Tahlilchi Nil Sibart tomonidan e’lon qilingan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilning dekabrida “aqlli” soatlardan foydalanuvchilar soni 100 million kishiga yetgan, deb xabar beradi “Hi-Tech.Mail.ru”. Xususan, 2020-yil davomida 2015, 2016 va 2017-yillarni qo‘shib hisoblagandan ham ko‘proq Apple Watch soatlari xarid qilingan — soatlarning 30 million yangi foydalanuvchisi paydo bo‘lgan.
Shunday qilib, Apple Watch hozirda Apple mahsulotlari orasida iPhone, iPad va Mac’dan keyingi o‘rinda ketayotgan eng mashhur gadjet hisoblanadi. Hozirgi statistikaga ko‘ra, Apple Watch savdolari 2022-yilga borib Mac’lar sonidan oshib ketadi.
Ommaboplik borasida iPad’ni ortda qoldirish uchun Apple Watch’ga biroz ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi. Nil Sibart aynan qancha vaqt ketishiga oydinlik kiritmagan.
Mahsulot hali o‘sishi kerak: tahlilchining baholashicha, iPhone foydalanuvchilarining 10 foizigina Apple Watch’ga ega. Ularning aksariyati AQSh aholisi.
Izoh (0)