• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    AQShda O‘zbekiston aviabazasida xizmat qilgan askarlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ular radiatsiya ta’siriga uchragan bo‘lishi mumkin

    AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 19-yanvar kuni, prezidentlik muddati tugashidan bir kun oldin, 2001—2005-yillarda O‘zbekistonning Qarshi-Xonobod (K2) aviabazasida xizmat qilgan faxriylarning sog‘lig‘ini tekshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

    Foto: mcclatchydc.com

    Foto: mcclatchydc.com

    Hujjatga ko‘ra, faxriylar ishi bo‘yicha vazirga AQSh mudofaa vaziri bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi aviabazaga joylashgan faxriylarni faol jangovar harakatlar ishtirokchilari bilan tenglashtirish masalasini ko‘rib chiqish taklif qilingan.

    Foto: Master Sgt. Scott Sturkol / U.S. Air Force

    Foto: Master Sgt. Scott Sturkol / U.S. Air Force

    Mudofaa vaziriga ushbu buyruq chiqarilgan kundan boshlab 365 kun ichida 2001-yil 1-oktabrdan 2005-yil 31-dekabrga qadar Qarshi—Xonobod aviabazasida xizmat qilgan AQSh harbiy xizmatchilarida zaharlanish ta’sirini yaxshilab o‘rganib chiqish topshirilgan.

    Tadqiqot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
    • (a)belgilangan davrda aviabazadagi sharoitlarni batafsil baholash, shu jumladan ushbu davrda bazani ifloslantiruvchi har qanday toksik moddalarni aniqlash, toksik moddalarning aniq joylashuvi, ta’sir qilish muddati, zaharli moddalarga duchor bo‘lgan harbiy xizmatchilar va bunday ta’sirning holatlari.
    • (b)harbiy xizmatchilarning sog‘lig‘iga yetkazilgan har qanday zararlarni to‘liq epidemiologik tekshirish. Tekshiruv Faxriylar ishi bo‘yicha vazirlik tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga mos kelishi kerak;
    • (a punktda)aniqlangan har qanday toksik moddalar bilan zaharlanish va (b punktda) o‘rganilgan salomatlikka har qanday ta’sir orasidagi har qanday sababiy bog‘liqlikni baholash.
    2001-yil 11-sentabrdagi teraktlar va AQSh boshchiligida “xalqaro antiterror koalitsiyasi” tashkil etilgandan so‘ng Qarshi-Xonobod aviabazasi Afg‘onistondagi operatsiyalarni aviatsion qo‘llab-quvvatlash, Amerika qo‘shinlarini oziq-ovqat va harbiy texnika bilan ta’minlash uchun AQSh Mudofaa vazirligi tasarrufiga berilgan. 2001—2005 yillar mobaynida u yerda 7000 nafar amerikalik harbiy bo‘lgan.

    Foto: Tim Vining / U.S. Air Force

    Foto: Tim Vining / U.S. Air Force

    Avvalroq AQShda Pentagon hujjatlari (pdf) oshkor qilingan bo‘lib, unga ko‘ra, Qarshi yaqinidagi aviabazadagi Amerika harbiylari zaharli moddalar va radiatsiya ta’siriga uchragan bo‘lishi mumkin.

    Oshkor qilingan hujjatlarda 2001-, 2002- va 2004-yillarda aviabazadagi ekologik xavf to‘g‘risidagi va harbiy xizmatchilarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni baholash haqidagi ma’lumotlar bor.

    2001-yil noyabr oyida o‘tkazilgan tadqiqotlarda qayd etilishicha, baza atrofidagi tuproq “katta ehtimol bilan Sovet davridagi yoqilg‘i taqsimlash yerosti tizimi tufayli” aviatsiya yonilg‘isi va bir necha yil oldin Sovet raketalarini yo‘q qilish natijasida kelib chiqqan asbest va qayta ishlangan past darajadagi radioaktiv uran bilan ifloslangan.

    Foto: Mark Jackson / military.com

    Foto: Mark Jackson / military.com

    Faxriylar tuproqdan oqayotgan “qora balg‘am”ni “erituvchi suyuqlik, yog‘lar va boshqa kimyoviy moddalar aralashmasi” deb ta’riflagan. Shuningdek, zaharli bug‘lar, radiatsiyadan ogohlantiruvchi belgilar va yashil rangda tovlanuvchi suv havzasi haqida ham xabar berilgan. CNN’ning yozishicha, xabarlarga ko‘ra, yomg‘irlar ta’sirida chodirlarni suv bosgan va u turli kimyoviy moddalar bilan ifloslangan.

