Yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempioni Kamaru Usmon (18-1) 14-fevral kuni bo‘lib o‘tgan UFC 258 musobaqasida Gilbert Byornsni (19-4) nokautga uchratdi.
Bu Usmon uchun yarim o‘rta vazn divizionidagi ketma-ket 13-g‘alaba bo‘ldi va u eng uzun g‘alabali seriya qayd etish bo‘yicha yangi rekordni o‘rnatdi.
Bundan avvalgi eng yaxshi natija Jorj Sen-Pyerga tegishli bo‘lib, UFC afsonasi mazkur vazn toifasida ketma-ket 12 ta jangda g‘alaba qozongandi.
UFC 258 janglari videolarini bu yerda tomosha qilish mumkin — video.
Usmon UFC’dagi faoliyatini 2015-yilda boshlagan va shundan buyon yutqazmay kelmoqda. Kelib chiqishi nigeriyalik bo‘lgan sportchi 2019-yilning martida Tayron Vudlini mag‘lub etib, chempionlik kamariga ega chiqqandi. Shundan keyin Kamaru uch marta kamarni himoya qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)