PSJ hujumchisi Kilian Mbappening parijliklar safidagi kelajagi so‘roq ostida turibdi.
Fransiyalik futbolchi 2022-yilda o‘z yakuniga yetadigan shartnomasini uzaytirishni istamayapti. Shu bilan birga PSJ Mbappega da’vogar klublardan futbolchi uchun 200 million yevro so‘raydi, deya xabar qilmoqda Le Parisien.
PSJ koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan inqiroz tufayli hech qaysi klub bu miqdordagi pulni to‘lay olmasligiga ishonmoqda. PSJ Mbappeni saqlab qolishni juda xohlamoqda. Fransiyalik futbolchi hali kelajagi borasida qaror qabul qilmadi.
Mbappega “Real”dan qiziqish borligi bir necha bor xabar qilingandi. Avvalroq 22 yoshli futbolchi faqat bir shartga ko‘ra Parij klubi bilan amaldagi kelishuvni uzaytirishga tayyorligi aytilgandi. Unga ko‘ra ma’lum miqdordagi pul to‘langan taqdirda Mbappe “Real” yoki boshqa top-klubga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mbappe Chempionlar Ligasi 1/8 finalining dastlabki o‘yinida “Barselona” darvozasiga uchta gol urdi. U Liga 1 joriy mavsumida 21 o‘yin o‘tkazib, 16 gol va 6 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)