Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati 23-tur doirasida “Real Madrid” va “Valensiya” jamoalari 14-fevral, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvda Zinedin Ziden shogirdlari katta ustunlikka ega bo‘ldi va bu hisobda ham o‘z aksini topdi. Karim Benzema jamoasini oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishiga 3 daqiqa qolganida Toni Kroos “Valensiya” darvozasiga ikkinchi golni urdi.
Ikkinchi bo‘lim ham “Real” ustunligida o‘tdi, “ko‘rshapalaklar” o‘yin yakuniga borib bosimni kuchaytirdi. Biroq tanaffusdan keyin darvozalar ishg‘ol etilmadi.
Mazkur g‘alabadan keyin “Real” ochkolarini 49 taga yetkazib olgan holda ikkinchi o‘ringa qaytdi. “Qaymoqranglilar” ikkita zaxira o‘yiniga ega “Atletiko”dan 5 ochko ortda qolmoqda, bitta o‘yin kam o‘tkazgan “Barselona”dan esa uch ochko oldinda. “Valensiya” 24 ochko bilan 12-o‘rinni band qilib turibdi.
La Liga
23-tur bahslari
14-fevral, yakshanba
“Real Madrid” — “Valensiya” 2:0
Gollar: 1:0 – 12 Benzema, 2:0 – 42 Kroos.“Real Madrid”: Kurtua, Nacho, Varan, Karvaxal (Vaskes, 28), Mendi, Modrich (Isko, 79), Kazemiro, Asensio (Arribas, 71), Kroos, Vinisius Junior, Benzema (Mariano Dias, 79).
“Valensiya”: Domenek, Gabriel Paulista, Gayya, Ferru, Vass (Li Kan In, 64), Soler (Oliva, 64), Rachich, Valyexo (Gameyro, 46), Gedesh (Musa, 46), Tyerri Korreyya, Maksi Gomes (Kutrone, 83).
Ogohlantirishlar: Gedesh (27), Rachich (44), Tyerri Korreyya (46).
“Xetafe” — “Real Sosyedad” 0:1
Gol: 0:1 – 30 Isak.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)