    Foto: mcclatchydc.com

    Foto: mcclatchydc.com

    “Jangdan qaytib kelgandan so‘ng bir necha yil o‘tgach, biz hammamiz [Faxriylar ishi bo‘yicha vazirlik tan olishni istamagan] saratonning turli formalari bilan kasallandik”, — degan 2001-yil oktabr oyida K2ga joylashtirilgan maxsus operatsiya harbiy razvedkasi xodimi Skott Uelsh. 2014-yilda unga qalqonsimon bez saratoni tashxisi qo‘yilgan, deb xabar bermoqda McClatchy.

    Nashrning 2015-yilda o‘tkazilgan tadqiqotlarga tayanib ma’lum qilishicha, u yerda xizmat qilgan erkaklar va ayollarning kamida 61 nafari saraton kasalligiga chalingan yoki bu kasallik tufayli vafot etgan. Missiyalari maxfiy bo‘lganini hisobga olgan holda ular qatoriga K2’ga joylashtirilgan maxsus operatsiyalar kuchlari kiritilmagan bo‘lishi mumkin.

    2004-yilda harbiylar sog‘lig‘ini baholash “lagerdagi shaxsiy tarkibning 10 foizdan kamrog‘i fon nurlanishidan yuqori nurlanish ta’siriga duchor bo‘lishi”ga qaramay, “har kuni 100 foizgacha harbiylar radiatsiya ta’sirida bo‘lishi mumkin”ligini ko‘rsatgan.

    Foto: Johnny Lee

    Foto: Johnny Lee

    Maxfiy hujjatlar AQSh Kongressi quyi palatasining Nazorat va davlat islohoti bo‘yicha kichik qo‘mitasi raisi, demokrat Stiven Linch va respublikachi kongressmen Mark Grin talabi bilan oshkor etilgan. Linch bu K2 faxriylariga “xizmat davomida nimaga duch kelgan bo‘lishlari mumkinligini yaxshiroq tushunib olishlari” va sog‘liqlari masalasida tegishli qarorlar qabul qilishlariga yordam berish uchun zarurligini ta’kidlagan.

    24.01.2021, 15:14   Izoh (0)   43725
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda fevral oyida karantin cheklovlari kuchaytirilishi haqidagi mish-mishlar rad etildi

    24.01.2021, 12:32

    Chiroqchida sud qarori ijro etilmayapti. Ishni atay ortga surayotgan kim: tuman MIBmi yoki IIB?

    24.01.2021, 10:30

    Kattaqo‘rg‘onda molxonasi yonib ketgan ayol bu ishda kuyovining qo‘li borligini aytmoqda

    24.01.2021, 10:09

    Buxoroda qabristonni obodonlashtirishga sarflanishi lozim bo‘lgan pullar talon-toroj qilingani aytildi. Prokuratura holatni o‘rganishni boshladi

    24.01.2021, 09:08

    Qashqadaryodagi mavjud yer-maydonlari yashil, sariq va qizil toifaga ajratilgani ma’lum qilindi

    24.01.2021, 08:26

    Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 1,8 milliard so‘mlik imtiyozlarni noqonuniy qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi

    24.01.2021, 07:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nogironlik pensiyasini proaktiv shaklda tayinlash tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 20:20

    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

    Reklama | 1 iyul, 19:30

    AQSHning global zarba beruvchi quroli — B-2 Spirit samolyoti haqida

    Dunyo | 1 iyul, 20:10

    “Raqamli hukumat” tizimi taʼlim, tibbiyot, qurilish va kommunal sohalaridan boshlanadi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 19:59

    Shavkat Mirziyoyev 2–4-iyul kunlari davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘ladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 19:55

    Rossiya Mudofaa vazirligi Ozarbayjonning AZAL reysini yo‘q qilish to‘g‘risida buyruq bergani ma’lum bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 1 iyul, 19:46

    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi

    Reklama | 1 iyul, 18:00

    Surxondaryoda yirik hajmli quvur yorilib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 1 iyul, 19:40

    Eron AQSH bilan muzokaralarni qayta boshlash shartini aytdi

    Dunyo | 1 iyul, 19:30

    “O‘rikzor” bozorida “svet” o‘chirilib, odamlar kiritilmayotgani yuzasidan izoh berildi (video)

    O‘zbekiston | 1 iyul, 19:20

    Gollivud yulduzlarining kino olamida shuhrat qozonayotgan farzandlari

    Kino | 1 iyul, 19:10

    Palov pishirish qanchaga tushadi? O‘zbekistondagi eng arzon va qimmat hududlar

    O‘zbekiston | 1 iyul, 18:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.