Markaziy bank 19-fevraldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 6,90 so‘mga pastlab, 10 514,58 so‘mni tashkil qildi. Yevro 1,50 so‘mga pastlab, 12 695,30 so‘m bo‘ldi.
Bir kun avval, 17-fevral kuni dollarning rasmiy kursi 5,70 so‘mga pastlab, 10 521,48 so‘mni tashkil qilgani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar kursi 16-fevraldan boshlab 10 590 so‘mga qadar ko‘tarilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank ichki valyuta bozorida valyuta oldi-sotdi operatsiyalarini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda 15-fevraldan boshlab valyuta kursi haftada bir marta emas, har kuni e’lon qilinishi belgilangan.
Izoh (0)