“Tottenhem” Premyer Liga 24-turi doirasida 13-fevral, shanba kuni “Manchester Siti”ga qarshi kechgan bahsda (0:3) mag‘lubiyatga uchradi.
“Tottenhem” so‘nggi ikki o‘yinda umumiy hisobda o‘z darvozasidan 8 ta to‘p olib chiqdi. Joze Mourinyo murabbiylik faoliyati davomida ilk bor ketma-ket ikki o‘yinda 8 ta gol o‘tkazib yubordi, deya xabar qilmoqda Opta. Avvalroq “Tottenhem” Angliya Kubogi doirasidagi bahsda (4:5) “Everton”dan 5 ta gol o‘tkazib yuborgandi.
“Manchester Siti” 23 o‘yinda 53 ochko to‘plagan holda APL musobaqa jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi “Lester” manchesterliklardan 7 ochkoga ortda qolmoqda. “Shporlar” (36) 8-pog‘onadan joy olgan.
Mourinyo shogirdlari keyingi o‘yinni Yevropa Ligasi 1/16 finali doirasida 18-fevral kuni “Volfsberg”ga qarshi o‘tkazadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)