boshqacharoq ma’lumot berdi: “Aviabaza yaqinidagi mahalla aholisini ham monitoring qildik. Bir-ikkita saratonga chalinganlar chiqdi. Bu normal holat, tabiiy kasal bo‘lgan”.

    Kursant Jasurbek Nuriddinovning qayd etishicha, OAVda Qarshi—Xonobod bazasi haqida vahimali xabarlar chiqqach, o‘zida ham biroz xavotir paydo bo‘lgan: “Odamda baribir hayajon bo‘ladi, kursantlar orasida ham biroz vahima bo‘ldi. Holat haqida komandirlarimizdan qiziqib so‘radik. Bunday holat yo‘qligini tushuntirishdi”. Uning qo‘shimcha qilishicha, shu xabarlar tarqalganidan so‘ng kursantlar orasida o‘qishdan ketish yoki ota-onalar tomonidan farzandini olib ketmoqchi bo‘lish holati kuzatilmagan.

    Foto: Master Sgt. Scott Sturkol / US Air Force

    Foto: Master Sgt. Scott Sturkol / US Air Force

    Avvalroq, 17-fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Islombek Boqijonov Qarshi—Xonobod aviabazasi atrofida tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirib, hozirda hududni laboratoriya sharoitida o‘rganish boshlangani, Amerika tomoni bildirgan da’volar haqiqatan ham bo‘lganmi yoki yo‘qmi, “shunga aniqlik kiritishmoqchi” ligini ta’kidlagan edi.

    Boqijonov Xonobod bazasida kimyoviy poligon bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tgan edi: “AQSh harbiylari joylashgan Xonobod harbiy zona bo‘lgani uchun uning ichiga bizning kirish imkoniyatimiz bo‘lmagan. Qo‘riqlanadigan joy bo‘lgani uchun biz uning analizini, holatini o‘rganolmaganmiz… Bilishimizcha, o‘sha yerda ham shunday aerodrom bo‘lgan. U inson nafas yo‘liga ta’sir ko‘rsatadigan darajadagi kimyoviy moddalarni dalalarga sepadigan aerodrom bo‘lgan”.

    18.02.2021, 17:33   Izoh (0)   41814
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev: “Ilmiy yondashuv yo‘qligi bois kartoshkani ham ko‘ngildagidek yetishtira olmayapmiz”

    18.02.2021, 17:30

    “Bog‘dorchilikdagi ilk loyihamizni O‘zbekistonda yo‘lga qo‘ydik” – Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan BAA investori

    18.02.2021, 17:21

    “O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash punktlarida kuniga 70 kishi emlanadi” — Nurmat Otabekov

    18.02.2021, 17:09

    Shavkat Mirziyoyev Namanganda Chust textile xususiy to‘qimachilik korxonasini borib ko‘rdi

    18.02.2021, 16:47

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pastlashda davom etmoqda

    18.02.2021, 16:23

    “Moviy gumbazlar” xiyobonidagi 1700 ga yaqin daraxt xatlovdan o‘tkazildi

    18.02.2021, 16:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55

    Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:49

    AQSH va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

    Dunyo | 2 avgust, 11:35

    “Real” Mbappening o‘rinbosari kim bo‘lishi borasida bir qarorga kelmagan

    Sport | 2 avgust, 11:20

    Yaponiyada halok bo‘lgan ayolning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:15

    Turk seriallari yulduzlarining rashkchi turmush o‘rtoqlari tufayli yuzaga kelgan mojarolar

    Kino | 2 avgust, 10:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.